Biotexnologiya


bir komponentli fermentlar



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   141
720 (1)

bir komponentli fermentlar
deyiladi. Masalan, 
ribonukleaza, tripsin, papain va boshqalar. 2. Agar fermentlar murakkab oqsillardan tashkil topgan 
bo’lsa, ya’ni ularning tarkibida aminokislotalardan tashqari boshqa birikmalar ham uchrasa, ular 
ikki komponentli fermentlar
deb ataladi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etuvchi 
fermentlar ikki komponentli fermentlardir. 
Ferment produtsentlarning seleksiyasi 
Har qanday sanoat mahsulotini olishning biologik jarayoni uchun ikkita holat: 
1. muayyan mahsulotga xaridor bo‘lishi shart.
2. jarayonni ishlab-chiqarishga tadbiq etish iqtisodiy foyda keltiradigan bo‘lishi kerak.
Sanoat sharoitida fermentlar asosan mikroorganizmlardan olinadi: 
1.
mikrob kulturalari seleksiyasiga (birlamchi seleksiya, mutatsiya, gen muhandisligi) bo‘lgan 
zamonaviy usullar va o‘sish sharoitini optimizatsiya qilish har qanday mikrob fermenti biosintezini 
amalga oshirishga imkon yaratadi.
2.
sanoat sharoitida ishlatiladigan shtamm-produtsent, produtsent o‘zini fiziologik ehtiyojidan 
ko‘proq miqdorda sintez qilish imkoniyatiga ega bo‘lsin. 
3. mikroorganizmlarni o‘stirish jarayoniga fasl faktorini ta’siri umuman bo‘lmasligi shart. 
4. har xil taksonomik guruhga mansub bo‘lgan mikroorganizm-produtsentlar uchun 
fermentlarni keng spektori biosintezi xarakterli, ya’ni produtsentlar kerakli fermentlarni sintez 
qilishi kerak. 
Produtsentlarni o‘stirish usullari 
Mikrobiologik yo‘l bilan fermentlarni ishlab chiqarishni, iqtisodiy samaradorligini aniqlovchi 
omillardan biri-mikroorganizmlarni o‘stirish usulidir. O‘stirishni bir necha usullari mavjud: sirtqi 
(yuzaki), suyuq ozuqa muhitida (davriy), osib (juda ham kam ishlatiladi) va ozuqa muhitida 
to‘xtovsiz o‘stirish usullari.
Mikroorganizmlarni qattiq faza sirtida, yuzaki o‘stirish juda katta ahamiyatga ega. YAponiyada 
va Uzoq SHarqni boshqa mamlakatlarida ivitilgan bug‘doy yoki guruchga tuzlar solib, uy 
haroratida va steril sharoitda maxsus idishlarda zamburug‘ o‘stiriladi. SHu usulda amilaza, 
proteaza, pektinaza, sellyulaza va boshqa fermentlar olinadi. O‘tgan asrning 20-yillarida-
antibiotiklar ishlab chiqarish boshlangan davrda–mikroorganizmlarni suyuq ozuqa muhitida, 
chuqurlikda o‘stirish usuli yaratilgan. Bu usuldan foydalanib, fermentlar biosintezini amalga 
oshirish, dastlabki tajribalarda o‘zini istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi. 
Sanoat fermentatsiyasini asosiy maqsadi energiyadan (o‘stirish harorati, ozuqa muhitini 
sterilizatsiya qilganda va uni aralashtirganda sarflanadigan energiya vax.k.) unumli va samaraliroq 
foydalanishdan iborat. SHuning uchun ham ozuqa muhitining komponentlarini energetik va 
ozuqaviy bahosi eng muhim omillardan hisoblanib, o‘stirish sharoitini tanlash ham katta 
ahamiyatga ega (harorat, rN, O2 ni parsial bosimi, jarayonni davomiyligi va x.k.). Sanoat sharoitida 
mahsulotni tan narxini belgilashda fermentatsiyadan tashqari, ozuqa muhiti komponentlarini bahosi, 


energiya sarflari, xizmatchilarni mehnat harajatlari, apparatlarni ishlatishdagi harajatlar va boshqa 
muayyan jarayon bilan aloqador bo‘lgan xarajatlar e’tiborga olinadi. 

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin