Biotexnologiya asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   139
Biotexnologiya asoslari

in vitro
sharoitida differensiallangan holatdan didefferensiallangan holatga va 
hujayrani faol bo’linishga o’tishi, genlarni faolligini o’zgarishi bilan boshlanadi. (Epigenomli 
o’zgaruvchanlik). Bir genni faollashuvi va ikkinchisini repressiyaga uchrashi hujayradagi oqsil 
tarkibini o’zgarishiga olib keladi. Kallusli hujayralarda o’ziga xos bo’lgan oqsillar paydo bo’ladi va 
bir vaqtning o’zida bargning fotosintez qiluvchi hujayralarida oqsillar miqdori pasayadi. Ikki pallali 
o’simliklarda didefferensiallashgan genlarni repressiya va depressiya jarayonlari nisbatan oson 
o’tadi. 
Dedifferensiallashgan hujayrlarni kallus to’qimalar hosil bo’lishiga olib keluvchi tartibsiz 
ko’payishga o’tishi bilanbiokimyoviy va sitologik o’zgarishlar sodir bo’ladi. Zahiradagi moddalarni 
ishlatilishi va ixtisoslashgan hujayra organellalarini parchalanishi bilan dedifferensiallanish 
boshlanadi. Dedifferensiyani induksiyasidan 6-12 soat o’tgandan keyin hujayra qobig’i 
g’ovaklashib shishadi, mustaqil ribosomalar soni ko’payib, Goldji apparati elementlari soni ham 
oshadi. Bu o’zgarishlar bo’linishdan oldin boshlanadi.


O’stirishga qo’yishdan oldin, eksplantlar hujayrasining metabolizmida o’zgarishlar sodir 
bo’lishini, u esa dedifferensiya yoki travmatik sintez bilan bog’liq bo’lishini hisobga olib qo’yish 
zarur. Bunday jarayonlarni ajratish maqsadida eksplantlarni gormonlar saqlamaydigan muhitda 3-6 
sutka davomida preinkubasiya qilish tavsiya etiladi. 
Kallusli hujayra o’zini rivojlanish sikliga ega bo’lib, har qanday hujayrani rivojlanishini 
qaytaradi: bo’linish, cho’zilish va differensiya va undan keyin qarish va hujayrani o’lish davri. 
Kallusli differensiyani ikkilamchi deb atasa bo’ladi, ammo uni morfogenez asosida yotuvchi 
hujayralarni ikkilamchi differensiyasi bilan aralashtirib yubormaslik kerak. 
Kallus hujayralari nobud bo’lib qolmasligi uchun ularning bo’linishga bo’lgan qobiliyatlarini 
yo’qotmasliklari uchun, eksplantlarda paydo bo’lgan birlamchi kallus, 4-6 haftadan keyin yangi 
tayyorlangan ozuqa muhitiga o’tkazib turiladi. Bu operasiyani – passirlash deb ataladi. O’z vaqtida 
bu jarayon o’tkazib turilsa, kallus hujayralari o’n yillab o’z bo’lini xususiyatini yo’qotmasligi 
mumkin. 
Kallus hujayralarni o’sish chizig’i 3.2-rasmdan ko’rinib turibdiki, S- simon shaklga ega, 
o’sishi besh fazdan iborat: 
¾

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin