Biologiyani o’qitish texnologiyalari va loyixalashtirish


Biologiya darslarida «zigzag»yoki «arra» metodidan foydalanish



Yüklə 305,29 Kb.
səhifə3/9
tarix02.12.2023
ölçüsü305,29 Kb.
#171615
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iskandarova Sayyora BO\'M KURS ISHI

Biologiya darslarida «zigzag»yoki «arra» metodidan foydalanish.
Hamkorlikda o‘qitishning zigzag yoki arra metodi.(E. Aronson 1978).
Pedagogik amaliyotda bu metod qisqacha «arra» m etodi deb nomlanadi. Mazkur metodda kichik guruhlar 6-8 ta o‘quvchidan tashkil topadi. Dars davomida o'rganiladigan mavzu mantiqan tugallangan qism (blok yoki modul)larga ajratiladi. Har bir qism yuzasidan o'quvchilar bajarishi lozim bo'lgan o‘quv topshiriqlar tuziladi. Har bir o'quvchilar guruhi mazkur topshiriqlaming bittasini bajaradi va shu qism bo'yicha «mutaxassis»ga aylanadi. So'ngra guruhlar qayta tashkil etiladi. Bu guruhlarda har bir qism (blok yoki modul) «mutaxassisi» bo'lishi shart, mazkur «mutaxassis»lar o'zlari egallagan bilimlarni xuddi «arra» tishlari ketma-ket kelganidek, navbat bilan o'rtoqlariga bayon qiladi.
Mazkur guruhlarda o'quv materiali mantiqiy ketma-ketlikda qayta ishlab chiqiladi.
Shuni qayd etish kerakki, ushbu darsda o'quvchilar ikki marta guruhlarga ajratiladi.
Birinchi guruh «mutaxassislar» tayyorlash guruhi.
Mazkur mavzu bo'yicha o'quv materiali mantiqiy tugallangan flkrli to'rtta qismdan iborat bo'lganligi sababli, darsda qatnashayotgan 32 ta o'quvchi dars boshlanishidan oldin 4 xil rangdagi kartochkalar yordamida teng sonli to'rtta 8 ta o'quvchidan iborat «mutaxassislar» guruhiga ajratiladi. Ular o'zlariga tegishli o'quv topshiriqlami bajaradi va shu qism bo'yicha «mutaxassislar»ga aylanadi.
Ikkinchi guruh «mutaxassislar» uchrashuvi guruhi. Rangli kartochkalaming har birining orqa tomonida 1 dan 8 gacha raqamlar yozilgan bo‘lib, barcha rangli kartochkalardagi raqamlar yig‘indisi sinfdagi o'quvchilar soniga teng bo'lishi lozim.
«Mutaxassislar» uchrashuvi kartochkalaming orqa tomonidagi raqamlar asosida 8 ta guruh tashkil etilib, bu guruhlar tarkibiga bir xil raqamli 4 xil rangdagi kartochkalarga ega bo'lgan 4 ta o'quvchi kiradi. Shuni qayd etish kerakki, bu guruhlarda har bir qism (blok yoki modul) «mutaxassisi» bo'lishi shart.
Mazkur uchrashuvda «mutaxassislar» o'zlari egallagan bilimlarni xuddi «arra» tishlari ketma-ket kelganidek, navbat bilan o'rtoqlariga bayon qiladi. Ushbu guruhlarda o'quv materialining 4 ta qismi mantiqiy ketma-ketlikda qayta ishlab chiqiladi. So'ngra o‘quv materiali yuzasidan tuzilgan topshiriqlar yaxlit holatga keltirilib, guruhlar o‘rtasida savoljavob, munozara o'tkaziladi.
O'quvchilar bilimlarni puxta egallashning yagona yo'li o'z hamkorining axborotini diqqat bilan tinglash ekanligini anglagan holda, mushohada yuritishga, kerakli ma’lumotlami daftarga yozishga harakat qiladi. Bu yerda o'qituvchi faqat o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etadigan tashkilotchi vazifasini bajaradi.
Dars oxirida o'qituvchi o'quvchilarning bilim darajasini test topshiriqlari yordamida aniqlaydi. Har bir o'quvchining bilimi sifatidagi o'sish hisobga olinadi. 1986- yili R.Slavin «arra» metodini qisman o'zgartirib «аrrа-2» metodini yaratdi. Mazkur metodga ko'ra, kichik guruh 4—5 o'quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari o'quv materiali yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydi. Guruh ichida o'quvchilar topshiriqlami qismlarga ajratib, bo'lib oladilar. Har bir o'quvchi o'ziga tegishli qismini puxta o'zlashtirib «mutaxassis»ga aylanadi.

Dars oxirida har bir kichik guruhlardagi «mutaxassis»lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o'tkaziladi. O'quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda o'tkazilib nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jam lanadi, eng yuqori ball to'plagan guruh g'olib sanaladi.
Darsning mavzusi. Zog'ora baliqning ichki tuzilishi.
Darsning ta’limiy maqsadi. O'quvchilami baliqning ichki tuzilishi, ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish, ayirish organlari va moddalar almashinuvining o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi. O'quvchilami baliqning ichki tuzilishi, ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish, ayirish organlari va moddalar almashinuvining o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiatga nisbatan ijobiy munosabat tarkib toptirish, ekologik tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi. O'quvchilarning tirik organizmlaming xilma-xilligi, yashash muhitiga moslashish belgilari haqidagi bilimlarini, darslik ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish.
Darsni jihozlash. Zog'ora baliqning ichki tuzilishi aks ettirilgan jadvallar, makropreparatlar.
Darsda foydalaniladigan texnologiya. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi («arra» metodi).
Darsning borishi.

  1. Tashkiliy qism.

  2. O‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ulaming faoliyatini o‘quv topshiriqlarini bajarishga yo'llash.

III. Yangi mavzuni o'rganish.

  1. «mutaxassislar» tomonidan belgilangan o'quv topshiriqlarini sifatli bajarilishiga erishish.

Mazkur mavzu matni mantiqiy tugallangan fikrli quyidagi qismlarga ajratiladi:
Zog'ora baliqning ovqat hazm qilish sistemasi.
Zog'ora baliqning nafas olish organlari.
Zog'ora baliqning qon aylanish sistemasi.
Zog'ora baliqning ayirish sistemasi va moddalar almashinuvi.
Shu qismlar bo'yicha o'quvchilarning mustaqil ish topshiriqlari tuziladi: 1-guruh uchun o'quv topshiriqlari tuziladi:

Yüklə 305,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin