Bunda ikkala aksiyalar uchun ehtimollik ko’rsatkichlari bir xilligi, lekin V da daromadlilik tebranishlarining diapazoni kengligiga e’tibor qaratish lozim. Agar iqtisodiyotda o’sish sur’ati qayd etilsa, V aktsiyalari o’z aktsiyadorlariga 50% daromadlilik, A aktsiyalari esa faqat 30% daromadlilik keltiradi. Lekin agar iqtisodiy ahvol yomonlashsa, V aktsiyalari daromadliligi – 30% gacha, A aktsiyalari esa – faqat – 10% gacha tushib ketadi. Boshqacha aytganda, V aktsiyalariga investitsiyalarning daromadlilik ko’rsatkichlari kuchliroq o’zgaradi, o’z navbatida esa, ular riskliroq hisoblanadi.
4.13-rasm.A va B aksiyalarining daromadlilik ehtimollari taqsimoti Avval qayd qilinganidek, aktsiyalarning daromadlilik ko’rsatkichlari o’zgaruvchanligi ularning ehtimoliy diapazoni va favqulodda qiymatlar paydo bo’lish ehtimoliga bog’liq. Daromadlilikning ehtimoliy ko’rsatkichlarini olish ehtimolliklari taqsimotida o’zgaruvchanlikni hisoblash va o’lchash uchun moliyada o’rtacha kvadratik og’ish σ (standart og’ish) juda keng qo’llanilib, bizning misolimizda uni quyidagicha aniqlash mumkin:
(4.64)
Bu erda matematik kutish (o’rtacha qiymat) quyidagiga teng:
(4.65)
Standart og’ish qancha katta bo’lsa, aksiyalarning o’zgaruvchanlik ko’rsatkichi shuncha yuqori bo’ladi.
A va B aktsiyalari uchun EA(ri) = EB(ri) = 10%.
A aksiyalari uchun standart og’ish quyidagiga teng:
𝜎𝐴2 = (0,2)(30% − 10%)2 + (0,6)(10% − 10%)2 + (0,2)(−10% − 10%)2 𝜎𝐴= 12,65%