Ona tili adabiyot
76. Faqat vazifadosh ko’makchilar ishtirok etgan qatorni
aniqlang.
A) bilan, orqa, tepada, o’rtada
B) sari, boshida, qadar, maqsadida
C) ustida, ichida, qoshida, tomon
D) sababli, oldida, uchun, qarab
77. Qaysi gapda ko'makchi to’ldiruvchi(lar)ni
shakllantirgan?
A) Yuz bergan tabiiy ofat tufayli uyimizning hamma
yog‘i buzilib-yorilib ketib, mutlaqo yaroqsiz holga
kelib qolgandi.
B) Agar o‘sha qizning ro'molchasiga solgan somon va
qand orqali ularga nima demoqchiligini bilmasang, bor
davlatingga o‘t qo‘yaman!
C) Yuksak qoyalardan shiddat bilan qo‘zg‘algan
burgut suruvdagi qo‘zichoqni ildi-yu ketdi.
D) Klinikaning bosh shifokori Mirsiddiq Jalilov bir
haftadan beri Namanganda dam olardi.
78. O'qituvchi bolalarni nazmdan xabardor etish maqsadida "Guliston" va "Bo'ston" kitoblarini mustaqil mutolaa qilishga ruxsat berdi. Gapda ishtirok etgan to'ldiruvchilar haqidagi noto'g'ri fikrni toping.
A) Aniqlovchilarning to'ldiruvchiga tobelanishi kuzatiladi.
B) Gapda nomustaqil to'ldiruvchilar ishtirok etgan.
C) Vositali to'ldiruvchining vositasiz to'ldiruvchiga tobelanishi kuzatiladi.
D) Vositasiz hamda vositali to'ldiruvchining holga tobelanishi kuzatiladi.
79. Paronimlarni qo’llash bilan bog’liq xatolik qaysi gapda mavjud?
1. Vatan oldidagi farzandlik burjini o’tamoq – har bir yosh uchun sharaf.
2. Quyosh hamal yulduzlar burjiga o’tishi bilan
kunlar isiy boshladi.
3. Kamina qavs burji ostida tavallud topganman.
A) 3 B) 1,2 C) 2,3 D) 1
80. Biroz yurishgandan so’ng mulozimlar shoirning
qabristonga yaqinlashganda otdan tushishi sababini
so’rabdilar. Mazkur gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha mavjud?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta
81. Salimjon - nihoyatda ziyrak, keng mushohadali,
qiziquvchan, uquvli, bilimga chanqoq bola, shu fazilatlari
bilan maktabda ham hurmatga sazovor.
Ushbu qo‘shma gapdagi yordamchi so‘zlar
sonini aniqlang.
A) 3 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 4 ta
82. «Nasaf» Toshkentdan g‘alaba bilan
qaytdi . Ma‘no ko‘chishini aniqlang
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
83. Sharob ichishni odat qilmaki, u behushlik va
g'ofillikka olib boradi.
Ushbu gap yuzasidan bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) gapda nomustaqil to‘ldiruvchi ishtirok etgan
B) gapda ikkita yasama fe’l mavjud
C) gapda nomustaqil kesim ishtirok etgan
D) gapda uyushgan bo'lak mavjud
84. Qaysi javobda kompozitsiya va affiksatsiya usulida
yasalgan fe'llar ishtirok etgan?
A) Boshing egib, ta'zim ayla, shukrona ayt, Seni guldek
erkalagan chaman uchun.
B) Hakim bobo har bir niholga alohida e'tibor berib parvarish qilardi. ·
C) Komila bir chekkada g'uj-g'uj ochilgan atirgulni hidlab,
Mastura bilan gaplashib o'tirardi.
D) Alpomishga alla aytgan momolarimRuhini shod etay
desang, xalq bo'l, elim!
85. Munosabat qo'shimchasi qo‘shilishi natijasida
tovush o'zgarishiga uchragan yasama so‘z qaysi gapda
ega vazifasida kelgan?
A) «Daryo» kechuviga yetay deganimizda haydovchi
mashinani to‘xtatdi.
B) Momaqaldiroq tingan, ahyon-ahyonda chaqmoq
arqoni simobrang bulutlar ichidan otilib chiqardi.
C) Tashqarida shamol qo‘zg‘alib, deraza qanotlari tez-tez
ochilibyopilardi.
D) Qayerdandir bolalarning shodon qichqirig'i
eshitildi.
86. Jon do‘sting jonidan kechsa ham, Mol do‘sting molidan kechmas. Ushbu gapda ismlarning munosabat shakllari soni nechta?
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta
87. Biringiz boqiysiz, biringiz-balki puch,
Biringiz shodliksiz, biringiz-o'kinch,
Biringiz baxtlisiz, biringiz-baxtsiz.
Biringiz yarador, o'lgansiz vaqtsiz.
Berilgan she'riy parchada nechta yasama so'z bor va -siz
qo'shimchasi necha o'rinda munosabat shakli sifatida
qo'llangan?
A) 6ta yasama so'z, 3ta munosabat shakli
B) 7ta yasama so'z, 4ta munosabat shakli
C) 6ta yasama so'z, 4ta munosabat shakli
D) 5ta yasama so'z, 5ta munosabat shakli
88. Dunyoning zohiriy va botiniy ko'rkiga ko'rk qo'shib turgan eng oliy tuyg'u bor. Bu o'sha har kuni bir qalb yangilab turuvchi muhabbatdir. Bu tuyg'u, avvalo, ota-onaga bo'lgan mehrdan boshlanadi. Berilgan matndagi sodda yasama so'zlarning yasalish asosi qaysi
turkumga mansub?
1) ot; 2) sifat; 3) fe'l; 4) ravish;
A) 1, 2, 3 B)1, 2,4 C)2, 3 D)1, 3,4
89. Qizil poyandoz to'shalgan keng xonaga kirishgach, to'rga yotqizib qo'yilgan bemorga yaqin borishdi, bir ayol bemor ning og'ziga suv tomizib turardi.Ushbu gapda qo'llangan fe'lning nisbat qo'shimchalari haqida berilgan to'g'ri hukmni aniqlang.
A) 2o'rinda majhul, 1o'rinda orttirma, 2 o'rinda birgalik
nisbati
B) 2o'rinda o'zlik, 2 o'rinda orttirma, 2 o'rinda birgalik nisbati
C) 1o'rinda o'zlik, 1o'rinda majhul, 2 o'rinda orttirma, 2
o'rinda birgalik nisbat
D) 2 o'rinda majhul, 2 o'rinda orttirma, 1o’rinda birgalik
Nisbat
90. Qaysi gapda yetakchi morfemasi jarangli undoshlar va unli(lar)dan tashkil topgan yasama ot qatnashgan?
A) Aravakashga biroz yalinsang, ostonanggacha olib borib qo’yadi.
B) Sinfdoshlarimni sog‘insam, o‘sha suratga qarab qo'yaman.
C) O‘lchab bo‘lurmi sevgini zar bilan, tillo bilan?
D) O‘smalar qo‘ysam, yarashar qoshimga, do'ppilar kiysam, yarashar boshimga.
91. Qaysi gapdagi aniqlovchilarning barchasi to’ldiruvchiga tobelangan?
A) E’lon qilgan har bir maqolasi fizika fanida katta kashfiyot bo’ldi.
B) So’ngra u ketma-ket o’z ilmiy g’oyalarini bayon etgan ilmiy maqolalarini nashr qildira boshladi.
C) Yoshligidan tabiiy fanlarga shunday mehr qo’ydiki, bu
fanlarning sirli olami uning butun borlig’ini chulg’ab oldi.
D) Bu olimning nomi zamonaviy fizika sohasida ochilgan
ko’plab qonuniyatlar bilan chambarchas bog’langan.
92. Qaysi gapda to’ldiruvchi vazifasini bajargan qo’shma ot qatnashgan?
A) Qizilurug’ kechroq unadi, lekin ko’p hosil beradi.
B) Vatanimizda ishlab chiqarilgan havo kemalari dunyo
bo’ylab parvoz qilmoqda.
C) Asror belbog’ini qaytadan bog’lab, ikki qo’li bilan belini siqib qo’ydi.
D) Ko’rgazmada atoqli rassomlar yaratgan rasmlarni
tomosha qildik.
93. Qaysi gap tarkibida ravishning ikki ma’no turi ishtirok
etgan.
A) Biroz dam olib, xonadonlarga ketma-ket kirib chiqamiz.
B) Endi kech bo’ldi, ertaga ertalab yo’lga chiqamiz.
C) Orqasiga qarasa, uzoqdan bir kishi shoshilib yurib kelar edi.
D) Ular piyoda, asta – sekin shaharga bordilar.
94. Ushbu asarda mafkuraviy tushunchalarning aks
etganligini zehnli kitobxon tez anglaydi. Ushbu gapdagi
aniqlovchili so’z birikmalarini soni nechta?
A) 3ta B) 4ta C) 2ta D) 5ta
95. Ishq aro Farhod ila Majnung‘a o‘xshatmang meni,
Kim, bu rasvoyi dijam, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.
Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping.
A) tajnis B) radif
C) iyhom D) talmeh
96. Robindranath Thokur dramalarini toping?.
A) «Tonggi qoshiqlar», «Suratlar va qoshiqlar»
B) «Bibha sohili» va «Donishmand Roja»
C) «Chitra», «Lahza» ,”Qurbonlik”
D) «Roja va Rani», «Qurbonlik»
97. “Otam pochtada ishlaganlaridan uyda non bo’lmasa-da, gazetajurnal bo’lar edi. Esimda, 1953- yilning 5- martida maktabda ertalab, hovlida majlis bo'lib, maktab o'quv bo'limi mudiri Stalinning o'lganini yigilganlarga ma'lum qildi. Bolalar, muallimlar dod-faryod solib qoldilar, tuproqqa yiqilganlar bo'ldi. Men yig'lab uyga keldim. Ota, Stalin otamiz o'libdi!.. U kishi mollarga xashak solib yurgan edilar: Nishatiyin, mening otam ham o'lgan!,
Ushbu tarjimayi hol qaysi adibga tegishli?
A) Halima Xudoyberdiyeva
B) Shavkat Rahmon
C) Omon Matjon
D) Oljas Sulaymon
98. Quyidagi misralar qaysi adib qalamiga mansub?
“Меngа qolsa, ijod jarayonida qandaydir ilohiyot bor, degan bo’lur edim. Haqiqiy ijodkor Xudo kо’ngliga solganda qo’liga qalam oladi. Chinakam badiiy asar yozilmaydi, tug’iladi!”
A) O’tkir Hoshimov B) Abdulla Qahhor
C) Odil Yoqubov D) Asqad Muxtor
99. Janni Rodarining ''Shahzoda Plombir'' ertagi qaysi
turkumga mansub?
A) Uchtadan oxiri bor ertaklar B) Rim ertaklari
C) Telefonda aytilgan ertaklar D) Osmondagi to'rt
100. O‘lmas Umarbekovning detektiv yo‘nalishidagi asari?
A) “Fotima va Zuhra” B) “Yoz yomg‘iri”
C) “Urush farzandi” D) “Sevgim,sevgilim”
101. ''Zulmat ichra nur'' qissasida qaysi qahramon
''...xushchaqchaq, gapdon yigit bo'lib, tor va tanburni yaxshi chalar, o'z suhbati bilan majlisga jon kirgizar edi'', deb ta'riflangan?
A) Muhmmad Ali B) G'iyosiddin
C) Mirsayid D) Sharafiddin Ali Yazdiy
102. “Har kimning tug'ilgan yeri Misr shahri”.
Ushbu epigraf qaysi she'rga nisbatan olingan?
A) Ota, narvon bo'pti anov qo'sh terak!
B) “Qadrdon so'qmoqlar”
C) “ Turnalar”
D) “Mangu buloq
103. ''Bog' ko'chada sharsharakning mungli kuyi...'' misrasi U.Nosirning qaysi she'rida uchraydi?
A) Yoshlik B) Yur tog'larga chiqaylik
C) Yo'lchi D) Gulzor-chaman
104. Muqimiyning ''Sayohatnoma'' asaridagi Mirza Umar, Burhon va mingboshi Xol sarkor qaysi qishloqdan?
A) Rafqon B) Rabot
C) Isfara D) Yakkatut
105. Boshni fido ayla ato qoshig`a,
Jismni qil sadqa ano qoshig‘a.
Tun-kunungga aylagali nur fosh,
Birisin oy ayla, birisin quyosh.
Ushbu baytlar Alisher Navoiyning qaysi asarida keltirilgan?
A) Mahbub ul-qulub B) Lison ut-tayr
C) Farhod va Shirin D) Hayrat ul-abror