Tibbiyotda lazer nurlanishining issiqlik taʼsiri deganda asosan toʼqimadagi
boʼgʼlanish (ablyatsiya) va koagulyatsiya jarayonlari tushuniladi. Nurlanishning
millisekunddan bir necha sekund yoki minutgacha boʼlgan lazer nuri taʼsirida ruy
beradi. Issiqlik taʼsiri toʼlqin uzunligiga bogʼliq va biotoʼqima optik xususiyatlariga
ekanligini qayd etish lozim. Biotoʼqimaga lazer nurining issiqlik taʼsirini
belgilovchi asosiy kattalik biotoʼqimaning temperaturasi va uning fazoviy taqsimoti
hisoblanadi. Toʼqimaga lazer nuri taʼsirida uning hajmida yutilish ruy beradi va bu
yutilish nurlanish quvvatiga, qaytarish va yutilish koʼrsatkichlariga bogʼliq.
UB, qoʼzga koʼrinadigan va yaqin IQ spektr sohalarida lazer nuri asosan atom
elektronlari tomonidan yutiladi va keyin issiqlikka aylanadi. Oʼrta va yaqin IQ
spektr sohasida yutilish molekulaning aylanma va tebranma uygʼotilishida ruy
berishi maʼlum. Uygʼongan zarrachalarning keyingi relaksatsiyasida enegriya
issiqlikka aylanadi va materialning issiqlik sigʼimiga bogʼliq ravishda u yoki bu
temperaturaga erishadi. Temperaturaning fazoviy taqsimoti quyidagi faktorlarga
bogʼliq boʼladi:
-chuqurlikka kirgan sari, yutilgan energiya kamayadi (eksponentsial qonunga
yaqin), shuning uchun toʼqimaning ichida (chuqur qismida) temperatura kichik;
-nurlanishning sochilishi natijasida uning sezilarli qismi dastlabki tarqalish
yoʼnalishidan boshqa tomonda sochiladi;
-bir vaqtning oʼzida issiqlik oʼtkazuvchanlik va qon aylanishi hisobiga issiqlik
chiqib ketadi;
-temperatura taqsimoti nurlanish geometriyasiga bogʼliq.
Shuniday qilib, toʼqima chuqurligi va unga perpendikulyar yoʼnalishlarda
temperatura gradienti hosil boʼladi. Tempuratura ortishi bilan biotoʼqimada
quyidagilar kuzatiladi:
Т,
0
С
Biotoʼqimadagi effekt
37
Kuzatilmaydi
40-45
fermentlarni aktivlashishi, shishlarni hosil
boʼlishi, membranalarni oʼzgarishi, xujayraning
oʼlish ehtimolligi
60
proteinnning denaturatsiyasi, koagulyatsiya va
nekrozning boshlanishi
80
kollagenning denaturatsiyasi, membranadagi
defektlar
100
suvsizlanish
150 дан юқори
qorayib kuyish
300
ablyatsiya va gaz hosil boʼlishi
Oddiy materiallarga farqli ravishda biotoʼqimaga nur taʼsirining asosiy
xususiyati shundaki, biotoʼqimaga taʼsir taʼsir vaqtiga kuchli bogʼliq. Bu vaqt nur
taʼsir etish vaqti, sovush natijasida temperaturaning taqsimlanishi vaqtidan iborat.
Quyidagi 2-rasmda temperaturaning taʼsir etish va qaytib boʼlmadigan
oʼzgarishlar vaqti diagrammasi keltirilgan.
2-rasm
Toʼqimani lazer yordamida qizdirish jarayonida uning optik, mexanik va
termik xususiyatlari oʼzgarishini hisobga olish kerak. Xususan, yutilish koʼrsatkichi
qorayib kuyishda keskin oʼzgaradi va natijada qidirsh sohasi yaqinida tesperatura
keskin oʼzgarib, qizish jarayoni nochiziqli tus oladi.
Lazerli nurlatish vaqtida toʼqimani xususiyatlarini oʼzgarishi.
Т,
0
С
37-60
60-65
90-100
>100
bir
necha
yuz
jarayon
qizish
oqsilning
denaturatsiyasi
Suvsizlik
qorayib
kuyish
ablyatsiya,
yonish
optik
oʼzgarishlar
yoʼq
kulrang,
sochilishning
ortishi
doimiy
sochilish
qora
rang,
yuqori
yutilish
tutun, bugʼ
shakllanishi
mexanik
oʼzgarishlar
yoʼq
boʼshliq
bogʼlanishni
buzilish,
suyuqlik
chiqishi
kuchli
mexanik
shikastlanish
toʼqimani
olib
tashlash
Yuzada qizishning tezlashishi odatda toʼqimaning suvsizlanishi orqali ruy
beradi. Bu suvsizlanishda issiqlik oʼtkazuvchanlikning kamayishi bilan bogʼliq.
Barcha koʼrilgan oʼzgarishlar alohida emas, balki birgalikda ruy beradi. Bu esa
toʼqimani qizidirishning birjinsli emasligi va temperatura gradienti mavjudligi bilan
bogʼliq. Lazerli taʼsirlashuvda toʼqima tarkibining oʼziga zonalar boʼyicha xos
koʼrinishi quyidagi rasmda keltirilgan.
Temperatura 300
0
C katta boʼlgan
sohada biotoʼqima olib tashlanadi. Bu zonaga
temperaturasi 300
0
C dan kichik, biroq 150
0
C dan katta soha tutashadi. Bu zonada
toʼqima qorayib ketadi. Keyingi qatlamda
toʼqima koagulyatsiyalangan. Tashqi zonada
toʼqima faqatgina yengil qizigan va qaytib
boʼlmas jarayonlar kuzatilmaydi.
Dostları ilə paylaş: