Биология ва экология соҳасидаги инновациялар


GЕoBoTAnIKA - FIToTSenoZ TUZIlISH QonUnIYATlARI



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/22
tarix13.05.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#112730
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
22.Biologiya yonalishi 3 qism

22
GЕoBoTAnIKA - FIToTSenoZ TUZIlISH QonUnIYATlARI
Ishniyazova Rayxon Shokirovna 
Xorazm viloyati Hazorasp tumani 
44-son umumta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi
Tel: +998999694186
Annotatsiya: maqolada geobotanika-fitotsenoz tuzilish qonuniyatlari, geobotanik tadqiqotlar 
va o’simliklar jamoalari haqida malumot berilgan.
Kalit so’zlar: geobotanika, fitotsenoz, fitotsenologiya, o’simliklar jamoasi, zootsenoz, 
o’simliklar florasi, biotsenoz.
geobotanika - grekcha geo - yer, botanike - o’simlik, Yer yuzidagi o’simliklar jamoasi haqidagi 
fan. geobotanika deganda fitotsenologiyaning sinonimi yoki fitotsenologiya bilan botanik 
geografiyaning majmuasi yoki fitotsenologiya, botanik geografiya va o’simliklar geografiyasi kabi 
bo’limlarning umumiy majmuasi tushuniladi. fitotsenologiya termini 1918-yilda daniyalik olim 
gams tomonidan taklif etilgan. shundan buyon bu so’z geobotanika so’zining sinonimi sifatida 
ishlatilib kelmoqda. U botanika va geografiya fanlarining ajralmas bir qismi bo’lib, o’simliklarning 
yer yuzida tarqalishi va joylashish qonuniyatlarini o’rganadi. 
geobotanika botanikaning bir tarmog’i bo’lib, 18-asrdan boshlab fan sifatida rivojlana bordi. 
geobotanika - yer botanikasi demak. ammo fan sifatida u yer sharidagi barcha o’simliklarning 
tuproq muhitiga bo’lgan munosabati va tuproqning o’simliklarga ta’sirini o’rganadi. geobotanika 
alohida bir o’simlik turini o’rganmaydi, balki u bir necha turlar yig’indisini tashkil etgan jamoani 
o’rganadi. o’simliklar jamoasi, dastlab, bir kichik maydonda o’rganiladi. 
geobotanika fanining asosiy maqsadi - tabiiy holda tarqalgan o’simlik guruhlari qayerlarda, 
qanday ekologik sharoitda uchrashi, ishlab chiqarishda qanday maqsadlarda foydalanishi, sanoatda 
ishlatilishi va ulardan qanday usullar bilan oqilona foydalanish xususidagi savollarga javob berish. 
geobotanikaning o’ziga xos vazifalari mavjud bo’lib, o’simliklar qoplamini tabiatning asosiy 
resursi sifatida ilmiy o’rganish va tahlil etish, qoplamning zamon talablariga javob beradigan 
haritasini tuzish, iqtisodiy samaradorligini aniqlash va bundan to’g’ri foydalanish yo’llarini 
ko’rsatib berishdan iborat. 
geobotanik tadqiqotlar qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirishda rejalashtirish ishlarini olib 
borishga asos bo’lib xizmat qiladi. o’zlashtirilayotgan maydonning tuproq qatlami, tuproqning 
tuzilishi, tarkibi, o’simliklar qoplamini, hatto yer osti suvlari holatini aniqlashda ham geobotanik 
ishlar asos bo’la oladi. Botqoqliklarni o’zlashtirish, o’rmon xo’jaligi ishlarini ilmiy tashkil 
etish, o’rmon tiplarini aniqlash, qo’riqxonalarda olib boriladigan ishlarni yo’naltirish, dorivor 
o’simliklardan foydalanish maqsadida yig’ib olish uchun uning zaxirasini aniqlash va chorvachilik 
sohasi uchun yemxashak tayyorlashda ham asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. shuningdek, tabiiy 
holda mavjud bo’lgan, inson xo’jalik faoliyati natijasida yaratilgan agrofitotsenozlarni tekshirish 
va har bir fitotsenozdagi fitotsenologik turlar tarkibini aniqlash, floristik tarkibini o’rganish hamda 
fitotsenozlar xilma-xilligi, tuzilishi, taqsimlanishi, iqlim va geografik sharoiti, muhitga ekologik 
omilning ta’sirini o’rganish, geobotanik xaritalash ishlarini tashkil etish, fitotsenozning bevosita 
va bilvosita ta’sirlari natijasida o’rganish, undan oqilona foydalanish yo’llarini ishlab chiqishni 
tashkil etish muammolari bilan shug’ullanadi. 
o’simliklar jamoasi lotin tilida “fitotsenoz”, hayvonlar jamoasi esa “Zootsenoz” deb ataladi. 
fitotsenoz bilan zootsenoz birgalikda umumbiologik tushuncha – biotsenozni tashkil qiladi
ya’ni tirik organizmlar jamoasi degan ma’noni bildiradi. yer sharida mavjud bo’lgan barcha 
tirik organizmlar ma’lum munosabatda bo’lib qolmasdan tashqi muhit, ayniqsa, iqlim va tuproq 
muhiti bilan vositali yoki vositasiz munosabatda bo’ladi. Bunday munosabatlarni o’rganuvchi 
soha Biogeosenologiya deyiladi. geobotanika oldida turgan muhim vazifalardan biri o’simliklar 
qoplamini ahamiyatini aniqlash, tabiiy resurslarni o’rganish, ularni geobotanik xaritaga tushurish 
va bu resurslardan oqilona foydalanib, o’zgartirish yo’llarini ilmiy asosda o’rganishdan iboratdir. 
tabiatda o’simliklar jamoasi, uning strukturasi, tuzilishini, hayotiy shart-sharoitlarini va tarqalish 
qonuniyatlarini o’rganish gеobotonik tеkshirishlar dеyiladi. 

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin