Biologiyadan ham xuddi matematika, fizika, kimyo fanlari kabi darsliklar bilan bir qatorda masala va mashqlar to‘plami ham kerak. Bu fikr pedagogik jamoa tomonidan ham qo‘llab quwatlanadi



Yüklə 34,48 Kb.
səhifə9/10
tarix06.06.2022
ölçüsü34,48 Kb.
#60751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 5204267290526229023

3.3.Monoduragay chatishtirish
Mendel o’z tajribalarini irsiy jihatdan toza, ko’zga yaqqol tashlanadigan belgilari bilan o’zaro keskin farq qiluvchi no’xot o’simligining turli navlari ustida olib bordi. Monoduragay chatishtirish yo’li bilan irsiyat qonunlarini o’rganish sohasidagi uning ishlarining mohiyatini quyidagi misolda namoyish qilish mumkun.
Mendelning birinchi qonuni. Mendel no’xotning guli qizil va oq navlarini chatishtirib birinchi avlod (F1) duragay o’simliklarini oldi. Ularning hammasida gulning qizil rang belgisi ustunlik qildi. Bunday belgi dominanat belgi deb ataladi. Gulning oq rang belgisi esa butunlay rivojlanmadi. Uni ressesiv belgi deyiladi.
Bayon etilgan irsiy jarayon Mendelning birinchi qonunining mazmunini tashkil etadi. Bu qonunni birinchi avlod duragay organizmlarining bir hilligi yoki dominantlki qonuni deb ataladi.
Diduragay va poliduragay chatishtirish
Diduragay chatishtirish
- Ikki muqobil belgisi bilan farqlangan ota-ona organizmlarining chatishishiga diduragay chatishtirish deb ataladi. Duragaylash uchun ikki juft (4 ta) bir-birini inkor qiluvchi (Mendelning yutug'i ham qat'iy farq qiluvchilarni tanlagani) belgilar olinadi. Masalan, rangi va shakli bilan farq qiluvchi no‘xotlar chatishtiriladi.
I. Dastlab digomozigota organizmlarni chatishtiramiz, ya'ni sariq silliq (AABB) va yashil burishgan (aabb) donli o'simliklarni.
Chatishtirish natijasida olingan F1, duragaylarning hammasida donlar sariq rangli va tekis ekanligi ma'lum bo'ldi. Birinchi avlod bir xilligi qonuni (Mendelning birinchi qonuni)ning yuzaga chiqqanligini ko‘ramiz.
Demak:
- donning sariq rangi yashil rang ustidan dominant**
- tekis formasi burishgan formasi ustidan dominant**
II. So‘ngra hosil bo‘lgan digeterozigota duragaylar o‘zaro chatishtiriladi:
F2 avlodda xosil bo'ladi:
F1 avlod duragaylar o‘z-o‘zi bilan chatishtirilganda ulardan hosil bo'lgan ikkinchi avlod (F2)da ota-onaga o‘xshash, ya’ni doni sariq tekis, doni yashil burishgan no‘xatlar bilan bir qatorda, doni sariq burishgan, doni yashil sirti tekis bo`lgan o ‘simliklar hosil boldi.
Bu o ‘z-o‘zidan diduragaylardagi bir belgi ikkinchisiga tobe bo`lmasdan, balki alohida-alohida irsiylanishidan dalolat beradi. Bunday yangi formalarni hosil bo`lishiga kombinativ o‘zgaruvchanlik deyiladi. Shunday qilib, belgilarning to`liq irsiylanishida diduragaylarda 9 xil genotipik, 4 xil fenotipik sinf kuzatiladi.
Mendelning uchinchi qonuni quyidagicha ta’riflanadi: ikki yoki undan ortiq bir-birlarini inkor qiluvchi belgilari bo‘lgan geterozigota organizmlar o‘zaro chatishtirilganda belgilarning mustaqil nasldan naslga o‘tishi yoki kombinatsiyalanishi kuzatiladi. Lekin shu narsani unutmaslik kerakki, bu qonun faqat noallel genlar nogomolog xromosomalarga joylashgandagina amalga oshadi.
Poliduragay chatishtirish
Uch, to‘rt va undan ko‘p turg‘un belgilari bilan tafovut qiladigan formalami chatishishiga poliduragay chatishtirish deb ataladi.
Masalan:
No‘xatning doni sariq, tekis, gultojbargi qizil (AABBCC) bo`lgan navi, doni yashil, burishgan, gultojibargi oq (aabbcc) rangda bo‘lgan navi bilan chatishtirilsa, F1, duragaylarining doni sariq, sirti tekis, gultojibarglari qizil (AaBbCc) rangda bo‘ladi.
Agar F1, duragaylari o'zaro chatishtilsa, u holda F2 duragay 8 xil gameta hosil qiladi. Bular quyidagilardan iborat: 1) ABC, 2) ABc, 3) AbC, 4) Abc, 5) aBC, 6) aBc, 7) abC, 8) abc.

Gametalar chatishtirilishidan quyidagicha duragaylar xosil bo'ladi:



Yüklə 34,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin