O’stirilayotgan hujayralarni genetik mo’’tadil emasligi sabablari nimalardan iborat? Bunday
sabablar bir nechta. Eng avvalo – dastlabki materialni genetik bir xil bo’lmaganligi (eksplantlarni
geterogenligi). Ko’pchilik o’simliklarda tabaqalashgan to’qimalar, har xil
ploidli hujayralarga ega
bo’ladilar va faqatgina to’qimani ontogenezi davrida faol ko’payadilar, yuqori meristemalar,
kambiylar va boshqalar esa doimodiploid holatda qoladi. Boshqa bir sabab – bu to’qima va
hujayralarni uzoq muddat ekilishi, o’z navbatida bunday sharoitda ulardagi genetik o’zgarishlar,
jumladan ploidlikni bir xil bo’lmagan o’zgarishi sodir bo’ladi.
O’simlik to’qimalarini bir qismini ajratib olib, ularni ozuqa muhitiga o’tkazishda bir biriga
mos aloqalarni buzilishi ham hujayralarni genetik mo’’tadillikdan chiqishiga olib keladi.
SHunga
o’xshash natijalar ozuqa muhiti tarkibidagi fitogormonlarni hujayraning genetik apparatiga ta’siri
oqibatida namoyon bo’lishi mumkin. Kallus hosil bo’lishi uchun gormon sifatida albatta ozuqa
muhiti tarkibida auksinlar va sitokininlar kiritiladi.
Bu moddalarni mutagenlik xususiyati esa ko’pchilik olimlar tomonidan isbotlangan. Eng
kuchli mutagenlik xususiyati esa ko’pchilik ozuqa muhitlari tarkibiga kiruvchi 2,4-D preparatida
kuzatilgan
.
Sitokininlar xususan kinetik hujayralarda poliploidiya sodir bo’lishiga yordam beradilar.
Kallus hujayralarni genetik xilma-xilligi, ularni tashqi muhit ta’siriga fitopatogenlarga
chidamli hamda serhosil mutantlar olish uchun amalga oshiriladigan seleksion
ishlarda foydalanish
imkoniyatini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: