Masalaning yechilishi: DNK molekulasining qo’sh zanjirida A qarshisida T va G qarshisida S joylashgani uchun berilgan molekulaning ikkinchi komplementar zanjiri quyidagicha bo’ladi:
A T S T A G G G S T G T G S T… yoki T A G A T S S S G A S A S G A...
A T S T A G G G S T G T G S T…
2-masala*. Oqsil molekulasining bir qismida aminokislotalar quyidagi tartibda joylashgan: - valin - leysin – gistidin – serin – izoleysin. SHu oqsil molekulasini kodlovchi genda nukleotidlarning joylashish tartibi qanday?
Masalaning yechilishi: oqsil molekulasi zanjirida aminokislotalarni kodlovchi tripletlarning – kodonlarning tartibini genetik kod jadvalidan foydalanib yozib chiqamiz:
valin – GUU, leysin – SUU, gistidin – SAU, serin – USU, izoleysin – AUU yoki G U U S U U S A U U S U A U U.
Shunga ko’ra berilgan oqsil molekulasining sinteziga javobgar i-RNK molekulasiga mos keluvchi DNK molekulasi zanjirida nukleotidlarning joylashish tartibi quyidagicha: S A A G A A G T A A G A T A A
G T T S T T S A T T S T A T T
3-masala*. DNK tarkibida 360 ta nukleotid bor. SHu DNKning uzunligini toping.
Masalaning yechilishi: DNK qo’sh zanjirdan iborat bo’lgani uchun nukleotidlar sonini 2 ga bo’lamiz. CHunki DNKning uzunligi bir zanjiriga nisbatan topiladi.
360:2=180 ta nukleotid DNKning bir zanjirida.
Nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng bo’lgani uchun nukleotidlar sonini 0,34 ga ko’paytiramiz.
180x0,34=61,2 nm Demak, DNKning uzunligi 61,2 nm ga teng.
4-masala*. DNK molekulasining tarkibida 4212 ta adenin nukleotidi bor. Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 27 % ini tashkil qilsa, bu holda tsitozin nukleotidining soni nechaga teng?
Masalaning yechilishi: A=T va G=TS bo’lgani uchun A-27 % T-27 % bo’ladi. Jami nukleotidlar 100 % bo’lgani uchun 27+27=54 100-54=46:2=23 ya’ni G-23 %, TS-23 % bo’ladi.
1-usul: TSitozinning sonini topish uchun praportsiya tuzamiz
4212---27%
X---23% X=(4212x23):27=3588 ta TSitozin bor.
2-usul: 4212:27 %=156 bu 1 % dagi nukleotidlar soni. 156x23%=3588 ta tsitozin.
5-masala. DNK molekulasi zanjirining birida nukleotidlarning joylashish tartibi quyidagicha:
A G T A S S G A T A S T S G A T T T A S G…
DNK molekulasining ikkinchi zanjirida nukleotidlarning joylashish tartibi qanday?
6-masala. DNK molekulasining tarkibida 3125 adenin nukleotidi bor. Adenin nukleotidi umumiyi nukleotidlarning 25% tashkil qilsa, nukleotidlar orasi 0,34 nm bo’lsa, bu holda DNK uzunligi necha nanometr?
8-masala. Ma’lum bir gen quyidagi nukleotidlardan tashkil topgan: T T T T A S A S A T T G S A G… SHu gen tomonidan kodlanadigan oqsil molekulasini tashkil qiluvchi aminokislotalarning joylashish tartibi qanday bo’ladi?
9-masala. Ma’lum bir belgining rivojlanishini ta’minlovchi gen nukleotidlarning quyidagi tartibidan tashkil topgan:
A A A T A A G T S G S A S S A T A G G S A
Shu gen tomonidan kodlanadigan oqsil molekulasini tashkil qiluvchi aminokislotalarning joylashish tartibini aniqlang.
10-masala. Oqsil molekulasining bir qismida aminokislotalar quyidagi tartibda joylashgan: - arginin – arginin – valin – alanin – serin – serin – leysin. Shu oqsil molekulasini kodlovchi genda joylashgan nukleotidlarning joylashish tartibi qanday?
11-masala. DNK fragmentida 250 ta timin nukleotidi bo’lib, umumiy nukleotidlarning 25 % ini tashkil qiladi. Mutatsiya natijasida timin nukleotidi 10 % ga kamaydi. Guanin nukleotidi esa 4,8 % ga ortadi (keltirilgan nukleotidlarning dastlabki soniga nisbatan). dastlabki va mutatsiyaga uchragan DNK fragmentida nechta vodorod bog’i borligini toping.
12-masala. Insulin oqsilining V deb ataluvchi katta zanjiri quyidagi aminokislotalardan boshlanadi: fenilalanin – valin –asparagin -glutamin kislotasi- gistidin -leysin. Shu oqsilning tuzilishi haqidagi axborotni o’zida saqlovchi DNK molekulasining boshlang’ich qismida joylashgan nukleotidlar tartibini aniqlang.
13-masala. DNK bitta zanjirida 90 ta Adenin bor. SHu DNK fragmentidan traskriptsiyalangan i-RNK zanjiridagi adeninlar sonidan 17 marta ko’p. RNK dagi adeninlar soni undagi umumiy nukleotidlarning 17 % ini tashkil etadi. RNK zanjiridagi tsitozinlar soni uratsillar sonidan 3 marta ko’p. DNK fragmentining uzunligini (nm) toping.
14-masala. Insulin oqsilining A deb atalgan kichik zanjiri quyidagi aminokislotalar ketma-ketligi bilan tugallanadi: leysin – tirozin- asparagin – tirozin – sistein – asparagin. Gendagi nukleotidlarning joylashish tartibi qanday bo’ladi?
15-masala. Quyidagi aminokislotalar ketma-ketligini belgilovchi DNK molekulasining uchastkasi qanday nukleotidlar ketma-ketligiga ega?
- prolin – valin - arginin – prolin – leysin – valin – arginin.
16-masala. Xemotripsinogen fermentiga javobgar bo’lgan DNK fragmentida adenenli nukleotidlar soni 294 ga teng bo’lib, u umumiy nukleotidlarning 20% ni tashkil etadi. Nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm bo’lsa, DNK fragmentining uzunligini (nm) toping.
17-masala. I-RNK zanjirida 70 ta U bor. SHu RNK zanjiridan teskari transkrip-siyalangan DNK zanjiridagi TS lar i-RNK zanjiridagi U lar sonidan 2.8 marta ko’p, G lar soni esa 2.5 marta kam, DNK dagi T miqdori G va TS nukleotidlar miqdorining o’rtachasiga teng bo’lsa, DNK molekulasidagi vodorod bog’lar soni nechaga teng.
18-masala. DNKning uzunligi 19,04 nm bo’lsa, uning tarkibida, Adenin nukleotidlarining soni 16 tani tashkil qilsa, ushbu DNKdagi vodorod bog’lar sonini toping.