19-masala. DNKda A 35%ni tashkil qilib, ularning soni 70ta bo’lsa, shu DNKda nechta vodorod bog’ bor?
20-masala. Transkriptsiyalangan iRNK ning tarkibida 300 ta nukleotid bo’lib, DNKning tarkibida 156 ta A nukleotidi borligi ma’lum bo’lsa, undagi G nukleotidlarining %dagi miqdorini toping.
Amaliy mashg’ulot № 25 Mavzu: Genetik axborotni realizatsiya qilinishida ishtirok etuvchi azotli asoslarni miqdorini aniqlashga doir masalalar yechish. Ishdan maqsad: Irsiyatning molekulyar asosiga doir masala yechishni o’rganish.
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid tablitsalar, kompyuter texnologiyasida slaydlar namoyishi, tarqatma materiallar.
1-masala*. DNK molekulasidagi nukleotidlarning quyidagi ketma-ketligi oqsil molekulasida qanday tartibdagi aminokislotalar ketma-ketligini belgilaydi?
S S T A G T G T G A A S S A G…
Agar DNK molekulasidagi oltinchi va yettinchi nukleotidlar orasiga timin qo’yilsa, bu holat oqsil sintezida aminokislotalar ketma-ketligiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
Masalaning yechilishi: Normal holat DNK S S T A G T G T G A A S S A G…
i-RNK G G A U S A S A S U U G G U S…
i-RNK molekulasi nukleotidlari asosida oqsil sintezida quyidagi aminokislotalar qatnashadi: glisin – serin – gistidin – leysin – valin.
DNK molekulasida o’zgarish bo’lgan holat:
S S T A G T T G T G A A S S A G…
G G A U S A A S A S U U G G U S…
glisin - serin – treonin – leysin – glisin.
2-masala*. Oqsilning massasii 78240 Da teng. SHu oqsilni sintezlashda ishtirok etgan DNKning uzunligini aniqlang. (o’rtacha bir aminokislotaning massasi 120 Da teng)
Masalaning yechilishi: 78240:120=652 ta aminokislota bor. Har bir aminokislotani 3 ta nukleotid kodlaydi.
SHuning uchun 652x3=1956 ta nukleotid DNK ning bir zanjirida bor.
Nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm bo’lgani uchun 1956x0,34=665,04 nm.
Demak, bu oqsilni sintezlaydigan DNKning uzunligi 665,04 nm ga teng.