Biosfera haqida tushuncha Reja


-rasm. Tirik materiya va uning muhit bilan o‘zaro munosabatini anglatadigan ierarxik darajalar



Yüklə 341,64 Kb.
səhifə5/8
tarix25.04.2023
ölçüsü341,64 Kb.
#102366
1   2   3   4   5   6   7   8
2- Ma\'ruza Molekulyar ekologiya va uning Biosfera ta\'limotidagi o\'rni

2.1-rasm. Tirik materiya va uning muhit bilan o‘zaro munosabatini anglatadigan ierarxik darajalar

Har xil darajadagi biotizimlar turli xil fanlarni: genetika - genetik tizimlarni, sitologiya - xujayralarni, fiziologiya - organlarni o‘rganish predmeti hisoblanadi. Birmuncha yuqori darajada tuzilgan biotizimlar bitta fan doirasida tadqiqot qilish imkoniyatiga ega emas. Shunday qilib, organizmlarni botanika, zoologiya, mikrobiologiya, mikologiya (zamburug‘, qo‘ziqorinlar to‘g‘risidagi fan), ixtiologiya (baliqchilik), ornitologiya (qushlar to‘g‘risidagi fan), antropologiya (insonlarni o‘rganish) va boshqalarni o‘rganadi.


Organizmlarni tur sifatida, muhit bilan o‘zaro munosabatini autekologiya (alohida ekologiya) o‘rganadi. Ekologiyaning predmeti muhim organizmlar tuzilishidan tashqari populyatsiya, ekotizim, butun biosferani o‘zida mujassamlantiradi.
Biotizimning quyi bosqichi (darajasi) populyatsiya (fransuzcha populatsion – aholi, atamani 1903 yil Daniya biologi Vilgelm Lyudvig Iogansen (1857-1927) kiritgan hisoblanadi.

Populyatsiya - bu o‘ziga o‘xshashlardan ma’lum belgilari bilan farqlanadigan, o‘zidan keyin nasl qoldirish xususiyatiga ega, ma’lum makonda tarqalgan bir turga mansub individlar yig‘indisidir.
Ayrim hollardagina tur yagona panmikatsiyalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ko‘p hollarda esa u yuzlab, hatto minglab mahalliy panmikatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Panmiksiyalardagi individlar bir-biridan yoshi, jinsi bilan odatda, o‘zaro chatishadigan har xil avlodlarga, hayot bosqichining turli davrlariga, beqaror guruhchalarga (poda, to‘da, oila va boshqalar) mansubligi bilan farq qiladi.
Populyatsiyalar lokal ma’lum bir joyga xos, mahalliy ekologik va geografik qismlarga bo‘linadi. Lokal populyatsiyalar deganda, biogeotsenozlarning iqlim, tuproq va boshqa sharoitlari bo‘yicha alohida yashayotgan bir qancha turlari tushuniladi (biogeotsenoz atamasining mazmuni 3 qismda berilgan). Ekologik populyatsiya - biron bir biogeotsenozda yashaydigan oddiy populyatsiyalar majmuidan iborat bo‘lib, qo‘shni populyatsiyalardan salgina ajralganligi bilan ham farq qiladi. Shuning uchun ham ular faqat muvaqqat o‘ziga xos morfologik alomatlari bilangina farq qiladi. Jo‘g‘rofiy populyatsiya - jo‘g‘rofiy sharoiti bir xil bo‘lgan kattaroq hududda yashaydigan populyatsiya tushuniladi. Ana shu hudud doirasida organizmlar urchiydi, hayot hodisalarining yagona maromi va boshqa vazifalariga ko‘ra xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Bunday xususiyatlar boshqa jo‘g‘rofik sharoitda yashaydigan qo‘shni hududdagi populyatsiyadan farq qiladigan morfofiziologik tur (tip) hosil qiladi.
Populyatsiya chidamliligi, tug‘ilishi, o‘lishi, o‘sishi, yoshiga qarab tuzilishi, fazoda taqsimlanishi va boshqa qator xossalari bilan tavsiflanadi. Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri uning yoshiga qarab tuzilishi hisoblanib, o‘z navbatida uning tug‘ilish va o‘lishiga bog‘liqdir. Rivojlanadigan, tez o‘sadigan populyatsiyalarning katta ulushini yosh tashqil etadi. Barqaror holatdagi populyatsiyalarda yoshiga qarab taqsimlanish nisbatan bir tekis (tug‘ilishi va o‘lishi ham taxminan teng). Populyatsiyalarda yosh, alohida yashaydigan organizmlar turining halok bo‘lish ulushi kamayadi.
Populyatsiyalar ichida genetik ma’lumotlar (panmiksiya) almashinishi u yoki bu darajada amalga oshiriladi.
Populyatsiyaning barqaror holatga qaytish qobiliyati gomeostaz deb atalib, teskari aloqaning ijobiy va salbiy vositalari orqali boshqariladi. Demak, populyatsiya kibernetik tizim xossasiga – o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini tashkil etish va o‘z-o‘zidan ko‘payishi qobiliyati ega bo‘lishidir.

Gomeostaz – organizmning o‘z ichki muhiti tarkibi va xossalarini doim bir me’yorda, nisbiy dinamik turg‘unlikda saqlay olish xususiyatidir. Gomeostaz asosida teskari aloqa printsipi yotadi.

Gomeostaz (yunoncha gomoios – o‘xshash, bir xil + stasis – qo‘zg‘almas) atamani 1929 yil amarika fiziologi Bredford Kennon (1871-1945) kiritgan) kontseptsiyasi F. Kliments tomonidan (1979) ishlab chiqilgan va keyinchalik u ekotizimda qo‘llanilgan.


Gomeostatik mexanizm ma’lum chegarada mavjud bo‘ladi. Ularning chegaradan chiqib ketishi populyatsiyalar (ekosistemalar)ning halok bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Masalan, paxta hosildorligini quyidagicha izohlash mumkin: Markaziy Osiyo davlatlarining yuqori paxta hosildorligini ko‘pincha g‘o‘zaga beriladigan ma’danli o‘g‘itlarga bog‘lashadi.
Agar unga beriladigan ma’danli o‘g‘itlar va sug‘orish me’yoridan ortiqcha berilsa, ko‘pgina paxta maydonlarining eroziyaga uchrashi, sho‘rlanishi va foydalanish samaradorligi pasayishi mumkin. Biotizimning eng yuqori darajasi jamoa hisoblanadi.


Yüklə 341,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin