Biriktiruvchi to’qimaning asosiy o'ziga xos xususiyatlari: Biriktiruvchi toʻqima



Yüklə 102,51 Kb.
səhifə51/57
tarix16.06.2023
ölçüsü102,51 Kb.
#131389
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57
Gistologiya YN (2)

Blastula turlari Seloblastula. Blastosel bo'shlig'i katta, blastoderma devori bir tekis qalinlikda bo'ladi va blastodermada blastomerlar bir qator bo'lib joylashadi. Bunday blastula to'la va tekis maydalanish natijasida hosil bo'ladigan lansetnik tuxumida kuzatiladi.2 Amfiblastula. Bunda blastoderma devori bir necha qator blastomerlardan tuzilgan bo'lib, bu devor animal qutbda vegetativ qutbga nisbatan yupqa bo'lishi, blastosel animal qutbga tomon siljigan bo'ladi. Bunday blastula to'la, lekin notekis maydalanadigan amfibiyalar tuxumlarida uchraydi.3 Sterroblastula. Devori bir qator blastomerlardan iborat bo‘ladi 4 Diskoblastula. Diskodial yo'l bilan maydalanadigan tuxumli hayvonlarda uchraydi. Blastosel bo'shlig'i embrion diski bilan sariqlik moddasining o'rtasida bo'ladi. Bunday blastula suyakli baliqlar, repteliyalar va qushlarda uchraydi.5 Periblastula. Blastosel bo'shlig'i sariqlik moddasi bilan to'lganligi uchun bo'shliq bo'lmaydi. Sariqlik moddasining tashqarisidan bir qator blastomerlar o'rab turadi. Hasharotlarda shunday holat uchraydi.6 Blastulaning yana o'ziga xos turi plakula ham bor. Bunda blastula ikki qavatli plastinkadan iborat bo'ladi. Bunday embrion shakli maydalanish davrida blastomerlar faqat parallel qatorda joylashganda hosil bo'ladi. Plakula quruqlikda uchraydigan kam tukli halqah chuvalchanglarda uchraydi.
Poliembrioniya (poli... va embrion), hayvonlarda — bitta zigotadan bir necha embrion (egizak)ning rivojlanishi. 1 ta tuxumdan hosil boʻlgan egizaklar 1 ta jinsga mansub boʻladi. P.ning muayyan tur uchun xos maxsus va tasodifan sodir boʻladigan sporadik xillari mavjud. Spetsifik P. mshankalar, yaydoqchi pardaqanotlilar, sovutli sut emizuvchilar uchun xos. M., ayrim yaydoqchilarning 1 ta tuxumidan 3000 ga yaqin lichinka, sovutlilarda 7— 9 tagacha embrion rivojlanadi. Spora-dik P. barcha hayvonlar uchun xos, ayniqsa, gidroid poliplar va yomgʻir chuvalchanglarida koʻp uchraydi.Umurtqali hayvonlar va odamda sporadik P. murtakning gastrulyasiya davrida yoki undan oldin bir necha qismga boʻlinib, har bir qismning mustaqil rivojlanishidan kelib chiqadi. Odamda sporadik P. orqali 2—5 ta 1 ta jinsga mansub genetik jihatdan bir xil egizaklar tugʻilishi mumkin.

Yüklə 102,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin