Biriktiruvchi to’qimaning asosiy o'ziga xos xususiyatlari: Biriktiruvchi toʻqima



Yüklə 102,51 Kb.
səhifə49/57
tarix16.06.2023
ölçüsü102,51 Kb.
#131389
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57
Gistologiya YN (2)

Mono va polispermiya
Urug’lanishning ikki shakli maʼlum; monospermiyada tuxum hujayraga faqat bitta urugʻ hujayra kirgandan soʻng, boshqa urugʻ hujayralarning kirishi blokada qilinadi. Blokada qilinish mexanizmi tuxum hujayra sirtiga va uning poʻstiga kortikal tanachalarning suyuqlik ajratishi, tuxum plazmolemmasida roʻy beradigan qandaydir oʻzgarishlar bilan yuzaga kelishi mumkin. Monospermiya barcha tashqi urug’lanish va koʻpchilik ichki urug’lanish xususiyatiga ega boʻlgan hayvonlar uchun xos; polispermiya da tuxum hujayraga bir necha (bir necha oʻnta) spermatazoid kiradi; biroq bunday hollarda ham urgʻochi pronukleus bilan faqat bitta urugʻ hujayra qoʻshiladi. U.ning bu xili ichki urugʻlanadigan ayrim guruh hayvonlar uchun xos boʻlib, evolyutsiya davomida ikkilamchi marta kelib chiqqan. U.ning har xil shakllarida gametalarning oʻzaro yaqinlashuvi va qoʻshilishi, asosan, bir xil kechadi. Ayrim hayvonlar tuxumhujayrasi poʻstida spermatozoid kirishi uchun teshikcha—mikropile boʻladi. Koʻpchilik hayvonlar tuxumhujayrasida mikropile boʻlmaydi. Spermatozoid tuxumhujayraga akrosoma (spermatozoid ichki qismida joylashgan perforator organ) yordamida kirib oladi. Spermatozoid tuxumxujayraga yakinlashganida akrosomadan ajraladigan fermentlar xujayra poʻstini yumshatadi. Spermatozoid akrosomasi yoki uning boshchasi tuxum poʻsti orqali oʻtadi va ikkala gametalar plazmolemmasi koʻshilib, yagona hujayra — zigota hosil boʻladi.
Urug’lanish turlari
Jinsiy reproduksiyada 2 ta ota-onalar nasldan naslga o’tadigan naslga o’tuvchi genlarning aralashmasi bn genlarni beradi. Ushbu genlar urug’lanish deb ataladigan jarayon orqali amalga oshadi. Urug’lanish ning 2 ta turi mavjud: tashqi va ichki urug'lanish. Tashqi urug’lanish- tuxum tananing tashqarisida urug’lantiriladi. Ichki urug’lanish- Tuxumlar ayollarning jinsiy tuzilmalari ichida urug'lantiriladi. Tashqi urug’lanish odatda nam muhitda paydo bo'ladi va erkagini ham, ayolini ham gametalarini atrofiga chiqarish yoki tarqatish talab etiladi. Tashqi U.ning afzalligi shundan iboratki, u ko’plab nasllarni paydo qilishga olib keladi. Amfibiyalar va baliqlar bunga misol bo’ladi.
Ichki urug’lanishdan foydalanadigan hayvonlar rivojlanayotgan tuxumni himoya qilishga ixtisoslashgan. Masalan sudralib yuruvchilar va qushlar suvning yòqolishiga va shikastlanishiga chidamli bòlgan himoya qobiq bn qoplangan tuxumlarni chiqaradi.


Yüklə 102,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin