4.8-jadvaldagi ehtimollik taqsimoti A aktsiyalariga sarmoya kiritadigan bo’lsak, u holda 10% lik daromadlilikka ega bo’lishimizni anglatadi. Buning ehtimolligi boshqa ikki qiymatdagi daromadlilik – 10% va 30% ni olish ehtimolligidan uch marta ko’p sanaladi.
4.12-rasm. Daromadlilik ehtimollarining taqsimoti Daromadlilikning kutilgan stavkasi (daromadlilikning o’rtacha qiymati) barcha ehtimoliy stavkalarni mos ravishda ularni olish ehtimollariga ko’paytmasining summasi sifatida aniqlanadi:
(4.63)
Ushbu formulani ko’rib chiqilgan holat uchun qo’llab, A aksiyalari daromadliligining kutilgan stavkasi quyidagiga tengligini aniqlaymiz:
E(r) = 0,2 * 30% + 0,6 *10% + 0,2 * (-10%) = 10%. Ayonki, bu holatda daromadlilik stavkasi to’la aniqlik holatidagiga nisbatan qanday bo’lishiga kuchliroq shubhalanamiz.
Endi esa boshqa misolni ko’rib chiqamiz. Qandaydir V kompaniyasi aktsiyalari daromadliligining ehtimoliy ko’rsatkichlari diapazoni A aktsiyalariga nisbatan kengroq. A aksiyalarining ehtimollik taqsimoti V aktsiyalarining ehtimollik taqsimoti bilan 4.9-jadval va 4.13-rasmda taqqoslanadi.