Biotexnologiya asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   139
Biotexnologiya asoslari

IV. BIOSENSORLAR
O’ta kam miqdordagi gazsimon suyuq va qattiq moddalarni aniqlash qobiliyatiga ega 
bo’lgan, yuqori sezgir biologik tabiatli, sun’iy elementlar - biosensorlar deb ataladi. Ulardan 
sog’liqni saqlash, tabiatni muxofaza qilish, qishloq xo’jaligi va sanoat ishlab chiqarishlarida 
analitik datchik uskunalar sifatida foydalaniladi.
Biosensorlar - biologik molekulalarning yuqori darajadagi tanlash (ajratish) va sezgirlik 
bilan boshqa moddalarni aniqlash va yangi xususiyatlar namoyon etishiga olib kelib kompleks 
hosil qilish xususiyatlariga asoslanadi. 
Madomiki, tirik tabiatda biomolekulalar son-sanoqsiz va ulardan juda ko’plari moddalarni 
aniqlash, tanlash xususiyatiga egadir. Bu esa biosensorlarning bitmas-tuganmas manbalaridan 
unumli foydalanish imkoniyatini yaratadi. Birinchi biosensorlar amerikalik olimlar L.Klark va 
X.Lionslar tomonidan 1962 yilda taklif etilgan edi, va shundan keyin ulardan ommaviy 
foydalanila boshlandi. Biosensorlardan medisinada va kimyoviy texnologiyada moddalarni keng 
miqyosda aniqlashda qo’llanila boshlandi. Masalan: uglevodlar, mochevina, kreatinin, laktat, 


spirt, askorbat, aspirin, aminokislotalar va ko’pgina boshqa moddalar miqdorini o’ta aniqlik 
bilan o’lchash uchun biosensorlardan foydalanib kelinmoqda.. 
Hozirgi vaqtda biosensorlardan gazlar va engil uchuvchan mahsulotlarni aniqlashda 
foydalanishni sanoat miqyosida ishlatish usullari amaliyotga tadbiq etildi. Biosensorlarni asosiy 
biotexnologik elementi sifatida ko’pincha turli xil fermentlardan foydalaniladi. Elektrokimyoviy
kolorometrik va optik biosensorlar ishlab chiqarishda xususan: glyukozosidaza, laktooksidaza, 
peroksidaza, uriaza, S sitoxrom fermentlari ishlatilmoqda.
Gazli fazada biosensorlarda formaldegidgidrogenazalar (formaldegid juftini aniqlash 
uchun) va xolinesterazalardan (fosfororganik pestisidlarni aniqlash uchun) muvaffaqiyatli 
qo’llanilmoqda. Keyingi vaqtda biotexnologiyaning bu sohasida asosiy o’rinlardan birini 
biosensorlarning yangi avlodi immunosensorlar egallay boshladi. Biosensorlarning - biologik 
reseptorlarning turli xil elektrodlar birikmalarini yaratish katta istiqbolli va yangi yo’nalishdir.
Bozorda (sabzavot va mevalar tarkibidagi nitrat, nitrit va xilma xil yadoximikatlarni 
aniqlash uchun) biosensorlarga talab kundan kunga uzluksiz ortib bormoqda, bunga quyidagi 
ko’rsatkichlar guvohlik beradi: 1986 yilning o’zidagina AqSH da biosensorlar ishlab chiqarish 
umumiy miqdori 14,4 mln. dollarni tashkil etgan bo’lsa, 1991 yilga kelib esa 365 mln. dollarni 
tashkil etganligi qayd etilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashlaricha bu usuldan foydalanish Yaponiya va Evropa davlatlarida 
ham keng tarqalmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin