Masalaning yechilishi:
Bundan oldingi masalada ko’rilganidek, donning sariq, silliq bo’lishi dominant A va B genlariga hamda donning yashil, burishgan bo’lishi retsessiv a va b genlariga bog’liq. SHunga ko’ra, bu masala quyidagicha yechiladi:
sariq, silliq yashil, burishgan
P ♀ AABB X ♂ aabb
g AB ab
F1 AaBb - sariq, silliq
sariq, silliq sariq, silliq
P ♀ AaBb X ♂ AaBb
g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab
F2
♂
♀
|
AB
|
Ab
|
aB
|
ab
|
AB
|
AABB
sariq,
silliq
|
AABb
sariq,
silliq
|
AaBB
sariq,
silliq
|
AaBb
sariq,
silliq
|
Ab
|
AABb
sariq,
silliq
|
AAbb
sariq,
burishgan
|
AaBb
sariq,
silliq
|
Aabb
sariq,
burishgan
|
aB
|
AaBB
sariq,
silliq
|
AaBb
sariq,
silliq
|
aaBB
yashil,
silliq
|
aaBb
yashil,
silliq
|
ab
|
AaBb
sariq,
silliq
|
Aabb
sariq,
burishgan
|
aaBb
yashil,
silliq
|
Aabb
yashil, burishgan
|
Jadvalda keltirilgan genotipik va fenotipik sinflarni, ularning takrorlanishi hamda nisbatlarini quyidagicha yozib chiqamiz:
F2 da olingan F2 da olingan Fenotipik
genotipik sinflar fenotipik sinflar sinflar nisbati
1. AABB q 1 sariq, silliq
2. AABb q 2 sariq, silliq 9/16 sariq, silliq
3. AaBB q 2 sariq, silliq ( 9 AˍBˍ)
4. AaBb q 4 sariq, silliq
5. AAbb q 1 sariq, burishgan 3/16 sariq, burishgan
6. Aabb q 2 sariq, burishgan ( 3 Aˍbb)
7. aaBB q 1 yashil, silliq 3/16 yashil, silliq
8. aaBb q 2 yashil, silliq ( 3 aaBˍ)
9. aabb q 1 yashil, burishgan 1/16 yashil, burishgan
jami q 16 ( 1 aabb)
Masalaning javobi:
1) gomozigotali sariq, silliq donli no’xat o’simliklari yashil, burishgan donli o’simliklar bilan chatishtirilganda Mendelning birinchi qonuniga ko’ra F1 da faqat sariq, silliq donli o’simliklar hosil bo’ladi. Ular genotip bo’yicha digeterozigotali bo’lib, AaBb genotipga ega.
2) F1 o’simliklari o’zaro chatishtirilganda F2 da 9 ta genotipik va
9 : 3 : 3 : 1 nisbatda 4 ta fenotipik sinflar hosil bo’ladi. Ya’ni, Mendelning ikkinchi qonuniga binoan ajralish ketib, 9/16 qism sariq, silliq (A-B-); 3/16 qism sariq, burishgan (A-bb); 3/16 qism yashil, silliq (aaB-) va 1/16 qism yashil, burishgan (aabb) donli o’simliklar hosil bo’ladi.
3) F1 o’simliklari chatishtirish uchun olingan sariq, silliq donli o’simliklar bilan qayta chatishtirilsa, keyingi avlodda FB da yana sariq, silliq donli o’simliklar hosil bo’ladi.
sariq, silliq sariq, silliq
P ♀ AaBb X ♂ AABB
g AB, Ab, aB, ab AB
FB AABB - sariq, silliq
AABb - sariq, silliq
AaBB - sariq, silliq
AaBb - sariq, silliq
4) F1 o’simliklari chatishtirish uchun olingan yashil, burishgan donli o’simliklar bilan qayta chatishtirilganda, keyingi avlodda FB da 1 : 1 : 1 : 1 nisbatda to’rtta fenotipik sinfga mansub o’simliklar hosil bo’ladi.
sariq, silliq yashil, burishgan
P ♀ AaBb X ♂ aabb
g AB, Ab, aB, ab ab
FB AaBb - sariq, silliq
Aabb - sariq, burishgan
aaBb - yashil, silliq
aabb - yashil, burishgan
2-masala. Gomozigotali qizil gulli, baland bo’yli no’xat o’simliklari oq gulli, past bo’yli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 va F2 da olingan o’simliklarning genotipini, fenotipini hamda genotipik va fenotipik sinflarning sonini va nisbatini aniqlang. F1 o’simliklari gomozigotali uzun bo’yli, qizil gulli o’simliklar bilan hamda oq gulli, kalta bo’yli o’simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda genotip va fenotip bo’yicha qanday natija olish mumkin?
3-masala. Qizil, tuksiz mevali pomidor o’simliklari sariq, tukli mevaga ega o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 98 tasi qizil, tuksiz mevaga; 104 tasi qizil, tukli mevaga; 97 tasi sariq, tuksiz mevaga va 101 tasi sariq, tukli mevaga ega bo’lgan. O’rganilayotgan belgilar bo’yicha chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi? Ularning irsiylanishi haqida nima deyish mumkin?
4-masala. Bangidevonaning qizil gulli, tikansiz ko’sakli o’simliklari oq gulli, tikanli ko’sakka ega o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 320 tasi qizil gulli, tikanli ko’sakka va 312 tasi qizil gulli va tikansiz ko’sakli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.
5-masala. CHeklanmagan shoxli, to’q sariq gulli g’o’za o’simliklari cheklangan shoxli, och sariq gulli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 27 tasi cheklanmagan shoxli, to’q sariq gulli; 31 tasi cheklanmagan shoxli, och sariq gulli; 29 tasi cheklangan shoxli, sariq gulli va 26 tasi cheklangan shoxli, och sariq gulli bo’lgan. Ota-ona va F1 o’simliklarining genotipini hamda o’rganilayotgan belgilarning irsiylanish qonuniyatlarini aniqlang.
6-masala. To’q sariq gulli, tuksiz chigitli g’o’za o’simliklari och sariq gulli, chigiti tukli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 o’simliklari to’q sariq gulli, tuksiz chigitli bo’lgan. F2 , FB avlodlarda o’rganilayotgan belgilarning genotipi va fenotipi bo’yicha qanday natijalar olish mumkin?
7-masala. Boshog’i qiltanoqsiz va qizil bo’lgan bug’doy o’simliklari boshog’i qiltanoqli va oq rangli bo’lgan o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklar qiltanoqsiz va qizil boshoqli bo’lgan. F2 da esa quyidagicha ajralish ketgan:
159 ta qiltanoqsiz, qizil; 48 ta qiltanoqsiz, oq; 57 ta qiltanoqli, qizil; 16 ta qiltanoqli, oq boshoqli qsimliklar.
O’rganilayotgan belgi qanday irsiylanadi? F2 o’simliklarining necha foizi geterozigotali? Tahliliy chatishtirish o’tkazish uchun F1 o’simliklarini qanday fenotipga ega bo’lgan o’simliklar bilan chatishtirish kerak?
8-masala. Pomidor o’simligida meva rangi qizil va sariq bo’ladi. Mevasining shakli esa yumaloq va noksimon bo’ladi.Mevaning qizil va yumaloq bo’lishi uning sariq va noksimon bo’lishiga nisbatan dominant belgi hisoblanadi. Har ikkala belgilarni ta’minlovchi genlar boshqa-boshqa xromosomalarda joylashgan.
1) Digeterozigotali qizil va yumaloq mevali pomidor o’simliklari har ikkala belgi bo’yicha retsessiv - sariq va noksimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda qanday nisbatda genotipik va fenotipik sinflarga mansub o’simliklar hosil bo’ladi?
2) Xo’jalikda pomidor o’simliklari mevasi yig’ishtirib olinganda, hamma hosilning 36 tonnasi qizil va yumaloq, 12 tonnasi qizil va noksimon bo’lgan. Buning sababini tushuntiring.
Agar xo’jalikda ekilgan o’simliklar o’rganilayotgan belgilar bo’yicha digeterozigotali bo’lgan bo’lsa, hosilning qancha qismi sariq va noksimon bo’lar edi?
9-masala. Bangidevona o’simligida gulining alvon (qizil) rangda bo’lishi (P) oq rangi (p) ustidan, ko’saklarining tikanli bo’lishi (S) silliq bo’lishi (s) ustidan to’liq dominantlik qiladi. Qizil gulli, silliq ko’sakli bangidevona o’simligi oq gulli, tikanli ko’sakka ega o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 320 tasi qizil gul, tikanli ko’saklarga va 312 tasi qizil gul, silliq ko’saklarga ega bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan o’simliklarning o’rganilayotgan belgilar bo’yicha genotiplarini aniqlang.
10-masala. Gomozigotali bangidevona o’simliklari quyidagi tartiblarda chatishtirilgan:
1) qizil gulli, ko’saklari tikanli x oq gulli, ko’saklari silliq;
2) qizil gulli, ko’saklari silliq x oq gulli, ko’saklari silliq.
Har ikkala chatishtirishdan olingan F1 o’simliklari o’zaro chatishtirilsa, o’rganilayotgan belgilar bo’yicha keyingi avlodda olingan o’simliklarning genotipi va fenotipi qanday bo’ladi? Ularning nisbatlarini aniqlang.
11-masala. G’o’za o’simligida hosil shoxlarining cheklanmagan tipda bo’lishi (S) cheklangan bo’lishi (s) ustidan va gullarining sariq rangi (U1) och sariq rangi (u1) ustidan to’liq dominantlik qiladi. CHeklanmagan shoxli, sariq gulli g’o’za o’simliklari cheklangan shoxli, och sariq gulli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda 372 ta o’simlik olingan bo’lib, ularning 88 tasi cheklanmagan shoxli, sariq gulli; 94 tasi cheklanmagan shoxli, och sariq gulli; 92 tasi cheklangan shoxli, sariq gulli va 98 tasi cheklangan shoxli, och sariq gulli bo’lgan. Cheklanmagan shoxli, sariq gulli o’simliklar o’zaro chatishtirilsa, keyingi avlodda genotip va fenotip bo’yicha qanday natija olish mumkin?
12-masala. Odamlarda ko’zning jigarrang bo’lishi ko’k rangi ustidan va o’ng qo’l bilan ishlashga layoqatlik(o’naqaylik) chap qo’l bilan ishlashga layoqatlik (chapaqaylik) ustidan to’liq dominantlik qiladi.
1) ota-onasi digeterozigotali bo’lgan bolalar ko’z rangi va qaysi qo’l bilan ishlashga layoqatlik bo’yicha qanday fenotipga ega bo’ladi?
2) otasi ko’z rangi bo’yicha geterozigotali va chapaqay, onasi esa ko’k ko’z, lekin ikkinchi belgi bo’yicha geterozigotali bo’lsa, shu oilada tug’ilgan bolalar qanday fenotipga ega bo’ladi?
3) ko’k ko’z va o’naqay yigit, jigarrang ko’z va o’naqay qizga uylangan. Bu oilada ikkita bola tug’ilgan bo’lib, ulardan biri jigarrang ko’z va chapaqay, ikkinchisi esa ko’k ko’z va o’naqay bo’lgan. Ota-ona va bolalarning genotipini aniqlang.
4) ko’k ko’z va o’naqay yigit, jigarrang ko’z va o’naqay qizga uylangan. Bu oilada ikkita farzand tug’ilgan bo’lib, ulardan biri jigarrang ko’zli va chapaqay, ikkinchisi esa ko’k ko’z va o’naqay bo’lgan. Yigit ikkinchi marta boshqa ayol bilan turmush qurgan bo’lib, bu ayolning ko’zi jigarrang, o’zi o’naqay bo’lgan. Nikohdan tug’ilgan 9 ta farzandning hammasi jigarrang ko’zli va o’naqay bo’lgan. Yigitning va ikkinchi ayolning genotipini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |