Implantatsiya (lot. im... (in) - ichida va plantatio — oʻtkazish, koʻchirib oʻtkazish) — odam va hayvonlarda hujayralar va toʻqima elementlarining oʻz-oʻzidan koʻchirib oʻtkazilishi va yopishtirilishi. Odam va koʻpchilik sut emizuvchilarda I. murtak (blastotsist)ning urgʻochisi bachadoniga yopishishidan iborat. I. blastotsist va bachadon devorining faolligi tufayli amalga oshadi. I. natijasida murtak bilan ona organizm qon aylanish sistemasi oʻrtasida funksional birlik vujudga keladi va yoʻldosh hosil boʻladi. I. 3 xil usulda amalga oshadi. Markaziy I.da murtak bachadon boʻshligʻida qoladi (qoʻlqanotlilar, kavsh qaytaruvchilar), ekssentrik I.da murtak bachadon devoriga qisman botib kiradi (kemiruvchilar) va interstitsial I.da murtak bachadon devoriga toʻliq botib kiradi (odam, primatlar). Toʻqi-malarning bir qismi yoki organlarni sunʼiy koʻchirib oʻtkazish transplantatsiya, sunʼiy organlarni odam va xayvonlar organizmiga kiritish esa I. deyiladi.
Maydalanish Maydalanish oddiy hujayra bo`linishidan shu bilan farq qiladiki, bu jarayonda hujayralar faqatgina bo`linadi, lekin o`smaydi. Buning natijasida ularning umumiy hajmi zigota hajmidan katta bo`lmay, ko`p hujayralardan tashkil topgan maydalangan shar hosil bo`ladi. Maydalanayotgan bu hujayralar blastomerlar deb ataladi (yunon. blastos - kurtak, meros - bo`-lak). Maydalanish maydalanish egatlari hosil bo`lishi bilan boshlanadi. Maydalanish egatining 4 turi tafovut qilinadi:1) meridional egat - zigotaning meridional chizig`idan o`tadi;2) ekvatorial egat zigotaning ekvator chizig`idan o`tadi; 3) longitudinal egat - zigotaning ekvatoriga parallel o`tadi; 4) tangentsial egat - tangentsial yo`nalishda o`tadi.Zigotaning maydalanish jarayoni tuxum hujayraning sitoplazmasidagi oziqa miqdoriga bog`liq, negaki, oziqa moddaning ko`pligi maydalanishni qiyinlashtiradi yoki unga qarshilik ko`rsatadi. Shunga ko`ra umurtqali hayvonlarda tuxum hujayra maydalanishining 2 turi farqlanadi.1. Goloblastik yoki to`liq maydalanish. Bunda tuxumning hammasi maydalanadi va maydalanish egati ham animal, ham vegetativ qutblardan o`tadi. Goloblastik maydalanish o`z navbatida 2 turga bo`linadi: a) to`liq, tekis maydalanish (37-rasm, a). Bunday maydalanish natijasida hosil bo`layotgan blastomerlarning hammasi taxminan bir xil kattalikka ega bo`ladi. Bunday maydalanish lansetnikning izoletsital tuxumiga xosdir; b) to`liq notekis maydalanishda (37-rasm, b) tuxum hujayraning hammasi maydalanadi. Lekin vegetativ qutbda sariqlik moddasi ko`p bo`lganligi sababli bu qutbdagi maydalanish animal qutbning maydalanishidan orqada qoladi. Animal qutb blastomerlari tezroq bo`linganligi sababli sariqlikka boy bo`lgan vegetativ qutb blastomerlaridan maydaroq bo`ladi. Bunday maydalapish amfibiylardagi mezoletsital tuxumlarga xosdir.Maydalanish homila pufagi yoki blastulaning hosil bo`lishi bilan tugaydi. Lansetnikda va amfibiylarda kuzatiladigan tipik blastulalarda blastoderma deb ataluvchi devori va bo`shliq - blastotsel farqlanadi (38-rasm, a). Bundan tashqari, blastulaning tomi, tubi va qirg`oq zonalari farqlanadi. Lansetniklarda maydalanish faqat uch xil egatlar (meridional, ekvatorial, longitudinal egatlar) orqali o`tgani uchun blastoderma bir qavatli bo`ladi. Amfibiylarda maydalanish jarayonida yana tangensial egat ham o`tganligi uchun blastoderma ko`p q avatli bo`ladi (38-rasm, b). Notekis maydalanish natijasida blastulaning tomi va qirg`oq zonalari mayda, tubi esa blastotselga bo`rtib chiquvchi sariqlikka boy bo`lgan (davom etuvchi) yirik blastomerlardan