Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə51/113
tarix17.04.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#55601
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113
Генетика амалий машғулот

Masalaning yechilishi:

Oq tovuqlar bilan oq xo’rozlar chatishtirilganda, F1 da faqat oq patli jo’jalarning olinishi chatishtirish uchun olingan tovuq va xo’rozlarning gomozigotaliligidan dalolat beradi. F2 da esa 13:3 nisbatda oq patli va chipor patli jo’jalarning olinishi F1 tovuq va xo’rozlarning digeterozigotaliligidan dalolat beradi. Bunday digeterozigotalilikni esa IIBB x iibb yoki Iibb x iiBB chatishtirishdan olish mumkin. Lekin ikkinchi chatishtirish orqali belgining irsiylanishini tushuntirib bo’lmaydi, chunki bu yerda 13:3 nisbatda ajralib ketish imkoniyati yo’q. Shuning uchun chatishtirishga dastlab olingan tovuq va xo’rozlarning genotipini IIBB va iibb deb olish mumkin. Bunday holda tovuqlarda pat rangining irsiylanishini quyidagicha izohlash mumkin:

Belgi Gen

- I


chipor B

oq iibb


I > B

oq patli oq patli

P ♀ IIBB X ♂ iibb

G IB ib


F1 IiBb - oq patli

F1 da olingan jo’jalar voyaga yetgach ularning ichidagi tovuqlari o’zlarining ichidan chiqqan xo’rozlar bilan chatishtirilsa, F2 da pat rangi bo’yicha quyidagicha ajralish ro’y beradi:

oq patli oq patli

P ♀ IiBb X ♂ IiBb

g IB, Ib, iB, ib IB, Ib, iB, ib

F2 IIBB q 1

IIBb q 2


IiBB q 2

IiBb q 4 13/16 oq patli

IIbb q 1

Iibb q 2


iibb q 1

iiBB q 1

iiBb q 2 3/16 chipor patli

Bu yerda tovuq va xo’rozlarda pat rangining oq bo’lishi genotipda epistatik xususiyatga ega bo’lgan dominant I -ingibitoriga yoki genotipning iibb bo’lishiga bog’liq. Pat rangining chipor bo’lishi esa genotipning iiBB yoki iiBb bo’lishiga bog’liq.

F1 da olingan tovuqlar chatishtirish uchun dastlab olingan oq xo’rozlar bilan chatishtirilganda quyidagi natijalarni olish mumkin:

oq patli oq patli

P ♀ IiBb X ♂ iibb

g IB, Ib, iB, ib ib

FB IiBb - oq patli

Iibb - oq patli

iiBb - chipor patli

iibb - oq patli

Olingan parrandalarning 3/4 qismi oq patli, 1/4 qismi esa chipor patli bo’ladi.

Agar F1 dagi tovuqlar har ikki gen bo’yicha dominant gomozigotali oq patli xo’rozlar bilan chatishtirilsa, u holda:

oq patli oq patli

P ♀ IiBb X ♂ IIBB

g IB, Ib, iB, ib IB

FB IIBB - oq patli

IIBb - oq patli

IiBB - oq patli

IiBb - oq patli



Hamma parrandalar oq patli bo’ladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin