Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə54/113
tarix17.04.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#55601
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113
Генетика амалий машғулот

Amaliy mashg’ulot № 11

Mavzu: Noallel genlar o’zaro ta’sirining polimer tipiga doir masalalar yechish

Ishdan maqsad: Genlarning polimer ta’siriga doir masalalar yechishni o’rganish.

Kerakli jihozlar: Mavzuga oid tablitsalar, kompyuter texnologiyasida slaydlar namoyishi, tarqatma materiallar.

Ishning mazmuni: Genlarning o’zaro polimer ta’siri deyilganda, ikkita va undan ko’p genning bir xil yo’nalishidagi ta’siri tushuniladi. Bunday genlar polimer genlar deb nomlanadi va indeksi bilan farq qiluvchi bir xil harflar bilan ifodalanadi. Chunonchi, A1 A1 A2 A2 A3 A3 yoki a1 a1 a2 a2 a3 a3 . Qishloq xo’jalik ekinlari, chorva mollarining xo’jalikda ahamiyatli miqdor, ba’zan sifat belgilari polimer genlar ta’sirida rivojlanadi. Polimer holda nasldan-naslga o’tish kumulyativ (odditivli yoki to’lovchi) va nokumulyativ xillarga bo’linadi. Kumulyativ polimeriyada belgining fenotipda namoyon bo’lish darajasi dominant genlar soniga bog’liq bo’lsa, nokumulyativ polimeriyada dominant genlar nechta 6o’lishiga qaramay, fenotipda belgi bir xil namoyon bo’ladi.

Kumulyativ polimeriyada F2 da 1: 4: 6 : 4: 1, nokumulyativ polimeriyada 15: 1 nisbatda ajralish ro’y beradi. Agar belgi uchta gen ta’sirida rivojlansa, kumulyativ polimeriyada F2 da 63:1 (1:6:15:20:15:6:1), nokumulyativ polimeriyada 63:1 nisbatda ajralish ro’y 6eradi. Polimeriya bo’yicha tuzilgan masalalarni yechish uchun studentlar kumulyativ, nokumulyativ polimeriyaning o’zaro farqini, ya’ni genlarning additiv ta’sirini; F2 dagi ajralish sxemasini; gametalar olish printsipini; genotipga qarab, ayniqsa kumulyativ polimeriyada fenotipni aniqlashni bilishi kerak.

Organizmlarda morfologik-sifat belgilardan tashqari yana shunday belgilar ham borki, masalan, o’simliklarning bo’yi, paxta tolasining chiqishi, paxta tolasining uzunligi, hayvonlarning tirik vazni, qoramollardan sog’ib olinadigan sutning miqdori va uning yog’liligi kabi belgilarni aniq fenotipik sinflarga ajratib bo’lmaydi, ularni tortish, o’lchash, sanash, ya’ni miqdor jihatdan baholash kerak bo’ladi. Bunday belgilar odatda miqdor belgilar deb yuritiladi. Miqdor belgilar qanday irsiylanadi?

Miqdor belgilarning irsiylanishini nazorat qiluvchi genlar polimer genlar deb ataladi, chunki ular rivojlanayotgan bitta belgiga bir xil effektda ta’sir ko’rsatadi. Ular bosh harflar bilan belgilanib, har bir gen allellari indekslar bilan belgilanadi. Masalan, bitta belgining nazorat qilinishida 3 ta allel bo’lmagan genlar ishtirok etayotgan bo’lsa, ularni quyidagicha belgilaymiz: A1, A2, A3. Nafaqat miqdor belgilar, balki morfologik - sifat belgilar ham polimer tipda irsiylanishi mumkin.

1-masala. Bug’doy o’simligida donning rangli bo’lishi ikki juft allel bo’lmagan dominant genlarga bog’liq. Donning to’q qizil rangi A1A1A2A2 genotipga, qizil bo’lishi A1A1A2a2 va A1a1A2A2 genotiplarga, och qizil bo’lishi A1A1a2a2, a1a1A2A2, A1a1A2a2 genotiplarga, juda och qizil bo’lishi A1a1a2a2, a1a1A2a2 genotiplarga va oq bo’lishi a1a1a2a2 genotipga bog’liq. Quyidagi genotipga ega bo’lgan bug’doy o’simliklarini chatishtirilganda keyingi avlodda olinadigan o’simliklarning genotipini va fenotipini hamda ularning nisbatini aniqlang:

1) A1a1A2A2 x a1a1a2a2; 2) A1a1a2a2 x a1a1A2a2; 3) A1a1A2a2 x A1a1A2a2.




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin