Биология ва экология соҳасидаги инновациялар


BIoloGIYA FAnInI o’QITISHdA TIRIK TABIAT BURcHAGIdAn FoYdAlAnISH



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/22
tarix13.05.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#112730
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
22.Biologiya yonalishi 3 qism

22
BIoloGIYA FAnInI o’QITISHdA TIRIK TABIAT BURcHAGIdAn FoYdAlAnISH 
SAMARAdoRlIGI.
Akbarova Muqaddasxon Ilxomovna
Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tumani 26-maktab
Biologiya fani o’qituvchisi
Abduvaxapova Barnoxon Mamatovna 
Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tuman 22-maktab 
Biologiya fani o’qituvchisi.
Annotatsiya: ushbu maqolada biologiya darslarida tirik tabiat burchagining ahamiyati haqida 
bayon etilgan.
Kalit so’zlar: tirik tabiat, yovvoyi o’simliklar, xona o’simliklari, terrarumlar
biologiya fanini o’qitish jarayonida o’quvchilarda fanga oid tushunchalarni shakllantirish, o’quv 
materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, idrok etish, tasavvur qilish, yodda saqlash, amalda 
qo’llash, natijalarni tekshirish, axbarotlarni umumlashtirish va xulosa qilish kabi bosqichlarni 
amalga oshirish orqali samarali bo’ladi. Biz o’qituvchilar tomonidan tushunchalarni shakllantirish 
bosqichlariga amal qilinishi o’quvchilarning tushunchalarni qabul qilishiga va tushinishiga imkon 
yaratadi. fanni o’qitish samaradorligi ko’p jihatdan o’quvchining qanchalik ko’p sezgi organlarini 
ishtirok etishiga bog’liq. ya. a.Kommenskiy o’qitishda o’quvchining barcha sezgi organlarini jalb 
etish didaktikaning “oltin qoidasi” deb aytgani bejiz emas. 
biologiya fanini o’qitishda biologik ta’lim mazmunining tarkibiy qismlarini shakllantirishda 
tirik tabiat burchagi muhim o’rin egallaydi. Tirik tabiat burchagida o’simlik va hayvonlarni saqlash 
mumkin.
tirik tabiat o’simliklari sifatida o’quv yili davomida quyidagi o’simliklarni saqlash mumkin:
-Xona o’simliklari.
-Yovvoyi o’t o’simliklar
-Vegitativ usulda ko’payadigan madaniy va yovvoyi o’simliklar.
- daraxt va butalarning shoxlari.
Xona o’simliklari burchakning asosiy qismini tashkil etadi. Burchakdagi o’simliklarga bir emas 
balki bir necha tajribalar qo’yish imkonini beradigan vakillarini saqlagan ma’qul. masalan, xona 
o’simliklaridan kaktus, geran, elodiya, tradeskansiya begoniya kabilarni o’stirish mumkin. 
Xona o’simliklaridan turli tajribalarda foydalanish mumkinligini quyidagi misolda ko’rish 
mumkin. Tradeskansiya o’simligini quyidagi maqsadda : changdon ipchalari va chang 
donachalaridan preparat tayyorlash; sitoplazmaning harakatlanishi, qo’shimcha ildizlarni paydo 
bo’lishi, parxeshlash, payvandlash kabi maqsadlar uchun foydalanish mumkin. 
o’quvchilar tirik burchak o’simliklarini guruhlash ishlarini ham amalga oshirishlari mumkin.
Ekalogik va geografik jihatdan guruhlab tirik burchakda joylashtirishlari mumkin. 
masalan: namlik kam joylarda o’sadigan o’simliklar(kserofitlar)ga –kaktus, aloe, agava.
nam joyda o’sadigan o’simliklar(gigrofitlar)ga-tradeskansiya, begoniya, qirqquloq, qirqbo’g’in, 
yo’sin.
namligi o’rtacha bo’lgan joyda o’sadigan o’simliklar(mezofit)ga –fikus,limon, yertut.
geografik guruhlarga ajratsak:
Tropik o’simliklar: kaktus, agava, aloe, begoniya, tradeskansiya, fikus.
subtropik: limon, apelsin.
mo’tadil mintaqa o’simliklari:primula, pechakgul.
tirik burchakdagi har bir o’simlikda nomi yozilgan etiketka va qisqacha xarakteristikali pasporti 
bo’lishi kerak.
tirik tabiat burchagidagi hayvonlar uchun akvarium, terrarium, kataklar qo’yish uchun joy 
ajratilishi kerak. akvarium baliqlar,shoxilonlar, suv qo’ng’izlari, triton ayrim baqalar,gidra va 
dafniyalarni saqlash va boqish uchun eng qulaydir. 
Akvarium suv havzasining sun’iy biogeotsenozi ya’ni chuchuk suv havzasini modeli 
hisoblanadi. Tirik burchakda zoologiyadan ko’rgazmali va amaliy metodlar bilan o’rganiladigan 
hayvonlar bo’lishi zarur. Tirik tabiat burchagi uchun ajratilgan xonada har xil hayvonlarni, masalan: 
akvariumda mahalliy baliq turlari, suvda ham quruqlikda yashovchilarni, sudralib yuruvchilar, 


19
22
qushlar va sutemizuvchilarni boqish mumkin. maktabning o’quv tajriba uchastkasida tovuq, g’oz 
, o’rdak, kurka, quyon kabi parranda va hayvonlarni boqish mumkin.
tirik tabiat burchagidagidagi hayvonlarning ko’plari ustida zoologiya, odam va uning 
salomatligi, umumiy biologiya bo’yicha zarur tajribalar qo’yilishi mumkin. masalan, “moddalar 
almashinuvi” mavzusiga oid b va c avitaminozlar hosil qilish bo’yicha, quyonlarning og’irligiga 
oziq sifatining ta’siri, itbaliqning metamorfozini o’rganish mumkin.
Tirik burchakni tashkil etishda jihozlash qoidalariga amal qilish lozim. masalan o’simliklar 
uchun yorug’lik yetarli bo’lishi, agar tirik burchakda harorat past bo’lsa, unda yorug’lik kamerasi 
bo’lishi kerak. Bu yetarli darajada yorug’lik berishi, haroratni ko’tarish va pasaytirishga imkon 
berishi, shu haroratni saqlab turishi kerak. 
tirik tabiat burchagida har xil hayvonlarni saqlash uchun akvarium, terrarium, volera va 
qafaslar zarur. suv havzalarida yashovchi hayvonlar ustida kuzatish olib boorish uchun maktabda 
akvariumlar va tiniq shishali bankalar bo’lishi lozim. Terrariumlarni suvda ham quruqda 
yashovchilarni, sudralib yuruvchilarni ekalogiyasini hisobga olgan holda saqlash uchun o’rnatiladi. 
Qushlar va sutemizuvchilarni saqlash uchun har xil kattalikdagi qafaslar bo’lishi kerak. 
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, tirik tabiat burchagi o’quvchilarda bilim, ko’nikma va 
malakalarini rivojlantirish hamda fanga oid kompetensiyalarni egallanishida muhim ahamiyat kasb 
etadi. Chunonchi, biologik ta’lim jarayonida tushunchalarni obrazli tarzda shakllantirish orqali 
o’quvchilarda fanga oid kompitensiyalarni rivojlantirish jarayonida samarali natijaga erishiladi.
foydalanilgan adabiyotlar:
1. o’zbekiston respublikasining Vazirlar mahkamasining “Umumiy o’rta va o’rta maxsus,kasb 
–hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 6aprel 2018yil 187-son 
Qarori. 
2. Zoologiya. T-2017. darslik. o. mavlonov.
3. g’ofurov a.T. Tolipova J.va boshqalar “Biologiyani o’qitish metodikasi” oliy o’quv 
yurtlari uchun darslik.Toshkent,2013.
4. http||ziyonet.uz|
5. http||nambiolog.uz|


20

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin