Biologiyani o’qitish texnologiyalari va loyixalashtirish


Arra metodining о ‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 305,29 Kb.
səhifə6/9
tarix02.12.2023
ölçüsü305,29 Kb.
#171615
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iskandarova Sayyora BO\'M KURS ISHI

Arra metodining о ‘ziga xos xususiyatlari.
Bu metodni professor E.Arnson ishlab chiqqan. Pedagogik amaliyotda bu metod qisqacha “arra” deb nomalanadi. Mazkur metodda kichik guruhlar 6-8 ta о’quvchidan tuziladi. Dars o’zlashtiriladigan mavzu mantiqan tugallangan qismlarga ajratiladi. Har bir qism yuzasidan о’quvchilar bajarilishi lozim bо’lgan о’quv topshiriqlari tuziladi. Har bir о’quvchilar guruhi berilgan topshiriqlarning bittaisni bajaradi va shu qism bо’yicha “mutaxassisi”ga aylanadi. Keyin guruhlar qayta tashkil etiladi. Bu guruhlarda har bir qism “mutaxassisi” bо’lishi shart. Guruhdagi mutaxassislar о’zlari egallagan bilimlarni xuddi arra tishlari kabi ketma-ket kelganidek, navbat bilan о’rtoqlariga bayon qiladi. Mazkur guruhlarda о’quv materialni mantiqiy ketma-ketlikda qayta ishlab chiqadi.
Ushbu “arra” metodini professor R. Savin qisman o’zgartirib “Arra-2” deb nomladi. “Arra-2” metodi endi 4-5 nafar о’quvchidan tashkil topgan kichik guruhga aylandi. Barcha a’zolar о’quv materiali yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydi. Guruh ichida о’quvchilar topshiriqlarni qismlarga ajratib, bо’lib oladilar. Har bir о’quvchi о’ziga tegishli qismini puxta о’zlashtirib “mutaxassis”ga aylanadi. Dars oxirida har bir kichik guruhdagi “mutaxassis”lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan kichik guruhlarga о’tkaziladi. О’quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda о’tkazilib nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball tо’plagan guruh g’olib sanaladi.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining «arra» yoki «zigzag» metodi foydalanilgan darslarda o'quvchilar ikki marta guruhlarga ajratilishi, ya’ni avval mavzuning muayyan qismi uchun «mutaxassislar» tayyorlanishi, so'ngra «mutaxassislar uchrashuvi» guruhi tashkil etilganligi bois, axborot texnologiyalarining o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish funksiyasi amalga oshirish imkoni yo'q, lekin axborot manbai, ko'rgazmalilik, o'quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash, o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va qiziqishini orttirish kabi funksiyalarni amalga oshirish mumkin.

Yüklə 305,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin