Fotokimyoviy taʼsirlashuv
Past intensivlikli lazer nuri taʼsirida inson organizmidagi termokimyoviy
reaktsiyalar tizimini alohida reaktsiyalarni tanlash yoʼli orqali oʼzgartirish mumkin.
Fotoinduktsiyalangan izomerlashuv.
Izomerlashuv – molekulaning tarkibi va massasini oʼzgartirmasdan, uning
tuzilishini oʼzgartiruvchi organik birikmalarning ichki molekulyar almashtirishidir.
Fotoinduktsiyalangan izomerlashuvga misol sifatida yorugʼlik taʼsirda
billirubin konformatsiyasini oʼzgarishini keltirish mumkin. Bu jarayon yangi
tugʼilgan bolalarda uchrovchi giperbillirubinlikni davolashda qoʼllaniladi hamda
“koʼk yorugʼlik terapiya”si deyiladi. Yorugʼlik taʼsirida billirubin konformatsiyasi
shunday oʼzgaradiki, organizm faqat ushbu mahsulotni chiqarishi mumkin. koʼz
bilan anglash jarayoni ham rodopsinni izomerlashuvi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |