Biotexnologiya


Qondagi lipaza miqdorini kamayib ketishi



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   141
720 (1)

Qondagi lipaza miqdorini kamayib ketishi 
Qondagi lipazaning miqdori istalgan onkologik kasallikda (oshqozon osti 
bezining saraton kasalligi bundan mustasno)¸ shuningdek¸ organizmda triglitseridlar 
ko´p bo´lganda yoki giperlipidemiyada kamayib ketadi.Bundan tashqari lipazaning 
tanqisligi pankreatit kasalligini surunkali ko´rinishga o´tayotganligini bildirishi 
mumkin. 
Lipazaning faollik darajasi erta tongda bemorning vena qon tomiridan olingan 
qon 
asosida 
aniqlanadi.So´nggivaqtlardalipazafaolliginianiqlashningikkiusulikengqo´llanilmoqda; 
fermentativvaimmunokimyoviy. Shunday bo´lsada fermentativ usuldan ko´proq 
foydalaniladi.Chunki bu usulda immuno kimyoviy usulga nisbatan kam vaqt sarf bo'ladi 
va laboratoriya hodimidan yuqori malaka talab etilmaydi.
Esteraza, steapsin, glitserin efirlarining gidrolazasi-bular lipazaning sinonimlari.
Lipazaning tahlili oshqozon osti bezi kasalliklari, jumladan, o'tkir va surunkali 
pankreatit tashhisi uchun ishlatiladi. 
Lipazalarni ishlatilishi 
Lipaza 
biotexnologiyada 
ishlatiladiganengmuhimbiokatalizatorlardanbirihisoblanadi. Bugungi kunda, hayvon 
organlaridan, o’simliklardan olinadigan lipazalarga qaraganda, mikroorganizm 
lipazalaridan foydalanish istiqbolliroq deb qaraladi. Bunga sabab nima? 
Birinchidan, mikroorganizmlarni lipazalari juda katta xilma xillikka ega ekanligi bilan 
farqlanadi; 
Ikkinchidan, ularni yuqori faollikka ega bo’lgan shaklda tayyorlash usullari ishlab 
chiqilgan; 
Uchinchidan, 
bufermentlarniishlabchiqarishjarayoninigenetikboshqarishimkoniyatlaribor; 
To’rtinchidan, mikroorganizmlar sintez qiladigan lipazalar , hayvon yoki 
o’simliklarni lipazalariga qaraganda mustahkamroq, qulay va havfsiz hisoblanadi. 
Mikroorganizmlar lipazalari sanoat miqyosida ishlab chiqarilganiga 10 yilga yaqin vaqt 
o’tgan bo’lsada, xamon bu ferment, biotexnologiya sanoatida eng muhim deb tan 
olinganicha qolib kelmoqda. Ammo butun dunyo bo’yicha bir yilda 2 milliard AQSH 
dollariga teng miqdorda lipaza sotiladi, bu esa yiliga sotiladigan fermentlarni 4% ni 
tashkil qiladi xolos (butundunyodayiliga 50-60 milliard AQSH dollariga teng bo’lgan 
ferment preparatlari sotiladi). Bu raqam boshqa gidrolazalarga (masalan:proteazalar, 


glikozidazalarga) nisbatan 10 marotabakamdir. Bu xolat lipazani sanoat miqyosida 
ishlatish hozircha boshlang‘ich bosqichda turganidan dalolat beradi. Shunga qaramay 
lipazalarni ishlatilish sohalari proteaza,glikozidazalarga qaraganda ko’proq. Shuning 
uchun ham lipazalarni o’rganishdan maqsad bu fermentni sotish emas, balki,uni xalq 
xo’jaligida ishlatish mumkin bo’lgan yangi sohalarini aniqlash bilan bog‘liq. Gen 
muxandisligi vafermentlarstrukturasini aniqlashusullarini takomillashibborishi lipazani 
ishlatish sohalariniyanadakengayibborishiga sabab bo’ldi. Ma’lumki, lipazalar nafaqat 
triglitseridlarni va ularni hosilalarini murakkab efirlarini gidroliz qilish, balki ko’plab 
tabiiy bo’lmagan substratlarni atsillash, deatsillash reaksiyalarini ham kataliz qila 
oladilar. Lipazalarni substrat spetsifikligini kengligi, suvli va organik muhitlarda 
barqarorligi hamda bu fermentlarni har xil manbalardan ajratib olish imkoniyatlari 
ko’pligi, ularni ko’plab sohalarda, jumladan, tibbiyotda, oziq-ovqatda,kosmetikada, 
kiryuvishvositalari ishlab chiqarish sanoatida, organik sintezda va boshqa sohalarda 
ishlatish mumkinligini ko’rsatadi. 
Hozirgi paytda, lipazalardan inson ehtiyoji uchun foydalanishning eng
muhim yo’nalishlaridan biri ulardan tibbiyot amaliyotida foydalanishdir. 
Lipazalar, ovqat hazm qilish yo’lining kasalliklarini davolash, ortiqcha 
vazndan xalos bo’lish, ko’plab kasalliklarga tashxis qo’yish hamda organizmda
engil so’rilib ketadigan parxezbop triglitseridlar olishda ishlatiladi. Masalan,
ovqatdagi yog‘ni qonga so’rilishini engillashtirish maqsadida oshqozonostibezi 
kasallangan bemorlar ovqatlanganda pankreatit preparatlarini qabul qiladilar. Bu 
terapiyani kamchiligi shundan iboratki, pankreatit preparatlarini bir qismi ovqat hazm 
qilish sistemasining proteazasi ta’sirida va oshqozondagi kislotali muhitda qisman
inaktivatsiyaga uchraydi. Hozirgi vaqtda pankreatik kasalliklarini davolash uchun
ishlab chiqariladigan preparatlar tarkibida har xil lipazalar, jumladan inson
oshqozonining rekombinant lipazasini ham saqlaydi. Bu lipazani uzun zanjirli va kalta 
zanjirli yog‘ kislotalariga bo’lgan spetsifikligi inson oshqozonidagi lipazaga nisbatan 
ancha yuqori bo’lganligi sababli inson organizmida lipidlarni so’rilishini kuchaytiradi.
Semirishni an’anaviy davolash usuli- organizmda yog‘ni so’rilishini nazorat
qilishga asoslangan va bunga ovqat hazm bo’lishida ishtirok etuvchi lipazalarni 
faolligini pasaytirish (ingibirlash) orqali erishiladi.
Streptomyces toxytricine
dan 
ajratib olingan tetragidrolipstatin (TNL) preparati tibbiyot amaliyotida oshqozon
lipazasiva oshqozon osti bezi lipazasi faolligini yo’qotish maqsadida ishlatiladi. 
Qon zardobida lipaza faolligini aniqlash usulidan, pankreatit, peritonit, buyrakni 
surunkali ravishda yomon ishlashi kabi kasalliklarga tashxis qo’yishda foydalaniladi. 
Chunki,bu kasalliklarda qon zardobida lipaza faolligi oshib ketadi. 

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin