Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021


Bir belgi bo’yicha to’liq, ikkinchi belgi bo’yicha to’liqsiz dominantlik holatida belgilarning irsiylanishi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə26/113
tarix17.04.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#55601
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113
Генетика амалий машғулот

Bir belgi bo’yicha to’liq, ikkinchi belgi bo’yicha to’liqsiz dominantlik holatida belgilarning irsiylanishi

13-masala*. Cheklanmagan shoxli, qo’ng’ir tolali g’o’za liniyasi cheklangan shoxli, oq tolali boshqa bir liniya bilan chatishtirilib, F1 da cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali duragaylar olindi. F1 duragaylari o’z-o’zi bilan changlantirilib F2 duragaylari olindi. F2 da hosil bo’ladigan fenotipik va genotipik sinflarni aniqlang. F1 duragaylari har ikki ota-ona bilan qayta chatishtirilsa, qanday genotip va fenotiplar hosil bo’ladi?

Masalaning yechilishi:

Belgi Gen

CHeklanmagan shoxlanish S

CHeklangan shoxlanish s

Qo’ng’ir tola FrBr

Oq tola Frbr

Novvot rang tola FrBr Frbr

F1 duragaylarida cheklanmagan shoxlanishning rivojlanishi ona sifatida olingan liniyaning shoxlanish tipi bo’yicha dominant gomozigotali ekanligini ko’rsatadi. Ota-ona liniyalarining genotiplarini yozamiz:

cheklanmagan shoxli, cheklangan shoxli,

qo’ng’ir tolali oq tolali

P ♀ SS FrBr FrBr X ♂ ss Frbr Frbr

G SFrBr sFrbr

F1 Ss FrBr Frbr - cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali

cheklanmagan shoxli, cheklanmagan shoxli,

novvot rang tolali novvot rang tolali

P ♀ Ss FrBr Frbr X ♂ Ss FrBr Frbr

g SFrBr, SFrbr, sFrBr, sFrbr SFrBr, SFrbr, sFrBr, sFrbr

F2 SS FrBrFrBr - 1 cheklanmagan shoxli, qo’ng’ir tolali

SS FrBr Frbr - 2 cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali

SS Frbr Frbr - 1 cheklanmagan shoxli, oq tolali

Ss FrBrFrBr - 2 cheklanmagan shoxli, qo’ng’ir tolali

Ss FrBr Frbr - 4 cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali

Ss Frbr Frbr - 2 cheklanmagan shoxli, oq tolali

ss FrBrFrBr - 1 cheklangan shoxli, qo’ng’ir tolali

ss FrBr Frbr - 2 cheklangan shoxli, novvot rang tolali

ss Frbr Frbr - 1 cheklangan shoxli, oq tolali.

Fenotipik sinflar:

1. cheklanmagan shoxli, qo’ng’ir tolali - 3

2. cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali - 6

3. cheklanmagan shoxli, oq tolali - 3

4. cheklangan shoxli, qo’ng’ir tolali - 1

5. cheklangan shoxli, novvot rang tolali - 2

6. cheklangan shoxli, oq tolali - 1

Fenotipik sinflar nisbati 3 : 6 : 3 : 1 : 2 : 1

Genotipik sinflar nisbati 1 : 2 : 2 : 4 : 1 : 2 : 1 : 2 : 1

Agar bir belgi bo’yicha to’liq dominantlik, ikkinchi belgi bo’yicha to’liqsiz dominantlik hodisasi kuzatilsa, F2 da 6 ta fenotipik sinf va 9 ta genotipik sinflar hosil bo’ladi.

Agar F1 duragaylarini dominant gomozigotali ota-ona bilan qayta chatishtirsak, u holda:

cheklanmagan shoxli, cheklanmagan shoxli,

novvot rang tolali qo’ng’ir tolali

P ♀ Ss FrBr Frbr X ♂ SS FrBr FrBr

g SFrBr, SFrbr, sFrBr, sFrbr SFrBr

FB 1. SS FrBrFrBr - cheklanmagan shoxli, qo’ng’ir tolali

2. SS FrBr Frbr - cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali

3. Ss FrBrFrBr - cheklanmagan shoxli, qo’ng’ir tolali

4. Ss FrBr Frbr - cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali

2 ta fenotipik sinf hosil bo’ladi:

1. cheklanmagan shoxli, qo’ng’ir tolali - 2

2. cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali - 2

Nisbat 2 : 2

Agar F1 duragaylari retsessiv gomozigotali ota-ona bilan qayta chatishtirilsa:

cheklanmagan shoxli, cheklangan shoxli,

novvot rang tolali oq tolali

P ♀ Ss FrBr Frbr X ♂ ss Frbr Frbr

g SFrBr, SFrbr, sFrBr, sFrbr sFrbr

FB 1. Ss FrBrFrbr - cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali

2. Ss Frbr Frbr - cheklanmagan shoxli, oq tolali

3. ss FrBrFrbr - cheklangan shoxli, novvot rang tolali

4. ss Frbr Frbr - cheklangan shoxli, oq tolali

Ikkinchi variantdagi qayta chatishtirishda to’rtta fenotipik sinflar hosil bo’ladi va ularning nisbati 1 : 1 : 1 : 1.




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin