necha kunlik bo’lganlaridan keyingina opinlar sintezini boshlaydilar, masalan, kolanxoeda opinlar
sintezi, shish induksiyasi boshlangan kundan 7-kunda boshlanadi.
Opinlar aminokislotalar, har xil ketokislotalar va shakarlarni hosilalaridir. Ular yangi tipdagi
biologik faol moddalar hisoblanadilar va faqatgina o’simliklarni koronchato’y galli to’qimalarida
uchraydilar, shuning uchun ham ularni koronchato’y gallarni biokimyoviy marxori sifatida qarash
mumkin. Opinlar agrobakteriyalar uchun ozuqa modda hisoblanadilar, ammo shish to’qimalar
opinlar steril sharoitda agrobakteriyalar bo’lmagan sharoitda ham sintez qilaveradilar. Opinlarni uch
tipi ma’lum: nopalin, aktopin va agropin. Agrobakteriyalarni bir shtammi oktopinsintez qiluvchi
shishlarni induksiya qilsa, boshqa shtammi nopalinsintez qiluvchisini induksiya qiladi.
SHunday qilib, agrobakteriyalar yordamida induksiya bo’luvchi «moslashgan» va shish
to’qimalarni birinchi umumiy xususiyati, gormon sintez qilish bilan bog’liq bo’lgan gormonga
muhtojsizlikdir. Galli shishlarda bunday qobiliyat o’simliklarga bakteriyalarni begona genlarini
kiritilishi oqibatida kelib chiqadi. Kimyoviy («moslashgan») shishlar hujayralarida bu xususiyat
gormonlar sintezi uchun javobgar genlarni depressiyasi bilan bog’liq bo’lsa kerak deb taxmin
qilinadi, ammo u mutasiya bilan aloqador bo’lishi ham mumkin.
Ikkinchi umuiy xususiyat, birinchisidan kelib chiqib, agrobakteriyalar bilan induksiya
qilingan «moslashgan» va shish hujayralarni fertil o’simlik regenerasiya qilish qobiliyatini
yuqotishidir. Galli shishlar ko’pchilik holatlarda sog’lom o’simlik hosil qilaolmaydilar. Ba’zida ular
teratomlar (xunuk, organlarga o’xshagan tuzilmalar) hosil qiladilar va ular normal rivojlana
olmaydilar.
«Moslashgan» to’qimalar ham odatda normal o’simlikga aylanaolmaydilar, ularni hujayralari
ikkilamchi differensirovkaga va morfogenezga bo’lgan qobiliyatlarini yo’qotadilar. Ammo, ba’zida,
ozuqa muhiti tarkibini o’zgartirish orqali, «moslashuv» chegarsini orqaga surish mumkin. Demak,
uzoqroq passaj qilingan kulturalar to’qimalaridan ham regenersiya qilaoladilar o’simlik olish
imkoniyatlari ham yo’q emas.
Dostları ilə paylaş: