Sovuq urush — bir tarafdan kapitalistik AQSh va uning kapitalistik ittifoqdoshlari, ikkinchi tarafdan sotsialistik SSSR va uning sotsialistik ittifoqdoshlari orasidagi XX asrning 40-yillari oʻrtalaridan 90-yillarning boshlarigacha davom etgan global geosiyosiy, iqtisodiy va gʻoyaviy ziddiyat.
Sovuq urush
Sanalar
5-mart1946 — 26-dekabr1991
Urush yeri
Global qarama-qarshilik
Natija
Yevropada "Baxmal toʻntarilishlari",
GDRning GFRga qoʻshilishi,
Varshava bitimining bekor qilinishi, SSSR, Yugoslaviya va Chexoslovakiyaning parchalanishi.
Raqiblar
VBT:
SSSR Albaniya (1968-yilgacha)
Bolgariya Vengriya GDR (1955—1990)
Polsha Ruminiya Chexoslovakiya Kuba Xitoy (XXR)
Shimoliy Koreya (KXDR)
Angola Vyetnam Laos Moʻgʻuliston ...
NATO:
AQSh Belgiya Buyuk Britaniya GFR (1955-yildan)
Yunoniston Daniya Islandiya Ispaniya Italiya Kanada Lyuksemburg Niderlandlar Norvegiya Portugaliya Turkiya Fransiya (1966-yilgacha)
1959-yildagi ikki qutbli dunyo."Sovuq urush" apogeyidagi (1980-yil) ikki qutbli dunyo.
Qoʻshma Shtatlar va SSSR toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy ziddiyatga kirishmagan boʻlsa ham, ularning dunyoga taʼsir oʻtkazish borasidagi raqobati koʻpincha butun dunyo boʻylab lokal harbiy ziddiyatlarga olib kelar edi. AQSh va Sovet Ittifoqi oʻzining taʼsir doirasini yaratdi hamda ularni harbiy-siyosiy bloklar — NATO va Varshava bitimi bilan mustahkamladilar.
Sovuq urush Uchinchi jahon urushi xavfi oddiy va yadroviy qurollar poygasi bilan birga olib borildi. Dunyo halokat arafasida turgan bunday holatlardan biri 1962-yilgi Karib inqirozi boʻldi. Shundan soʻng 1970-yillarda ikki tarafdan xalqaro tanglikni "yengillashtirish" va qurollanishni cheklash harakatlari amalga oshirildi.
SSSRning bora-bora texnologik jihatdan ortda qolishi sovet iqtisodiyotining stagnatsiyasi va 1970-yillar oxiri — 1980-yillarning boshidagi juda katta harbiy xarajatlar bilan bir qatorda sovet h