Grizin ishlab chiqarish. Grizin antibiotigi - streptotrisinlar gruppasiga ta’luqli bo’lib, u
Act.griseus zamburug’ining maxsuli hisoblanadi. Antibiotik kulrangsimon oq rangda juda
gigroskopik, suvda va organik erituvchilarda tez eriydi. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga
mikroskopik zamburug’larga faolligi yuqoridir. Toza holdagi grizin preparatining faolligi yuqori
darajada bo’lib, 1000 ed (mg/l) gacha etadi.
Oziqa preparati sifatida kormogrizin 5, 10, 40 shakllari ishlab chiqarilmoqda, ular sariq
rangdan to’q jigar ranggacha bo’ladi va 1 g tayyor preparatda 5, 10, 40 g toza holdagi antibiotik
mavjud.
Gigromisin ishlab chiqarish. Gigromisin B struktura formulasi to’liq aniqlanmagan, lekin
uning molekula tarkibiga a-tolaza uglevod bo’lagi va N-metil 2-dezoksistreptonin kiradi. Tashqi
ko’rinishdan oq rangdagi amorf gigroskopik kukun bo’lib, suvda eruvchan kuchsiz kislotali
xususiyatga ega. Uning tozalangan preparati 1000 mg/l. faollikka ega. U asosan cho’chqa va
tovuqlardagi askaridoza kasalligiga qarshi profilaktika maqsadida qo’llaniladi. Buning uchun bu
antibiotik gigrovetin formasidagi oziqa preparati sifatida ishlab chiqilib, uning namligi 15%, 1 mg
preparatda 13-17 birlikdagi (ed) B gigromisini mavjud. Dastlabki kulturasi Act.hydroscohicus
hisoblanadi. Uni agarli muhitda 2 oy xona haroratida (20-21
o
S) saqlash mumkin.
Antibiotik moddalar fitopatogen organizmlarga qarshi kurashda ham qo’llanilib kelinmoqda.
Fitobakteriomisin ishlab chiqarish. Fitobakteriomisin antiobiotigi streptotrisinin
gruppasiga ta’luqli bo’lib, ularning ko’pchiligi o’zining ko’p komponentligi bilan ajralib turadi.
Toza holda u krem rangdagi amorf kukun bo’lib, suvda yaxshi eriydi, etanol va metanolda yaxshi
erimaydi, ko’pchilik organik eritmalarda esa deyarli erimaydi.
Ko’pchilik grammusbat va grammanfiy, mikroskopik zamburug’larga nibatan yuqori
bakteriosid faollikka ega. Fitobakteriomisin produsenti Actinomyces lavendulae hisoblanadi.
Antibiotikni olish texnologiyasi uni sulfat ko’rinishda ajratib olishni taqazo etadi. Fitobakteriomisin
asosidagi preparatlar har xil miqdordagi dust va suspenziyalar ko’rinishda ishlab chiqarilib,
fitopatogen bakteriyalar va mikroskopik zamburug’larga qarshi, shu jumladan fasol va soyadagi
bakteriozga qarshi ishlatiladi. U o’simlik o’sishi uchun stimulyator bo’lib, uning rivojlanishini
tezlashtiradi, shu bilan hosildorlikning 10-15% oshishiga olib keladi.