19
22
qushlar va sutemizuvchilarni boqish mumkin. maktabning o’quv tajriba uchastkasida tovuq, g’oz
, o’rdak, kurka, quyon kabi parranda va hayvonlarni boqish mumkin.
tirik tabiat burchagidagidagi hayvonlarning ko’plari ustida zoologiya, odam va uning
salomatligi, umumiy biologiya bo’yicha zarur tajribalar qo’yilishi mumkin. masalan, “moddalar
almashinuvi” mavzusiga oid b va c avitaminozlar hosil qilish bo’yicha, quyonlarning og’irligiga
oziq sifatining ta’siri, itbaliqning metamorfozini o’rganish mumkin.
Tirik burchakni tashkil etishda jihozlash qoidalariga amal qilish lozim. masalan o’simliklar
uchun yorug’lik yetarli bo’lishi, agar tirik burchakda harorat past bo’lsa, unda yorug’lik
kamerasi
bo’lishi kerak. Bu yetarli darajada yorug’lik berishi, haroratni ko’tarish va pasaytirishga imkon
berishi, shu haroratni saqlab turishi kerak.
tirik tabiat burchagida har xil hayvonlarni saqlash uchun akvarium, terrarium, volera va
qafaslar zarur. suv havzalarida yashovchi hayvonlar ustida kuzatish olib boorish uchun maktabda
akvariumlar va tiniq shishali bankalar bo’lishi lozim. Terrariumlarni suvda ham quruqda
yashovchilarni, sudralib yuruvchilarni ekalogiyasini hisobga olgan holda saqlash uchun o’rnatiladi.
Qushlar va sutemizuvchilarni saqlash uchun har xil kattalikdagi qafaslar bo’lishi kerak.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, tirik tabiat burchagi o’quvchilarda bilim, ko’nikma va
malakalarini rivojlantirish hamda fanga oid kompetensiyalarni egallanishida muhim ahamiyat kasb
etadi. Chunonchi, biologik ta’lim jarayonida tushunchalarni obrazli tarzda shakllantirish orqali
o’quvchilarda fanga oid kompitensiyalarni rivojlantirish jarayonida samarali natijaga erishiladi.
foydalanilgan adabiyotlar:
1. o’zbekiston respublikasining Vazirlar mahkamasining “Umumiy o’rta va o’rta maxsus,kasb
–hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 6aprel 2018yil 187-son
Qarori.
2. Zoologiya. T-2017. darslik. o. mavlonov.
3. g’ofurov a.T. Tolipova J.va boshqalar “Biologiyani o’qitish metodikasi” oliy o’quv
yurtlari uchun darslik.Toshkent,2013.
4. http||ziyonet.uz|
5. http||nambiolog.uz|