4-masala. Oq patli tovuqlar qora patli xo’rozlar bilan chatishtirilib 170 ta jo’ja olingan, ularning hammasi oq patli bo’lgan. F1 da olingan tovuq va xo’rozlarning yarmi o’zaro chatishtirilganda, ulardan olingan jo’jalarning 593 tasi oq patli va 152 tasi qora patli bo’lgan. F1 da olingan tovuqlar dastlabki olingan qora xo’rozlar bilan chatishtirilganda esa olingan jo’jalarning 145 tasi oq va 144 tasi qora bo’lgan. Olingan natijalarni izohlang, tovuq va xo’rozlarning genotipini aniqlang.
5-masala. Fermada mavjud oq tovuqlar boshqa bir fermadan keltirilgan xo’rozlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan jo’jalarning 75% i oq patli va 25% i qora patli bo’lgan. Qora patli jo’jalar keyingi yili voyaga yetib, ular o’zaro chatishtirilganda olingan jo’jalarning 75% i qora patli va 25% i oq patli bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan barcha tovuq va xo’rozlarning hamda chatishtirishlardan keyin olingan jo’jalarning genotipini aniqlang. O’rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib berish mumkinmi?
6-masala. Fermada oq patli tovuqlar qora patli xo’rozlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda 8088 ta jo’ja olingan bo’lib, ulardan 5055 tasi oq va 3033 tasi qora patli bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan tovuq va xo’rozlarning genotipini aniqlang.
7-masala. Bitta zotga mansub oq tovuqlar boshqa zotga mansub oq xo’rozlar bilan chatishtirilganda, F1 da oq jo’jalar olingan. F2 da esa pat rangi bo’yicha ajralish ketib, olingan jo’jalarning 172 tasi oq va 33 tasi qora bo’lgan. F1 da olingan tovuqlar dastlabki chatishtirish uchun olingan oq xo’rozlar bilan chatishtirilganda FB da olingan jo’jalarning 146 tasi oq va 53 tasi qora bo’lgan. F1 da olingan xo’rozlar dastlabki chatishtirish uchun olingan tovuqlar bilan qayta chatishtirilganda, FB da 128 ta jo’ja olingan bo’lib, ularning hammasi oq bo’lgan. Pat rangining irsiylanish qonuniyatini aniqlang. F1, F2 va FB avlodlarda barcha natijalarni genetik jihatdan izohlang.
8-masala. Yilqichilik fermasida kulrang otlar qora otlar bilan chatishtirilgan. Birinchi avlodda olingan toychoqlarning hammasi kulrang bo’lgan. Ikkinchi avlod olinganda esa toychoqlarni kulrang, qora va saman (sariq) ranglarga ajratish mumkin bo’lgan, ya’ni toychoqlarning 12 qismi kulrang, 3 qismi qora va 1 qismi saman bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan otlarning hamda F1 va F2 da olingan toychoqlarning genotipini aniqlang.
9-masala. Suli o’simligida donning qora bo’lishini dominant A geni va kulrang bo’lishini B geni ta’minlaydi. A geni B geniga nisbatan epistatik xususiyatga ega. Dominant genlarning genotipda bo’lmasligi don rangining oq bo’lishiga sabab bo’ladi. Quyidagi genotiplarga ega bo’lgan suli o’simliklarining don rangi bo’yicha fenotipini aniqlang:
10-masala. Qora donli suli o’simliklari oq donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 2/4 qismi qora, 1/4 qismi kulrang va 1/4 qismi oq donli bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.
11-masala. Qora donli suli o’simliklari kulrang donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 4/8 qismi qora, 3/8 qismi kulrang va 1/8 qismi oq donli bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.
12-masala. Qora donli suli o’simliklari o’zaro chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning 12/16 qismi qora, 3/16 qismi kulrang va 1/16 qismi oq donli bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.
13-masala. Qora donli suli o’simliklari kulrang donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 50% i qora, 25% i kulrang va 25% i oq donli bo’lgan. Chatishtirishdan olingan qora donli o’simliklarning ayrimlari oq donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 1/2 qismi qora, 1/2 qismi oq donli bo’lgan. Ayrim qora donli o’simliklar oq donli o’simliklar bilan chatishtirilganda esa 2/4 qism qora, 1/4 qism kulrang va 1/4 qism oq donli o’simliklar olingan. Olingan natijalarga asoslanib, o’rganilayotgan belgining irsiylanishi haqida nima deyish mumkin? Chatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan barcha o’simliklarning genotipini aniqlang.
14-masala. Qora donlardan unib chiqqan suli o’simliklaridan hosil yig’ib olinganda, uning 277 tasi qora, 81 tasi kulrang va 26 tasi oq donli bo’lgan. O’rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering hamda fenotip bo’yicha olingan amaliy nisbatning nazariy jihatdan kutilgan nisbatga yaqin yoki uzoq ekanligini statistik metod yordamida aniqlang.
15-masala. Sariq mevali qovoq o’simliklari oq mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning mevasi oq mevali bo’lgan. F2 da esa 204 ta oq mevali, 53 ta sariq mevali va 17 ta yashil mevali o’simliklar olingan. Chatishtirish uchun olingan o’simliklarning va chatishtirishdan keyin olingan o’simliklarning genotipini aniqlang. F1 da olingan oq mevali o’simliklar yashil mevali o’simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avloddagi o’simliklar meva rangi bo’yicha qanday fenotipga ega bo’ladi?
16-masala. Sariq mevali qovoq o’simliklari oq mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning mevasi oq mevali bo’lgan. F2 da esa o’simliklarning 204 tasi oq mevali, 53 tasi sariq mevali va 17 tasi yashil mevali bo’lgan. O’rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering. Olingan natija qanday nisbatga to’g’ri keladi? Statistik metod yordamida amaliy olingan nisbatning nazariy jihatdan kutilgan nisbatga qanchalik to’g’ri kelish yoki kelmasligini aniqlang.
17-masala. Oq mevali qovoq o’simliklari yashil mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 50% i oq, 25% i sariq va 25% i yashil mevali bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.
18-masala. Ba’zi odamlarda qon guruhlarining o’ziga xos holatda nasldan-naslga o’tishi kuzatiladi (“Bombey fenomeni”).Bunday hollarda A va B larning yuzaga chiqichi retsessiv epistaz geni tomonidan bo’g’ilib qo’yiladi (h) va bunda I qon guruhi namoyon bo’ladi, shu genning dominant alleli (H) esa qon guruhlariga ta’sirsiz. II va III qon guruhli va H geni bo’yicha geterozigotali (genotiplari: IAI0Hh x IBI0Hh) ayol va erkak nikohidan I qon guruhli farzandlarning tug’ilish ehtimolini (%) aniqlang?
19-masala. Odamlarda I qon guruhi I0I0 II qon guruh gomozigota holatda IAIA geterozigota holatda IAI0 , uchunchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB geterozigota holatida IBI0, to’rtinchi qon guruhi IAIB bilan ifodalanadi. Ammo retsessiv ingibitor genning qon guruhlariga ta’sir etib, uning retsessiv alleli gomozigota holatda barcha genotiplarda I qon guruhini namoyon qiladi va Bambey fenomenini keltirib chiqaradi. Dominant alleli qon guruhlariga ta’sir ko’rsatmaydi. Digeterozigota II va III qon guruhli ota-onalardan tug’ilgan farzandlar necha % ini II qon guruhli farzandlar tashkil etadi?