Brejnev Xruschevdan farqli ravishda qaltis avantyuralarga kirishmas, hech qanday "tinch" tadbirlarni oʻtkazmas edi; 1970-yillar "xalqaro tanglikni yengillashtirish" deb ataluvchi g'oya ostida oʻtdi, Yevropadagi xavfsizlik va hamkorlik masalalari boʻyicha majlis (Helsinki) va koinotga sovet-amerika birgalikdagi uchishi ("Soyuz-Apollon" dasturi) buning mahsullaridir; oʻsha paytda strategik qurollanishni cheklash toʻgʻrisidagi kelishuvlar imzolanadi. Koʻp tarafdan bu iqtisodiy sabablar bilan tushuntirildi, chunki SSSR oʻsha paytdayoq isteʼmolchilik mahsulotlarini sotib olishda ehtiyojni sezdi (bunga esa valyuta kreditlari kerak edi), Gʻarb oʻz navbatida Arab-Isroil ziddiyati keltirib chiqargan neft inqirozi yillarida sovet nefti bilan juda qiziqqan edi.
1979—1985
Yangi keskinlashuv 1979-yili, sovet qoʻshinlarining Afgʻonistonga kirishidan soʻng vujudga keldi, sovetlarning bu harakatini Gʻarbda geosiyosiy muvozanatning buzilishi va SSSRning ekspansiya siyosatiga oʻtishi deb qabul qilishdi. Keskinlashuv 1983-yilning kuzida, sovet kuchlari ichida 300 ga yaqin odam boʻlgan Janubiy Koreyaning fuqarolar avialaynerini urib tushirganida oʻz choʻqqisiga yetdi. Aynan oʻsha paytda AQSh prezidenti Ronald Reagan SSSRga nisbatan "yovuzlik imperiyasi" iborasini qoʻlladi. AQSh bu davr mobaynida oʻz yadroviy raketalarini Gʻarbiy Yevropada joylashtirdi va kosmik raketalarga qarshi himoya dasturi ustida ishlashni boshladi; bu ikkala keng koʻlamli dasturlar sovet hukumati tinchini buzdi, SSSRning koinotda qarshilik koʻrsatish uchun mablagʻi yoʻq edi.
1985—1991
"Ijtimoiy plyuralizm" va "umuminsoniy qadriyatlarning sinfiylari ustidan muhimroqligini" eʼlon qilgan Mixail Gorbachyovning hukumat tepasiga kelishi bilan gʻoyaviy qarshilik tezda oʻz keskinligini yoʻqotdi. Harbiy-siyosiy masalada Gorbachyov avvaliga 1970-yillarning "yengillashtirish" xilidagi siyosatini oʻtkazishga harakat qildi, qurollarda cheklashni taklif qildi, ammo kelishuv shartlari ustida qattiq savdolashdi (Reykyavikdagi uchrashuv).
Ammo sovetlar siyosiy tizimining oʻsayotgan inqirozi va neft narhining keskin tushib ketishi tufayli SSSR iqtisodiyotining gʻarbiy texnologiyalar va kreditlariga qarab qolganligi Gorbachyovning tashqi siyosiy muhitda katta muammolarga duch kelishiga sabab boʻldi. 1988-yilda sovet qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqilishi boshlandi. 1989-yil revolyutsiyalari natijasida Sharqiy Yevropada kommunistik tizimining qulashi sovet blokining likvidatsiyasiga va shuning bilan birga — "sovuq urush"ning toʻxtatilishiga olib keldi.
Bu vaqtni oʻzida Sovet Ittifoqi halokat yoqasida edi. Dunyo sotsialistik tizimining parchalanishi neft narxlarining tushishi iqtisodiyot va sanoatning kolossal inqiroziga olib keldi. Mamlakatning chetlarida millatlararo nizolar kelib chiqa boshladi. Moskva ittifoqdosh respublikalar ustidan nazoratni yoʻqota boshladi. 1990-yil martidan 1991-yil dekabrigacha oʻn besh respublika ichidan oʻn uchtasi Ittifoq tarkibidan chiqdi. 1991-yil 26-dekabrda mustaqil Rossiyaning yangi hukumati Ittifoq shartnomasini denonsatsiya qilib, "sovuq urush" tarixida soʻnggi nuqtani qoʻydi.