Antibiotik, o’simlik to’qimasi ichki qismida va ustki qismida bo’la turib, nisbatan uzoq
vaqt biologik faollikka ega bo’lishi, tuproqga tushganda oson va tez faolligini yo’qotishi
maqsadga muvofiqdir.
Antibiotikga qo’yilgan asosiy talablarning yana bittasi qishloq xo’jaligida
foydalaniladigan preparat tibbiyot amaliyotida ishlatilmasligi zarur.
Oziq-ovqat va konservalash sanoatida
- maxsulotlarni buzadigan mikroorganizmlarga
qarshi kurashish uchun fizik va kimyoviy usullar bilan bir qatorda qo’llaniladi. Lekin bu maqsadlar
uchun tibbiyotda qo’llaniladigan antibiotiklardan foydalanib bo’lmaydi.
Antibiotiklar orasida oziq-
ovqat va konserva sanoatida ishlatiladiganlari subtilin, nizin va boshqalarni keltirish mumkin.
Subtilinni Bacillus subtilis kulturasi hosil qiladi, kimyoviy tarkibi polipeptiddir. Grammusbat va
grammanfiy
mikroorganizmlarga nisbatan, shular qatorida kislotaga chidamli basillalar ham faol
ta’sir ko’rsatadi.
Sabzavotlarni konservalashda subtilinni qo’llab, termik ishlov berishdan birmuncha
saqlaniladi, bu konservada vitaminlar saqlanishi va mazasini yo’qotmasligida katta ahamiyatga ega.
Nizin
-
yuqori molekulali peptid, Str.lactis sintezlaydi. Nizindan tibbiyot amaliyotida
foydalanilmaydi, uni pomidor, ko’k no’xat, gul karam va boshqa maxsulotlarni konservalashda
qo’llaniladi. Pishloq saqlashda ham samarali natija beradi. Antibiotik
bir qancha termofil spora
hosil qiluvchi bakteriyalar taraqqiyotini to’xtatadi. Odam uchun zararli emasligi bilan
xarakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: