¾
somatik embriogenezni induksiya qilish;
¾
birlamchi va ko’chat oluvchi kallusli to’qimalarda adventiv kurtaklarni
tabaqalashtirish.
O’simliklarni klonal mikroko’paytirishda ishlatiladigan asosiy usul – bu o’simliklarda bor
bo’lgan meristemalarni rivojlanishini faollashtirish bo’lib, u apikal ustivorlikni (dominirovaniya)
olib tashlashga asoslangan (3.9-rasm).
Bunga ikki yo’l bilan erishish mumkin:
¾
poyani tepa meristemasini olib tashlash va keyin navdani in vitro sharoitida gormon
saqlamagan muhitda mikroqalamchalash;
¾
ozuqa muhitiga sitokinin ta’siriga ega bo’lgan moddalar qo’shish (navdani o’sishini
kuchaytirish).
Odatda, sitokinin sifatida – 6–benzilaminopurin (BAP), 6–furfurilaminopurin (kinetin),
hamda 2-izopenteniladenin (2ip) va zeatin ishlatiladi.
SHunday yo’l bilan olingan navdalarni birlamchi ona eksplantidan
ajratiladi va qaytadan
yangi tayyorlangan ozuqa muhitida o’stiriladi. Hozirgi vaqtda bu usul qishloq xo’jalik
o’simliklarini virussiz ekuv materiallarini tayyorlashda keng qo’llaniladi. SHu yo’l bilan qand
lavlagi, tamaki, xmel, topinambur, pomidori, kartoshka, bodring,
qalampir, oshqovoq va boshqa
o’simliklarni sog’lomlashtirilgan ko’chatlarini tayyorlash yo’lga qo’yilgan.
Dostları ilə paylaş: