Biotexnologiya asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   139
Biotexnologiya asoslari

VODOROD - 
kelajak yoqilg’isi hisoblanadi.
Vodorodni - kimyoviy va elektrokimyoviy usullarda olish iqtisodiy samarasizdir. SHuning 
uchun ham keyingi vaqtlarda mutaxassislar e’tiborni vodorod ajratuvchi mikroorganizmlarga 
qaratishdi. O’tgan asrning 60- yillarining boshlaridayoq ismaloq (shpinata) xloroplastlari sun’iy 
elektron donorlari va gidrogenaza fermenti saqlovchi bakteriyalarni ekstraktlari ishtirokida 
vodorod chiqarishi aniqlangan edi. Bu tizimni quyidagicha izohlash mumkin: 
Elektronlar donori e
-
1-fototizim e
-
elektron o’tkazgich e
-
Gidrogenaza q H
2

Gidrogenaza elektronlarni ferredoksindan oladilar. Ushbu tajribada xloroplastlar ta’sirida 
suvni fotolizi pasaytirilgan vodorod manbai bo’lib organik moddalar xizmat qilishgan va ular 
elektron donorlarni sifatida ishlatilgan. 
Bu xususiyat xemotrof bakteriyalar, sianobakteriyalar, ba’zi bir suv o’tlari va sodda 
hayvonlarga ham xosdir. Hozirgi vaqtda vodorod ishlab chiqarishning biotexnologik tizimini 
ko’rsatib beruvchi bir qancha variantlar taklif etilgan Olimlar hozirgacha mikroorganizmlar va 
o’simliklarda fotosintez samaradorligini oshirish muammosini hal etish bo’yicha ham katta
muvaffaqiyatlarga erishganlaricha yo’q. Bu sohada olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar 
fotosintezlovchi mikroorganizmlarning turli xil mutantlarini ajratish, ularning xususiyatlarini 
o’rganish va amaliy maqsadlarni hal qilish maqsadida foydalanish darajasiga chiqdi. 
Masalan: bir qator fotosintezlovchi mikroorganizmlar quyosh energiyasi biokonversiyasi 
hisobiga ammoniy hosil qilish xususiyatini namoyon qilishi aniqlandi. Ma’lumki, ko’pgina 
gerbisidlar fotosintez jarayonini sekinlashtiradi, yaratilgan yoki tanlangan mikroorganizmlar 
mutantlari gerbisidlarga sezgir emas, shunday ekan fotosintez jarayoni kuchli bo’lgan o’simliklar 
navlarini yaratish, ularni gerbisidlarga bardoshligini oshirish yo’li bilan chambarchas bog’liq 
bo’lishi lozimdir. 
Ta’kidlash lozimki, fotosintezlovchi bakteriyalar sanoat gazlari, zaharli 
mahsulotlarniparchalash va sanoat chiqindilarini tozalashda ham ishtirok etadilar. 
Biotexnologik bioenergetika asosan noananaviy tirik organizmlar energiyalaridan 
bioyoqilg’i sifatida foydalanishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’yadi. Ayni vaqtda bunday 
elementlar biologik datchik- (o’tkazgichlar) biosensorlar yaratishda qo’llanilmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin