Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə51/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

Amaliy mashg’ulot № 14
Mavzu: Jins bilan birikkan holda irsiylanishga doir masalalar yechimining tahlili orqali jins tiplarini farqlash (2 soat)

Ishdan maqsad: Jins genetikasiga doir masalalar yechishni o’rganish.

Kerakli jihozlar: Mavzuga oid tablitsalar, kompьyuter texnologiyasida slaydlar namoyishi, tarqatma materiallar.



Ishning mazmuni: Organizm jinsi ham irsiy belgi bo’lib, uning moddiy negizi xromosomallar hisoblanadi. SHunga ko’ra hujayralar gomologik autosomallar bir biridan farq qilmasa ham, erkak va urg’ochi organizmlar jinsini belgilaydigan xromosomallar o’zaro farq qiladi. Odatda, sut emizuvchilar, ba’zi bir baliqlar, parda qanotlilarning urg’ochisi organizmning hujayralarida ikkita gomologik X xromosoma, erkagida esa bitta X va unga unchalik gomologik bo’lmagan U xromosoma bo’ladi. Binobarin, urg’ochining jinsiy xromosomallarida XX erkaginikida XU bo’ladi. Parrandalar. kapalaklarda aksincha, erkak organizmida bir xil, urg’ochi organizmida har xil xromosomallar bo’ladi. Joylashish tartibiga ko’ra ularning jinsiy xromosomallari sut emizuvchilar bilan parda qanotlilarning jinsiy xromosomallariniig aksi bo’lgani sababli, bu yerda erkagining jinsiy xromosomallari ZZ, urg’ochisiniki ZW bilan ifodalanadi. Boshqacha aytganda, sut emizuvchilar bilan parda qanotlilarning urg’ochisi gomogameta, erkagi geterogameta bo’lsa, parrandalar va kapalaklarda urg’ochisi geterogameta, erkagi gomogameta hisoblanadi. Autosomallarga o’xshash jinsiy xromosomallardan X va U xromosomallarda ko’p genlar joylashgan bo’ladi. Bu genlar ta’sirida vujudga kelgan belgilar jins bilan bog’liq holda nasldan-naslga o’tadi. Ba’zi hollarda U va X xromosomallarda ham u yoki bu gen uchrashi mumkin. binobarin, X va U, Z va W jinsiy xromosomallar belgilarning nasldan-naslga o’tishida har xil qiymatga ega. Odatda, jinsiy xromosomallarda joylashgan genlar indeksi ularning yuqorisiga yoziladi. CHunonchi, odamda qon ivimaslik belgisini namoyon etuvchi gen Xh yoki dalьtonizmni vujudga keltiruvchi gen Xd bilan ifodalanadi. Jinsiy xromosomallarda joylashgan genlar ta’sirida rivojlanadigan belgilar jins bilan bog’liq belgi deb yuritiladi. Bu belgilar ham xuddi autosomadagi genlar ta’sirida vujudga kelgan belgilar singari bir xillari dominant, boshqa xillari retsessiv holatda bo’lishi mumkin
Jins bilan bog’liq holda nasldan o’tishga doir masalalarni yechish uchun: gomogameta, geterogameta, jins, jinsiy xromosomallar, autosomallar, gomozigota, jins bilan boqliq belgilar tushunchalarini, jinsiy xromosoma tarqalmaganda yoki birikkandagi nasldan-naslga o’tishini tushungan nima sababdan jinsiy xromosoma bilan bog’liq belgilar kelgusi bo’g’inda qarama-qarshi jinslarga berilishini jins bilan bog’liq holda nasldan-naslga o’tishning asosiy sabablarini o’zlashtirgan bo’lishi kerak.

Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin