Ishning maqsadi: Ushbu kurs ishimning asosiy maqsadi hamkorlikda o'qitishda har bir o'quvchining kundalik qizg'in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o'rgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni tarbiyalash, har bir o'quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg'usini vujudga keltirish, o'z kuchi va qobiliyatiga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas’uliyat hissini shakllantirishni o’rganish va amaliyotda qo’llash.
Ishning vazifasi: ̶ Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi haqida qisqacha tavsif;
̶ Biologiya darslarida «zigzag»yoki «arra» metodidan foydalanishni o’rganish;
̶ Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining kichik guruhlarda o'qitish metodining o'ziga xos xususiyatlarini o’rganish;
̶ Arra metodining о ‘ziga xos xususiyatlari;
̶ Hamkorlikda о ‘qitish texnologiyasining о ‘ziga xos xususiyatlari va asosiy g'oyasi. Kurs ishi ob’ekti:Yuqori oliy o’quv yurti va o’rta ta’lim maktablari uchun hamkorlikda o’qitish texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari hamda asosiy maqsad va g’oyasini o’rganish.
Kurs ishi predmeti: “Biologiyani o’qitishda hamkorlikda o’qitish texnologiyasining arra metodidan foydalanish” mavzusini kengroq va tushunarli qilib yoritib berishda qo’llaniladigan barcha turdagi tasviriy va ko’rgazmali vositalar.
Hamkorlikda о ‘qitish texnologiyasining о ‘ziga xos xususiyatlari va asosiy g'oyasi. Hamkorlikda o‘qishning asosiy g‘oyasi – bir nimalarni birga bajarishgina emas, balki birgalikda o‘qishdir!
Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar texnologiyalar:
- pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi;
- o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
- talabalar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
- talabalarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;
- talabalarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi;
- pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan.
Shulardan biri Hamkorlikda o’qitish texnologiyasidan foydalangan holda darslarni loyihalashtirish haqida fikr yuritamiz.
Hamkorlikda o‘qitish g'oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J. Xopkins universiteti professori R. Slavin (1990), Minnesot universiteti professorlari R. Jonson, D. Jonson (1987), Kalifomiya universiteti professori J. Aronson (1978), Isroildagi Tel-Aviv universiteti professori Sh. Sharan (1988) tomonidan ishlab chiqilgan.
Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o‘qitish asosan, o'quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko‘- nikma va malakalami shakllantirish, Isroil va Yevropa olimlari tom onidan tavsiya etilgan hamkorlikda o ‘qitish yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda, ko‘proq o'quvchilar tomonidan o‘quv materialini qayta ishlash, loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o ‘quv bahsi va munozaralar o'tkazishni nazarda tutadi.
Mazkur g'oyalar bir-birini to'ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi.
Hamkorlikda o'qitish g'oyasi didaktikada 1970- yillarda paydo bo'lgan. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, G'arbiy Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil mamlakatlari ta’lim muassasalarida keng qo'llanila boshlagan.
Hamkorlikda o'qitishning asosiy g'oyasi o'quv topshiriqlami nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o'qishni o'rganishdir.
Hamkorlikda o'qitish har bir o'quvchini kundalik qizg'in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o'rgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni tarbiyalash, har bir o'quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg'usini vujudga keltirish, o'z kuchi va qobiliyatiga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas’uliyat hissini shakllantirishni ko'zda tutadi.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi har bir o'quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvafTaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o'quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, o'quv materialini puxta o'zlashtirishiga, o'rtoqlariga hamkor bo'lib, o'zaro yordam uyushtirilishiga zamin tayyorlaydi.
O'qituvchi ta’lim jarayonida hamkorlikda o'qitish metodlaridan foydalanish maqsadida quyidagilarni:
- hamkorlikda o'qitish metodlaridan foydalanib qaysi mavzulami o'rganish mumkinligini aniqlashi va mazkur darslarni taqvim-rejada belgilashi;
- ushbu mavzu bo'yicha o'quvchilarga tavsiya etiladigan o'quv topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan ko'rsatm alarni tayyorlashi;
- hamkorlikda o'qitish metodlaridan foydalanib o'tiladigan dars turi, dars strukturasi va borishini loyihalashi;
- o'tilgan va yangi mavzular yuzasidan o'quvchilar bilimini nazorat qilish uchun test topshiriqlarini tuzishi kerak.
Mazkur metodlardan foydalanganda shuni nazarda tutish kerakki, o'quvchilar o'z sheriklari bilan hamkorlikda o'quv topshiriqlami to'g'ri bajarishlari barobarida guruh a’zolarining faolligi, hamkorlikning vujudga kelishi, ular o'rtasidagi muloqotda muloqot madaniyati tamoyillariga amal qilinishi ham hisobga olinadi.
Shunday qilib, guruh a’zolari bir vaqtning o'zida ikkita topshiriqni bajaradi:
1. Akademik topshiriq — bilish va ijodiy izlanish orqali o'quv topshiriqlaridan ko'zlangan maqsadga erishish;
2. Ijtimoiy-psixologik topshiriq — dars davomida yuksak muloqot madaniyatiga ega bo'lish, odob osoyishtaligini saqlash.
O'qituvchi har ikkala topshiriqning yuqori saviyada bajarilishini nazorat qiladi.
O'qituvchi biologiya ta’limi jarayonida hamkorlikda o'qitish metodlaridan foydalanishi uchun ushbu texnologiyaning o'ziga xos xususiyatlariga oid bilim, ko'nikma va malakalami, o'quvchilarning mustaqil ishlari, o'quv bahsi va munozaralami samaraii tashkil etish yo'llarini egallagan, o'quvchilarda esa darslik, ilmiy-ommabop adabiyotlar ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o'z fikrini qisqa va aniq bayon etish, fikrlami asoslash va dalillash, mantiqiy fikr yuritish, o‘quv bahsi va munozaralarda faol qatnashish ko'nikmalari shakllangan va ongli intizom vujudga kelgan bo'lishi lozim.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining bir nechta metodlari mavjud.