Bitiruv malakaviy ish “Quloqlashtirish” va “quloqlar taqdiri” masalasining arxiv hujjatlarida yoritilishi



Yüklə 471,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix07.01.2024
ölçüsü471,68 Kb.
#203686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
BMIning amaliy ahamiyati.
Ushbu tadqiqot ishimiz amaliy ahamiyatga 
ham ega bo‗lib, izlanish natijasida vujudga kelgan ma‘lumotlar, xulosalar, 
umumlashtirishlar va o‗zaro qiyoslashlar O‗zbekistonda yoppasiga jamoalashtirish 
siyosati va uning oqibatlari tarixini arxivshunoslik nuqtai-nazaridan o‗rganish va 
bu haqda ma‘lum bir tasavvur xosil qilishga xizmat qiladi. 
Tadqiqotda 
keltirilgan 
ma‘lumotlardan, umumlashtiruvchi nazariy-
xulosalardan ta‘limning turli bosqichlarida dars o‗tishda foydalanish mumkin.
BMIning tuzilishi
kirish, ikki bob va xulosa qismlaridan iborat. 
SHuningdek, unda foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati ham keltirilgan.
2
Шамсутдинов Р.Т. Ўзбекистонда советларнинг қулоқлаштириш сиѐсати ва унинг фожеали оқибатлари. 
Тошкент, «Шарқ», 2001. Шамсутдинов Р.Т. Қишлоқ фожеаси: жамоалаштириш, қулоқлаштириш, сургун. 
(Ўрта Осиѐ республикалари мисолида) Тошкент, «Шарқ», 2003. 



1-bob. XX asr 30-yillarida O„zbekistonda amalga oshirilgan quloqlashtirish 
siyosatining umumiy tavsifi 
1.1. Quloqlashtirish masalasiga ilmiy tadqiqotlar orqali yondashuvning o„ziga xos 
xususiyatlari 
O‗zbekistonning sovetlar davri tarixidagi etarli darajada o‗rganilmagan 
masalalaridan biri bu jamoalashtirish asosida o‗tkazilgan dehqon xo‗jaliklarini 
«quloq» qilish, surgun qilish va uning oqibatlari masalasi hisoblanadi. Sovetlar 
davrida bu mavzu haqqoniy tarzda o‗rganilmadi. CHunki, markscha-lenincha 
arxivshunoslik metodologiyasi va kommunistik mafkura bu masalanihaqqoniy 
o‗rganishni inkor etar edi. SHu boisdan ham bu davrda quloqlashtirish va u bilan 
bog‗liq masalalar soxtalashtirilib, buzib talqin qilindi. Sovet davri adabiyotlarida 
«quloq»lar «qishloq burjuaziyasi», «aksilinqilobchilar», «xalq dushmanlari», 
«kolxoz dushmanlari» degan nomlar bilan atalib kelindi. O‗ziga to‗q badavlat, 
ishbilarmon dehqon xo‗jaliklarining umumiy nom bilan - quloq, ya‘ni 
«mushtumzo‗r» deb atalganligi ham tarixning naqadar soxtalashtirilganligidan 
darak beradi. Bu holatning yuzaga kelishining bir qancha asosli sabablari bor edi, 
albatta. Taniqli tarixchi olim, professor R.SHamsutdinov to‗g‗ri ta‘kidlaganidek 
«tadqiqotchilar zamona zayli, hukmron tuzum va uning mavkuraviy, siyosiy 
bosimi, taz‘yiqi bilan O‗rta Osiyodagi agrar o‗zgarishlarni, jamoalashtirish, quloq 
qilish va surgun qilish jarayoni va mohiyatini to‗la ochib bera olmaganlar, 
manbalarga tanqidiy yondosha bilmaganlar, asosiy manbalardan foydalanish 
imkoniga ega bo‗lmaganlar, haqiqiy dalillarni chetlab o‗tganlar, hamma narsani 
ijobiy baholaganlar, salbiy, fojeali jihatlarni atayin tushirib qoldirganlar, tarixiy 
mavzudagi tadqiqot ishlari zamonaviylashtirilgan, soxtalashtirilgan, o‗ta 
mafkuralashtirilgan‖
1.
Sovet davri o‗zbek agrar arxivshunosligida «quloq» xo‗jaliklarining 
tugatilishi va taqdiri masalasi alohida bir mavzu sifatida, tadqiqot ob‘ekti sifatida 
1
Шамсутдинов Р. Қишлоқ фожеаси: жамоалаштириш, қулоқлаштириш, сургун. (Ўрта Осиѐ республикалари 
мисолида) Тошкент «Шарқ» 2003 Б.8 



o‗rganilmagan. Masalaning ayrim jihatlari qishloq xo‗jaligini jamoalashtirish 
tarixiga doir adabiyotlarda yoritib o‗tilgan xolos. 
«Quloq» xo‗jaliklarining sinf sifatida tugatilishi masalasini alohida mavzu 
sifatida 
umumlashtiruvchi 
tadqiqotlar 
Ittifoq 
miqyosida 
olib 
borilgan. 
Kommunistik mafkura ruhidagi bunday tadqiqotlar qatoriga G.Glezerman. 
V.Drobijev, I.Grifonov, A.Finarov, N.Ivnitskiy monografiyalarini kiritish 
mumkin.
2
Mazkur asarlarda masala butun ittifoq miqyosida o‗rganilganligi bois, ayrim 
respublikalardagi, jumladan O‗zbekistondagi «quloq» xo‗jaliklarining tugatilish 
jarayonlari to‗la, batafsil aks ettirilmagan. SHuningdek, respublikadagi 
«quloqqilish» siyosatining o‗ziga xos tomonlari, xususiyatlari, alohida jarayonlari 
ochib berilmagan. Umuman, bu asarlarda ham o‗rganilgan masala ta‘kidlab 
o‗tilganidek, totalitar tuzum talabi va andozasi bilan tahlil qilingan ijobiy 
baholangan. Ularning mazmun-mohiyati tadqiqotlarning nomlanishidan ham to‗la 
bilinib turadi. 
Agrar tarixdagi bu soxtaliklar faqatgina ilmiy adabiyotlardagina emas, balki 
badiiy adabiyotlarda dissertatsiyalarda ham o‗z aksini topgan. Bu kabi asarlarning 
barchasida «quloqlarni sinf sifatida tugatish» siyosati va u bilan bog‗liq tadbirlar 
kompartiya va sovetlarning agrar siyosati va amaliyotining ulkan yutug‗i sifatida 
ijobiy baholanib, ko‗kka ko‗tarib maqtalgan. 
SSSR deb atalgan qizil saltanatning parchalanishi va mustabid tuzumning 
qulashi bilan O‗zbekiston ham o‗zining mustaqil taraqqiyot yo‗liga qadam qo‗ydi. 
SHu davrdan e‘tiboran milliy o‗zlikni anglash, qadriyatlarni tiklash borasida ham 
keng qamrovli ijobiy o‗zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Vatanimiz tarixidagi 
«oq va qora dog‗lar» qatorida sanaluvchi «quloqlashtirish» siyosati va uning fojiali 
oqibatlari mavzusini ham haqiqat va adolat mezonlari asosida chuqur o‗rganish 
2
Глизерман Г. Ликвидация эксплуататорских классов и преодоление классових различий в СССР. Москва, 
1949 Дробижев В. Ликвидация эксплуататорских классов и преодоление классових различий в СССР. 
Москва, 1966 Трифонов И.Я. Очерки истории классовой борьбЎ в СССР в годи НЭП а (1921-1937 гг) 
Москва 1960; ўша муаллиф Ликвидация эксплуататорских классов и преодоление классових различий в 
СССР. Москва, 1975 Финаров А.П. К вопросу о ликвидации кулачества как класса и о судьбе бувших 
кулаков в СССР. Москва 1961 Ивницкий Н.А. Классовая борьба в деревне и ликвидация кулачества как 
класса. (1929-1932 гг) Москва 1972.


10 
imkoniyatlari yuzaga keldi. O‗zbek tarixchi-olimlari haqiqat yo‗lidan borib, 
sovetlar davrida soxtalashtirib talqin qilingan milliy tariximiz sahifalarini haqqoniy 
yoritish, uni har taraflama chuqur o‗rganish, uning barcha ijobiy va salbiy taraflari 
bilan xolisona baho berish sari izlanishlarni boshlab yubordilar. 
Mazkur mavzuni tamoman yangi metodologiya, yangi ruhda yoritishni ham 
akademik R.H.Aminova birinchi bo‗lib boshladi. Olima o‗zining bir qator 
maqolalarida va monografiyasida avvalgi qarashlaridan tamoman voz kechib, 
jamoalashtirish siyosatining illatlari qatorida quloqlashtirish amaliyotining ham 
tamoman xato siyosat ekanligini, u o‗zbek dehqonlari boshiga ulkan kulfatlar 
keltirganligini aniq dalillar bilan fosh etishga harakat qildi. 
R.Aminova o‗z tadqiqotlarida eng avvalo «quloqlar»ning ijtimoiy mavqeiga 
adolatli baho berib, ularning ishbilarmon, tadbirkor dehqonlar qatlami 
bo‗lganligini ta‘kidlaydi. Olimaning fikricha «Quloqlar bir necha yil ilgari er olib, 
o‗z mehnati evaziga ma‘mur yashayotgan kishilar edi.»
1
R.Aminova 
jamoalashtirish 
tarixiga 
bag‗ishlangan 
boshqa 
bir 
monografiyasida
2
quloq qilish mexanizmi va uning O‗zbekistondagi ko‗rinishiga 
doir misollar keltirib o‗tadi. Muallif bu haqda to‗xtalib o‗tar ekan,O‗zbekistonda 
jamoalashtirish davrida tom ma‘nodagi «quloq»lar bo‗lmaganligini, mavjudlari, 
ya‘ni katta er–mulkka ega bo‗lgan dehqon xo‗jaliklari 1925-1929 yillardagi er-suv 
islohoti davridayoq tugatib yuborilganligini ta‘kidlaydi. Uning fikricha, 
jamoalashtirish davrida tugatib yuborilgan dehqon xo‗jaliklari o‗zining ijtimoiy 
holatiga ko‗ra Rossiyadagi «quloq»lar bilan tenglasholmas edi. CHunki 
Rossiyadagi 
«quloq»larning 
erlari 
50-100 
desyatina miqdorida bo‗lib, 
O‗zbekistondagi «quloq»lar eri 10-15 desyatinadan oshmagan. 
Asarda 
respublikadagi 
«quloqlashtirish» 
jarayonlari 
va 
uni 
amalgaoshirishdagi mahalliy rahbarlarning zo‗ravonliklari, quloqlar mol-
mulkining musodara qilinishi va surgun qilinish jarayonlari atroflicha yoritilgan va 
bunga qator misollar keltirib o‗tilgan. 
1
Аминова Р. Коллективлаштириш қашшоқлаштириш демак// «Шарқ юлдузи», 1992 №12 Б.185 
2
Ўша жойда. 


11 
Sovet hukumati va kommunistik partiyaning «quloq» qilishga doir qator 
ko‗rsatmalarining o‗zbek qishlog‗iga zid tomonlari asarda ko‗rsatib o‗tilgan. Bu 
ko‗rsatmalarga binoan qishloqlarda kambag‗allar yig‗ini va siyosiy uchliklar orqali 
«quloq» xo‗jaliklarini aniqlash va ro‗yxatga olish, toifalarga ajratish jarayonida 
ko‗plab o‗rtahol va kambag‗al dehqonlarning «quloq»lar ro‗yxatiga tushib 
qolganligi kabi hodisalar qator misollar asosida yoritilgan. 
Asarda tugatilgan «quloq» xo‗jaliklarini respublika bo‗ylab va respublikadan 
tashqariga surgun qilish va ularning miqdori haqida ham aniq raqamlar keltirilgan: 
«Rasmiy ma‘lumotlarga ko‗ra O‗zbekistondan respublikaga surgun qilingan 
quloqlar miqdori 5550 xo‗jalikni tashkil qildi. Ulardan 2000 xo‗jalik Farg‗ona 
vodiysidan, 900 xo‗jalik Toshkent okrugidan, 300 xo‗jalik Zarafshon vodiysidan, 
600 xo‗jalik Qashqadaryookrugidan, 400 xo‗jalik Surxondaryo okrugidan, 700 
xo‗jalik Xorazm vohasidan va 50 xo‗jalik Konimex rayonidan surgun qilindi».
1
Muallif respublikada tugutilgan «quloq» xo‗jaliklarining aksariyati 1931 
yilda O‗rta Osiyo bo‗ylab va Ukrainaga surgun qilinganligini, 1932 yildan esa 
SHimoliy Kavkaz va Qozog‗istonga badarg‗a qilinganligini aytib o‗tadi. Asarda 
aytilishicha, respublikadan Ukrainaga 3,5 mingdan ziyod «quloq» oilalari 
ko‗chirilgan, O‗rta Osiyo respublikalariga esa 2 ming boy oilalari ko‗chirilgan.
2
R.Aminova xulosa qiladiki, umuman jamoalashtirish davrida O‗zbekistonda 
tugatilgan «quloq» xo‗jaliklari 11-12 ming atrofida bo‗lib,oilalari bilan birga 
hisoblaganda kamida 60 ming kishi quloqlashtirish siyosatidan jabr ko‗rgan.
3
Respublikadan tashqariga surgun qilingan o‗zbek «quloq»larining Ukraina va
SHimoliy Kavkazda paxtachilik bilan shug‗ullanganligiga doir asarda qisqacha 
ma‘lumot berib o‗tilgan. 
A.Golovanov o‗z tadqiqotlarida
4
1917-1937 yillardagi o‗zbek qishlog‗ining 
ijtimoiy holatini yangicha qarashlar asosida tadqiqqilib, sovetlarning bu yillarda 
1
Кўрсатилган асар Б.48 
2
Ўша асар Б.49 
3
Аминова Р.Х. Кўрсатилган асар Б.49 
4
Голованов А.А. Крестьянство Узбекистана: эволюция социального положения 1917-1937 гг. Т., «Фан» 
1992.


12 
o‗zbek qishlog‗ida olib borgan agrar siyosatining o‗ziga xos salbiy xususiyatlari va 
uning oqibatlarini tahlil qiladi. Sovet hukumatining o‗ziga to‗q xo‗jaliklariga 
nisbatan olib borgan iqtisoidy va siyosiy cheklash siyosati, «quloq» qilish va uning 
xususiyatlari masalasi ham tadqiqotda o‗z aksini topgan. Muallif «quloq» degan 
atamaning paydo bo‗lishi va «quloq»larga qarshi kurashning yil sayin turli 
ko‗rinish va usullarda kuchayib borishi va nihoyat jamoalashtirish avjida ularning 
batamom tugatib yuborilganligi jarayonlarini tafsilotli tarzda yoritgan. Olim bu 
masala bo‗yicha ilgari surgan nazariy xulosalariga asoslanib shunday fikr bildiradi: 
«Quloqlarni sinf sifatida tugatish» tig‗iga asosan o‗rtahol dehqonlar ro‗para 
bo‗ldilar. Tom ma‘noda «quloq» deb atash mumkin bo‗lgan xo‗jaliklar aslida 
inqilobdan keyingi dastlabki yillardayoq tugatib bo‗lingan edi. Oqibatda qishloqda 
YAngi Iqtisodiy siyosat tufayli yuzaga kelgan yangi o‗rtahol qatlam vakillari 
«quloq» qilindilar, O‗zbekistonda faqat 1930 yilning o‗zida 268 o‗rtahol dehqon 
xo‗jaliklari «quloq va boy xo‗jalik» sifatida tugatildi».
1
Asarda respublikaning ayrim joylarida quloqqilish kompaniyasida yuz 
bergan zo‗ravonliklarga doir misollar, asosli dalillar keltirib o‗tilgan, xatto bu 
harakatlarda terroristik usullar ham qo‗llanilganligi arxiv ma‘lumotlari asosida 
ko‗rsatilgan. 
Keyingi yillarda masalaga shu ruhda yondoshgan bir qancha asarlar chop 
qilindi.
2
Ularda «quloq» qilishning ayrim jihatlari, unga aloqador masalalar 
yangicha 
metodologiya 
asosida 
tahlil 
qilingan. 
Mazkur 
tadqiqotlarda 
«quloq»larning aslida kimlar bo‗lgani, ularga nisbatan qo‗llanilgan zo‗ravonlarcha 
siyosatning haqqoniy manzarasi oshkora ochib tashlangan. Biroq bu asarlarda 
«quloqqilish» masalasi alohida bir mavzu sifatida tadqiqqilinmagan, yoki asarning 
alohida bir bobi sifatida ajratilmagan. SHu bilan birga bu ishlarda «quloq» 
1
Голованов А.А. Кўрсатилган асар Б.130
2
Қаранг: Ражабова Р.Ё. ва бошқалар Ўзбекистон тарихи Умумтаълим мактабларининг 9-синфи учун дарслик 
Т., «Ўқитувчи» 1994 Алимова Д.А. ва бошқалар Ўзбекистон тарихи Ўрта мактабларнинг 10-синфи учун 
дасрлик Т., «Шарқ» 2000 Шамсутдинов Р., Каримов Ш. Ватан тарихи (Ўзбекистон Ш
Ў
ролар истибдоди 
даврида) Иккинчи китоб, иккинчи қисм Андижон 1998 Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари (Масъул муҳаррир 
проф. Д.А.Алимова) Т., «Шарқ» 2001 Ўзбекистоннинг янги тарихи Иккинчи китоб Ўзбекистон совет 
мустамликачилиги даврида Т., «Шарқ» 2000 ва бошқалар


13 
xo‗jaliklarining keyingi taqdiri, ularning ayanchli qismati xususida boron-bir 
ma‘lumot keltirilmagan. Jumladan, O‗zbekistonning yangi tarixi markazi 
tomonidan 
tayyorlangan 
fundamental 
tadqiqot 
asarida
3
«quloqlar», 
«quloqlashtirish», uning mexanizmi, uni amalga oshirishdagi qonunbuzarlik va 
zo‗ravonliklar batafsil aks ettirilgani holda, quloqlarning keyini taqdiri masalasi 
o‗rganilmagan. Lekin bu asarlarning eng muhim tomoni shundaki, unda ushbu 
mavzuni o‗rganish va tadqiq etishga doir aniq konseptual – metodologik g‗oyalar 
ilgari surilgan. 
Quloqlashtirish va «quloq»larning keyingi fojiali taqdiri masalasini tadqiq 
etish so‗nggi vaqtlarda qizg‗in davom etmoqda. Bu o‗rinda R.T.SHamsutdinov, 
N.Karimov, M.Abdullaevlarning bir qator maqola va ilmiy tadqiqotlarini ko‗rsatib 
o‗tish joizdir.
1
Bu maqolalarda o‗zbek arxivshunosligida birinchi bor 
«quloq»larning taqdiri xususida so‗z yuritilgan, Tadqiqotlarda asosan, 
O‗zbekistondan Ukrainaning Xerson viloyatiga surgun qilingan «quloq» 
xo‗jaliklari va ularning fojeali taqdiri keng ko‗lamdagi arxiv xujjatlari asosida 
atroflicha tahlil qilingan. Ularda «quloq»larning Ukrainaga surgun qilinishi va 
joylashtirilishi, paxtachilik sohasidagi mashaqqatli mehnati, 1933-1934 yillardagi 
ocharchilikdan tortgan azob-uqubatlari, 1937-1938 yillardagi qatag‗onliklar va 
o‗zbek «quloq»lari va farzandlarining Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki 
masalalari batafsil yoritilgan. Tadqiqotlarda o‗zbek «quloq»larining aniq 
miqdorihaqida ma‘lumotlar berilgan, shuningdek, qatag‗on tig‗idan halok bo‗lgan 
o‗zbek quloqlari nomma-nom sanab o‗tilgan. Eng muhim tomoni shuki, quloqlar 
va ular farzandlarining urushda ishtirok etishi masalasining bu maqolalarda 
yoritilishi o‗zbek arxivshunosligi uchun muhim yangilik bo‗ldi. CHunki bu masala 
arxivshunoslikda bu vaqtga qadar umuman o‗rganilmagan edi. Tadqiqaotlarda 
3
Ўзбекистоннинг янги тарихи. Иккинчи китоб Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Т., «Шарқ» 
2000 
1
Шамсутдинов Р. Шоҳид кетган «қулоқлар» // «Ўзбекистон овози» 1999 16-18 декабрь; Шамсутдинов Р., 
Абдуллаев М. «Қулоқлар» нинг Украинадаги ҳаѐти // «Туркистон» 2000 йил 12-19-26 февраль Ўша 
муаллифлар. Украинадаги Ўзбек «қулоқ» лари. Ўзбек «қулоқ» лари кимлар эди? // «Фан ва турмуш» 1999 
№5-6 2000 №1, №2 Ўша муаллифлар. Жангчи Ўзбек «қулоқ»лари // «Фан ва турмуш» 2000 №6 Каримов Н., 
Шамсутдинов Р. Шаҳидлар хотираси.Сургун, 
ғ
.
ғ
улом номидаги Адабиѐт ва санъат нашриѐти. Тошкент, 
2000 ва бошқалар. 


14 
Ukrainada yashayotgan o‗zbek «quloq»laridan urushda ishtirok etib halok bo‗lgan 
yoki bedarak yo‗qolgan vatandoshlarimizdan yuzdan ortig‗ining nomi keltirilgan 
va ular dafn qilingan joy haqida ma‘lumot berilgan. 
Ushbu maqolalarning matbuotda e‘lon qilinishi respublikamizda keng 
jamoatchilikning bu masalaga jiddiy qiziqishiga sabab bo‗ldi hamda ko‗plab 
tarixchi-olimlarning e‘tiborini o‗ziga tortdi. SHu bilan birga ushbu keng qamrovli 
mavzuning yangidan-yangi masalalari, qirraralari bo‗yicha yangi izlanishlar ham 
avj oldi. Bu masalalar bo‗yicha monografik tadqiqotlar va dissertatsion ishlar 
vujudga keldi. Bu borada keyingi paytda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlardan 
salmoqlisi sifatida R..T.SHamsutdinov qalamiga mansub monografiyani ko‗rsatib 
o‗tish mumkin.
1
Ushbu fundamental ilmiy tadqiqot ishi keng ko‗lamdagi birlamchi 
manbalar va arxiv xujjatlari asosida yaratilgan bo‗lib, monografiya bu mavzu
arxivshunosligida qo‗yilgan jiddiy qadam bo‗ldi. 
Ushbu monografiyada jamoalashtirish va quloqlashtirish masalasida 
mustabid totalitar tuzum davridagi hkmrok mafkura, «quloq»lar masalasida partiya 
va sovet davrlat arboblarining qarashlari va bu qarashlarga muqobil bo‗lgan 
g‗oyalar, ayniqsa o‗zbek davlat arboblari va jamoatchilik vakillarining qarashlari 
bu davrga qadar ilmiy muomalaga kiritilmagan arxiv xujjatlari va boshqa ko‗plab 
manbalar asosida atroflicha tahlil qilingan. Muallif kommunistik partiya va sovet 
davlatining jamoalashtirish siyosati va amaliyoti boshqa xaqlar qatori o‗zbek xalqi 
manfaatlariga to‗g‗ri kelmaganligi, dehqonlarning kolxoztuzumiga, quloqqilish 
siyosatiga qarshi ko‗rsatgan ommaviy norozilik harakatlari ko‗plab faktik xujjatlar 
asosida ochib berilgan. Monografiyada ayniqsa, quloqqilish mexanizmini tahlil 
qilishga, quloq sifatida Ukrainaga va respublikaning chekka hududlariga surgun 
qilingan dehqon xo‗jaliklarining surgun qilinish jarayonlari, begona yurtlardagi, 
maxsus mehnat posyolkalardagi «quloq»larning og‗ir va fojeali hayoti, ularning 
keyingi yillardagi ayanchli qismatini yoritishga keng o‗rin berilgan. 
1
Шамсутдинов Р.Т. Ўзбекистонда советларнинг қулоқлаштириш сиѐсати ва унинг фожеали оқибатлари 
Тошкент, «Шарқ», 2001.


15 
Mazkur ilmiy tadqiqot «quloq» qilish va uning oqibatlari masalasiga 
bag‗ishlangan arxivshunosligimizdagi birinchi monografik tadqiqot ekanligi va 
uning keng va boy, xilma-xil manbaviy bazaga asoslanganligini alohida ta‘kidlab 
o‗tmoq lozim. Muallif o‗z tadqiqotida ham vatanimizda, ham xorijda nashr etilgan 
ko‗plab xujjatlar to‗plamlaridan, shuningdek respublikamizdagi hamda Rossiya, 
Ukraina davlatlaridagi arxiv xujjatlaridan unumli foydalangan. Muallif Andijon, 
Farg‗ona, Toshkent viloyatlari davlat arxivlari, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
Davlat arxivi, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni arxivi xujjatlaridan 
kifoyalanib qolmay, ayni vaqtda Moskva, Kiev, Odessa, Xerson, Nikolaev 
viloyatlari arxivlarida saqlanayotgan xujjatlaridan ham keng miqyosda 
foydalangan va ularni birinchi bor ilmiy iste‘molga kiritgan. SHuningdek, 
monografiyaning manbalar bazasida O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar 
vazirligi arxivi, Milliy xavfsizlik xizmati arxivi, Andijon viloyat ichki ishlar 
boshqarmasi arxivi materiallari ham muhim ahamiyat kasb etgan. 
Monografiyani 
mazmun 
jihatdan 
boyitishda 
o‗sha 
mudhish 
«quloqlashtirish» fojealarini boshdan kechirgan, o‗z ko‗zi bilan ko‗rib, jabrini 
tortgan kishilarning matbuotda e‘lon qilingan esdaliklari hamda muallif tomonidan 
yozib olingan xotiranomalar ham muayyan rol o‗ynagan. Monografiyada mavzu 
yuzasidan ko‗pdan-ko‗p fikr-mulohazalar bayon qilingan, milliy g‗oya va milliy 
mafkura ruhidagi nazariy xulosalar chiqarilgan. Ushbu mavzuning yangidan-yangi 
yo‗nalishlarda va miqyoslarda o‗rganishga, ilmiy izlanishlarga da‘vat etuvchi 
yo‗llanmalar va tavsiyalar ilgari surilgan. Haqiqatan ham, ushbu monografiyaning 
e‘lon qilinishi ushbu mavzuning turli masalalarini alohida tadqiq etishga keng yo‗l 
ochib berdi. Jumladan, M.Abdullaev mazkur mavzuning bir yo‗nalishi bo‗yicha 
nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
1
M. Abdullaev o‗z dissertatsiyasida mazkur mavzuni yangicha yondashuvlar 
asosida yoritishga, masalaning muhim jihatlarini xolisona tahlil qilishga harakat 
qilgan. Dissertatsiya shu paytga qadar ilmiy iste‘molga kiritilmay kelgan arxiv 
1
Абдуллаев М. Ўзбекистонда советларнинг «қулоқ» қилиш сиѐсати ва унинг фожеали оқибатлари (1929-
1945 йиллар) Тарих фанлари номзоди илмий даражаси учун диссертация автореферати. Тошкент 2000.


16 
xujjatlari,manbalar, faktik materiallar asosida bajarilgan. Muallif o‗z 
dissertatsiyasida O‗zbekistondagi jamoalashtirish va «quloq» qilish jarayonini 
xolisona vahaqqoniy yoritishga harakat qilar ekan, mavzuda alohida o‗rin tutgan 
bir qancha masalalarning yangicha talqinini ilgari surgan. Jumladan, 
jamoalashtirish 
arafasida 
respublikadagi 
ijtimoiy-siyosiy 
ahvol, 
sovet 
hukumatining «quloq» xo‗jaliklariga nisbatan yuritgan cheklash siyosati, 
«quloq»larni sinf sifatida tugatilishi va uning ijtimoiy oqibatlari ishonarli tarzda 
ifodalangan. Dissertant O‗zbekistonning o‗zida tashkil qilingan mehnat 
posyolkalari va u erga surgun qilinganlar mehnat faoliyati va taqdirini o‗rganishga 
atroflicha to‗xtalib o‗tgan. Dissertatsiyada respublikada tashkil qilingan mehnat 
posyolkalari miqdori, u erdagi «quloq»larning soni va milliy tarkibihaqida aniq 
raqamlar keltirilgan. SHuningdek ushbu mehnat posyolkalaridagi «maxsus 
ko‗chirilganlar»ning mehnat faoliyati, turmush tarzi va qismati xususida ham keng 
ma‘lumot 
berilgan. 
Umuman, 
dissertatsiyada 
respublikadagi 
mehnat 
posyolkalaridagi «quloq»larning 1945 yilgacha bo‗lgan ijtimoiy-iqtisodiy hayot 
tarzi batafsil yoritilgan. Ukrainaga surgun qilingan o‗zbek dehqonlarining bu 
o‗lkadagi fojeali qismati masalasi ham batafsil yoritilgan. Umuman, ushbu 
nomzodlik dissertatsiyasini quloqlashtirish va uning oqibatlari masalasini 
yangicha yondoshuvlar asosida, haqqoniy ravishda yoritishga qo‗shilgan muhim 
hissa deb baholash mumkin. 
Mustaqillikdan keyingi yillarda «quloq»lik azob-uqubatini, mehnat 
posyolkalaridagi mashaqqatli hayot, zo‗ravonlik va zulm kulfatlarini tortgan 
sobiqquloqlarning esdaliklari
1
ham nashr qilindi va ular mazkur mavzu 
arxivshunosligida o‗ziga xos o‗rin egallaydi. Bu kabi esdaliklar, xotiranomalar 
ushbu mavzuning tahlil va talqinini yanada kengaytirish, aniqlik kiritishga yordam 
beradi hamda bu borada tadqiqotchilarga muayyan tayanch bo‗lib xizmat qiladi. 
CHunki, ushbu esdaliklarda o‗sha mudhish davrning ruhiyati, fojeasi ifodalangan. 
1
Эгамназаров А. Сургун (ҳужжатли қисса, очерклар, мақолалар) Т., «Адолат», 1999 Боқий Набижон, 
Ҳамидов Хожиакбар Мени ѐд эт. Т., 
ғ
.
ғ
улом номидаги Адабиѐт ва санъат нашриѐти 2000 йил Иброхим 
Карим Бегона (Давр фожеаси менинг тақдиримда) Биринчи китоб Т., «Янги аср авлоди»», 2001 ва бошқалар


17 
Keyingi paytda O‗zbekistondagi jamoalashtirish va u bilan bog‗liq «quloq» 
qilish siyosatining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yangicha tadqiq etish va tahlil 
qilish ishlari birmuncha faollashdi. Bu boradagi ilmiy izlanishlarning ko‗lami va 
yo‗nalishlari yanada kengaymoqda. Bu mavzuda olib borilayotgan ilmiy 
izlanishlarda Andijonda tashkil qilingan professor R.SHamsutdinov rahbarligidagi 
«Me‘ros» ilmiy amaliy xalqaro ekspeditsiya hayriya jamg‗armasining faoliyati 
tahsinga sazovordir. Ushbu hayriya jamg‗arma a‘zolarining O‗zbekiston viloyatlari 
bo‗ylab uyushtirgan bir nechta ekspeditsiyalari chog‗ida sobiqquloqlar, ularning 
farzandlari, umuman surgun azobini tortganlarning xotiralari, suratlari va ko‗plab 
qimmatli xujjatlar to‗plandi. O‗zbekistondan SHimoliy Kavkazga, Ukrainaga, 
O‗rta Osiyoning ichki rayonlariga surgun qilingan quloqlarning vakillari aniqlandi, 
ularning taqdiriga doir ko‗plab materiallar to‗plandi. SHuningdek, eks peditsiya 
yo‗li bilan Rossiyaga borilib, u erdagi turli arxivlardan mavzuga aloqador ko‗plab 
noyob xujjatlar olib kelindi. 
«Me‘ros» ilmiy-amaliy xalqaro ekspeditsiyasining bu ilmiy izlanishlarining 
natijasi o‗laroq matbuotda bir turkum maqolalar e‘lon qilindi.
1
Ushbu maqolalarda 
jamoalashtirish, quloqlashtirish va surgun qilish amaliyotining yangi yo‗nalishlari 
va qirralari butun O‗rta Osiyo respublikalari miqyosida yoritilgan. Xususan, 
O‗zbekistondan SHimoliy Kavkazga surgun qilingan o‗zbek dehqonlari qismati 
masalasiga doir ma‘lumotlar birinchi bor o‗rganilib, e‘lon qilingan. 
Professor R.SHamsutdinovning 2003 yilda nashr qilingan yirik tadqiqot 
asari
2
arxivshunosligiga qo‗shilgan katta hissa bo‗ldi. Ushbu tadqiqotda 
jamoalashtirish, «quloq» qilish va surgun qilish, surgundagi «quloq»larning fojeali 
taqdiri masalasi butun O‗rta Osiyo respublikalari miqyosida tahlil qilingan. 
1
Шамсутдинов Р., Худоѐров Н. Қулоқлар сургуни. «Мулоқот» 2002 йил 3,4 сонлар Шамсутдинов Р. 
Қулоқлар сургуни. «Жамият ва бошқарув» 2002 йил 4-сон Шамсутдинов Р. Ўзбек деҳқонларининг Шимолий 
Кавказга сургун қилиниши. «Ўзбекистон тарихи», 2003 йил 1-сон Шамсутдинов Р. Муҳожирликдаги 
қулоқлар «Мулоқот» 2003 йил 4-5 сонлар; Шамсутдинов Р. Мудҳиш ҳукмлар, фожеали тақдирлар.«Жамият 
ва бошқарув» 2003 йил 2-сон Шамсутдинов Р. Ойболта к
ў
тарган «учлик» –«Ўзбекистон овози», 2003 йил 28 
август; Шамсутдинов Р. Фожеали тақдирлар-«Андижоннома», 2003 йил 5 апрель ва бошқалар 
2
Шамсутдинов Р. Қишлоқ фожеаси: жамоалаштириш, қулоқлаштириш, сургун (Ўрта Осиѐ республикалари 
мисолида) Тошкент «Шарқ» 2003.


18 
Ushbu salmoqli tadqiqot asari shu davrgacha ilmiy iste‘molga kiritilmagan 
keng ko‗lamli arxiv xujjatlari, vaqtli matbuot va turli-tuman xorijiy va mahalliy 
manbalar materiallari asosida yaratilgan bo‗lib, unda sovet hukumatining 
jamoalashtirish, dehqon xo‗jaliklarini «quloq» qilish siyosati va amaliyoti, 
quloqlarni surgun qilinishi va surgundagi fojeali hayot tarzi, sovetlar ta‘qibidan 
qochib xorijga chiqib ketishga majbur bo‗lgan muhojirlikdagi quloqlar taqdiri 
tahlil qilinib, uning mohiyati ochib berilgan. 
Tadqiqotda jamoalashtirish va quloq qilishdagi sovet hukumati va 
kompartiya rahbarlarining zo‗ravonliklari aniq dalillar asosida ko‗rsatib berilgan. 
Ayniqsa, dehqon xo‗jaliklarining bu zo‗ravonlik siyosatiga qarshi ommaviy 
norozilik harakatlari, ya‘ni qishloq inqilobi masalasi yaqin davrlargacha «mutlaqo 
mahfiy» tamg‗asi bilan saqlanib, sir tutib kelingan arxiv xujjatlari asosida birinchi 
bor ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Qishloq inqilobining xarakteri, mohiyati ochib 
berilgan 
Monografiyada tugatilgan quloq xo‗jaliklarini surgun qilish ishlari xatto 
jamoalashtirishdan keyingi yillarda ham davom etganligi va uning xususiyatlari 
masalasi atroflicha tahlil qilingan. Unda surgun qilishning 1930 yildan 1937 
yilgacha bo‗lgan jarayonlari yilma-yil yoritilgan va surgun qilinganlarning miqdori 
ko‗rsatilgan. SHuningdek, quloqlikdan qochib, O‗zbekistondan bosh olib chet 
mamlakatlarga ketib qolgan vatandoshlarimiz taqdiri va tarixiga doir tafsilotli 
ma‘lumot berilgan. 
Monografiyaning uchinchi bobida Ukraina va SHimoliy Kavkazga surgun 
qilingan o‗zbek «quloq»larining surgun davridagi og‗ir hayot tarzi va ayanchli 
taqdiri batafsil yoritilgan. SHuningdek, O‗rta Osiyodagi mehnat posyolkalari va 
ulardagi «maxsus ko‗chirilganlar» ijtimoiy tarkibi, yashash sharoitlari, mehnat 
faoliyatlari, posyolkalardagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma‘rifiy sharoitlar, 
qo‗loqlarning kamsitilishi, ularga nisbatan ta‘qib-taz‘yiqo‗tkazilishi kabi holatlar 
aniq faktik ma‘lumotlar asosida keng sharhlangan. Monografiyada «quloq»larning 
surgundan ozod bo‗lib, ona yurtlariga qaytishi va bu masala bo‗yicha sovet 
davlatining olib borgan tadbirlari masalasi ham chuqur, har taraflama yoritilgan. 


19 
Ushbu asar o‗zbek arxivshunoslik fanida yangi bir pog‗ona bo‗libgina qolmay, 
balki yaqin o‗tmish tarixihaqidagi xolis haqiqatni bilishga, mustaqilligimiz bergan 
qadriyatlarni asrab-avaylashga hamda ushbu mavzu bo‗yicha yangi ilmiy 
izlanishlar olib borishga da‘vat etadi. 
Muallif haqli ravishda ta‘kidlaganidek, arxivshunoslikda hali to‗la 
o‗rganilmagan masalalardan bo‗lmish «quloqlashtirish va uning oqibatlari 
mavzusini har taraflama, xolisona o‗rganish, milliy istiqlol mafkurasi, g‗oyasi 
ruhida haqqoniy talqin qilish davri etib keldi. Mazkur keng qamrovli mavzu 
bo‗yicha nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari himoya qilinishi, monografik 
tadqiqotlar yaratish badiiy asarlar, drammatik va kino asarlari yaratish, 
quloqqilinganlarning esdaliklari chop qilinishi ham katta ilmiy-amaliy, ma‘naviy-
ma‘rifiy ahamiyat kasb etadi. Eng asosiysi ushbu mavzuni o‗rganish, ilmiy 
jihatdan tahlil qilish agrar arxivshunoslikni rivojlantirish nuqtai-nazaridan g‗oyat 
dolzarbdir. 
Sovet tuzumi davrida ham, hozirgi kunda ham O‗zbekiston aholisining 
asosiy qismi qishloqlarda yashagani e‘tiborga olinsa, arxivshunoslikda qishloq va 
undagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-mafkuraviy hayot masalalarini tadqiq 
etish eng dolzarb masalalardan biri ekanligiga shubha qolmaydi. O‗zbek 
qishlog‗ining o‗qin o‗tmishi tarixini milliy istiqlol mafkurasi, yangicha 
metodologiya nuqtai-nazaridan o‗rganish, undan zarur xulosa va saboqlar chiqarish 
bugungi o‗zbek qishlog‗ining taraqqiyotini va istiqbolini belgilab beradi va mavjud 
muammolarni to‗g‗ri anglab etish imkonini beradi. 

Yüklə 471,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin