9-masala. Mushuklarda jun rangining qora bo’lishi malla rangi ustidan to’liqsiz dominantlik qiladi. SHu belgini ta’min etuvchi gen allellari X xromosomada joylashgan. Jun rangini ta’min etuvchi genlar bo’yicha geterozigotali mushuklarning juni toshbaqasimon rangda bo’ladi. Lekin bu rangli mushuklar kam uchraydi. Buning sababini tushuntiring.
Toshbaqasimon rangli mushuklar qora erkak mushuklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan mushukchalarning genotipini aniqlang. Agar urg’ochi toshbaqasimon rangli mushuklar erkak malla mushuklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan mushukchalarning fenotipi qanday bo’ladi?
10-masala. Qora mushuk 4 ta mushukcha tuqqan. Ulardan bittasi toshbaqasimon rangli bo’lib, 3 tasi qora bo’lgan. Bu mushukchalarning otasi bo’lgan mushukning fenotipi haqida nima deyish mumkin? Mushukchalarning jinsini aniqlang.
11-masala. Qora urg’ochi mushuk xuddi shunday erkak mushuk bilan chatishtirilganda 3 ta mushukcha tug’ilgan bo’lib, ularning bittasi toshbaqasimon va ikkitasi qora bo’lgan. Buni genetik jihatdan qanday izohlash mumkin?
12-masala. Ma’lumki, junning toshbaqasimon bo’lishi faqat urg’ochi mushuklarga xos. Lekin, aytishlaricha ba’zan toshbaqasimon erkak mushuklar ham uchraydi. Buni qanday tushuntirish mumkin?
13-masala. Akvariumda boqiladigan baliq zotlaridan birining (guppi) kulrang urg’ochi baliqlari ola-bula erkak baliqlar bilan chatishtirilganda, birinchi avlodda olingan baliqchalarning 50% i urg’ochi bo’lib, ular kulrang bo’lgan, 50% i esa erkak bo’lib, ular ola-bula bo’lgan. F2 va F3 da ham bu natija takrorlangan. Olingan natijalarni izohlang. CHatishtirish uchun olingan dastlabki urg’ochi va erkak baliqlarning genotipini aniqlang.
14-masala. Oq rangli erkak akvarium baliqlari qizil urg’ochi baliqlar bilan chatishtirilgan. F1 da olingan barcha erkak va urg’ochi baliqchalar qizil rangli bo’lgan. F2 da olingan 117 ta baliqchalar erkak va urg’ochi bo’lishiga qaramay qizil bo’lgan, 43 tasi esa erkak bo’lib, ular oq rangli bo’lgan. Teskari chatishtirish o’tkazilganda esa F1 da olingan 197 ta baliq oq, erkak jinsli va 130 ta baliq qizil, urg’ochi jinsli bo’lgan. Bu belgi qanday irsiylanadi? Baliqlarning genotipini aniqlang.