Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining kichik guruhlarda o'qitish metodining o'ziga xos xususiyatlari. Kichik guruhlarda hamkorlikda o'qitish (R. Slavin 1986). Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o'quvchidan tashkil topadi. O'qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so'ngra o'quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi.
O’qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.
O’zaro hamkorlikning muhim omili va o’quvchilarning o’zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorligining shakllaridir. Hamkorlikdagi o’quv faoliyati o’qituvchi va o’quvchi munosabatlarining va birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turidirki, u o’zlashtirish ob`ektini, bilim faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta`minlaydi.
Hamkorlikdagi o’quv faoliyatining maqsadi o’zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli o’quvchilar ilgari surgan yangi g’oyalar va o’zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog’liq maqsadlar va sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir.
Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat o’qituvchining o’quvchiga ko’rsatadigan yordamidan boshlanadi;
O’quvchilarning faolligi asta-sekin o’sib borib, butunlay ularning o’zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo’ladi.
Pedagogika – psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir:
faoliyatga kirish;
mustaqil harakatlar o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorlikda bajaradilar;
o’qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o’quvchini jalb etadi;
taqlid harakatlari (o’qituvchidan ibrat olgan o’quvchi anna shu namuna asosida harakat qiladi);
madad harakatlari (o’qituvchi o’quvchiga oraliq mAqsadni va unga erish usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi);
o’zini – o’zi boshqarish harakatlari (o’qituvchi umumiy maqsadni ko’rsatishda oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi);
o’zini – o’zi ko’rsatuvchi harakatlar;
o’zini – o’zi uyushtiruvchi harakatlar.
Interaktivlik – o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta`siri. Hamkorlik faoliyatini takomil bosqichiga o’tish jarayonida o’zaro ta`sir o’tkazish harakatini baholashdan o’z-o’zini baholash darajasiga ko’tarilishi sodir bo’ladi. Ushbu jarayon hamkorlik dinamikasidan dalolat beradigan eng muhim omillardan biri vazifasini o’taydi.
1.Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlari shakllari
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni bola shaxsiga yo‘naltirishga asoslanganligi. Ijodkor shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi.
Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalar bajarish, biror narsani qurish, yasash masalalar yechish va boshqalar.
Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining tashkiliy shakllari: tarbiyachi - bola, tarbiyachi- kichik guruh, tarbiyachi - katta guruh, kichik guruh - kichik guruh, kichik guruh – bola va boshqalar.
Bolalarni hamkorlikka o‘rgatish, ularning tarbiyachi bilan va o‘zaro ham fikr bo‘lishlariga erishish:
2. Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining turli shakllarini tayyorlash va amalda qo‘llash mashqlarini bajarish
Har bir tinglovchi ayrim turdagi hamkorlikda o‘qitish mashg‘uloti o‘quv materiallarini amalda qo‘llash uchun tayyorlashini tashkil qilish. Tinglovchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘zlari tanlagan mavzudagi darsni eng maqsadga muvofiq hamkorlikda o‘qitish turlarida foydalanib o‘tkazish yuzasidan mashg’ulotlarni tayyorlaydilar va uning asosida guruh ishtirokida shu mashg‘ulotni qisqa bayon qilib beradilar va tegishli muhokama o‘tkaziladi: Masalan
“Hamkorlik kvadratlari” mashqi.
Materiallar.
Har bir besh kishilik guruh uchun diagramma asosida kesilgan besh karton to’rtburchaklari.
Parchalar ustiga harf asosida A-E gacha belgilangan beshta konvertning bittasiga joylashtiriladi.
Besh kishilik har bir guruh stol atrofiga iloji boricha qulay o’tirishlari kerak.
Tartib:
Guruhning har bir a’zosi konvert oladi. Mashqning maqsadi, guruh bir hil kattalikdagi beshta to’rtburchak yasashi kerak. Mashg’ulot noverbal holatda bajariladi.
Bu mashqni o’tkazishga 20 daqiqa vaqt ajratiladi.
Guruh hamkorligiga asoslangan va turli darajada izohlash mumkin bo’lgan klassik mashg’ulot hisoblanadi. Boshlanishda ba’zi bolalar to’g’ri kattalikdagi tortburchak yasaydilar, lekin boshqa ishtirokchilar lozim bo’lgan shakilni ishlatadilar. Masala yechimini shaxslar o’rtasidagi raqobat orqali emas, balki faqat guruh hamkorligi orqali topish mumkin. Ushbu mashg’ulot hamkorlik masalalari yuzasidan muhokamani boshlashga yordam beradi.
Hamkorlikda o‘qitish yoki kichik guruhlarda saboq berish pedagogikada gumanistik yo‘nalishdagi texnologiyaga mansub bo‘ladi. Bunday texnologiyaning asosiy maqsadi – bolalar uchun turli o‘quv vaziyatlarda faol birgalikdagi o‘quv faoliyatini yuritish uchun sharoitlar yaratib berishdan iborat.
Guruh bo‘lib ishlashning texnologik jarayoni quyidagi elementlardan shaklanadi:
Bilim olish bo‘yicha vazifani (muammoli vaziyatni) qo‘yish;
Maqsadlariga muvofiq bo‘lgan guruhlarga bo‘lish;
Didaktik materialni tarqatish;
Guruhdagi ishni rejalashtirish;
Topshiriqni individual ravishda bajarish, natijalarni muhokama qilish;
Guruhning umumiy vazifasini muhokama qilish (e'tirozlar, qo‘shimchalar, aniqlashtirishlar);
Guruh ishining natijalari to‘g‘risida xabar berish;
Guruhlar ishlari va qo‘yilgan vazifaga erishish to‘g‘risida umumiy xulosa chiqarish.
O'quvchilarga berilgan o'quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o'quvchi topshiriqning m a’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o'quvchi o'zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o'rtoqlarini o'qitadi, so'ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O'qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test topshiriqlari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.
O'quvchilarning kichik guruhlardagi o'quv faoliyati o'yin (musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.
Darsning mavzusi. Evolutsiyani isbotlashda molekular biologiya fan dalillari.
Darsning ta’limiy maqsadi. O'quvchilami evolutsiyani isbotlashda molekular biologiya fan dalillari bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi. O'quvchilami evolutsiyani isbotlashda molekular biologiya fan dalillari bilan tanishtirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi. O'quvchilarning organik olam evolutsiyasi haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish.
Darsni jihozlash. Molekular biologiya fan dalillari aks etgan jadvallar.
Darsda foydalaniladigan texnologiya. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi (kichik guruhlarda o'qitish metodi).
Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar. Molekular biologiya va uning rivojlanishi, hozirgi bosqichda qo'lga kiritilgan yutuqlar, nuqtali mutasiyalar va qaynoq nuqtalar, nuklein kislotalar, oqsillar evolutsiyasi, evolutsiyaning molekular soatlari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
O'tgan mavzu yuzasidan o'quvchilarning bilimlarini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash.
O'quvchilami dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.
Yangi mavzu bo'yicha o'qituvchining axboroti:
Reja:
1. Molekular biologiya.
2. Molekular biologiya rivojlanishining hozirgi bosqichida qo'lga kiritilgan yutuqlar.
3. Nuqtali mutatsiyalar va qaynoq nuqtalar.
4. Nuklein kislotalar, oqsillar evolutsiyasi.
5. Evolutsiyaning molekular soatlari.
O'qituvchi yangi mavzuni ko'rgazmali vositalar yordamida bayon etganidan so'ng, o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etadi.
O'quvchilami kichik guruhlarga ajratish hamda o'quv topshiriqlari ni mustaqil ravishda sifatli bajarilishiga erishish.