38
o‗zaro bog‗liqligi tamoyillari asosiga quriladigan bo‗ldi. Sovet tuzumi davrida
«mutlaqo maxfiy» tamg‗asi bilan sir tutib kelingan ko‗pdan-ko‗p xujjatlar e‘lon
qilina
boshlandi.
Natijada
mustaqillikning
dastlabki
yillaridanoq
arxivshunosligimizda yangicha yondoshuv, yangicha konsepsiya asosida turli
yo‗nalishlarda tadqiqotlar yuzaga kela boshladi. Jumladan
respublikada qishloq
xo‗jaligini yoppasiga jamoalashtirish va «quloq» qilish masalasiga bag‗ishlangan
ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqotlar e‘lon qilindi. Bu ham bo‗lsa mustaqillikning
sharofatidandir.
1990 yillardan e‘tiboran o‗zbek agrarshunos-tarixchilari haqiqat yo‗lidan
borishga intilib, o‗zbek qishlog‗ida sovetlar davrida amalga oshirilgan agrar
o‗zgartirishlarni qanday kechgan bo‗lsa, shundayligicha, barcha fojiali taraflari
bilan xolisona yoritishga harakat qildilar.
Sobiq Ittifoqda 1980-yillar ikkinchi yarmida qayta qurish siyosatining
boshlanishi bilan umumittifoq arxivshunosligida tub o‗zgarishlar yuz berib, uning
dolzarb muammo va mavzulariga yangicha nazar bilan qarash boshlandi. Bu
yillarda ittifoq miqyosida va respublikamizda
bir qator tarixchi, iqtisodchi va
faylasuflar bilan, yangi hujjat va dalillar asosida talqin qilgan ilmiy tadqiqotlari
yuzaga keldi. Bu borada ham avvalo rossiyalik tarixchi-olimlarning tadqiqotlari
xususida to‗xtalib o‗tmoq lozim. 80-yillar oxirida ittifoq miqyosida agrar masalani
xolisona va yangicha ruhda talqin qiluvchi bir qator asarlar yuzaga keldi. Bu
tadqiqotlarda birinchi bor yoppasiga jamoalashtirish siyosatining salbiy oqibatlari
xususida so‗z yuritilgan. Jumladan, V.P.Danilov o‗z tadqiqotlarida
1
jamoalashtirish
siyosatining
salbiy oqibatlari, ya‘ni qishloq xo‗jalik mahsulotlari etishtirishning
keskin kamayib ketishi, butun ittifoqda ocharchilikning vujudga kelishi va chorva
hayvonlarining keskin kamayib ketishi xususida yangi ma‘lumotlarni keltirib
o‗tadi.
Muallif o‗z tadqiqotida keltirgan raqamlar va ma‘lumotlar bevosita
O‗zbekistonga ham dahldordir.
1
Данилов В.П. Коллективизация : как это било? Страници истории советского обҳества. Люди, проблеми,
факти. М., Политиздат 1989 228-250 бетлар. Уша муаллиф. Коллективизация . . .Переписка на исторические
теми. Диалог ведѐт читатель М., Политиздат, 1989, Б.355-400
39
N.Mixaylov, N.Gepsovlar o‗z maqolalarida
2
1928-1929
yillarda qishloq
aholisiga nisbatan qo‗llangan «favqulodda choralar» tahlil qilinib, bu siyosat
tamoman insoniylikka zidligi, uning oqibatida qishloq aholisi xonavayron bo‗lgani
tahlil qilingan.
O‗zbekistonda qishloq xo‗jaligini yoppasiga jamoalashtirish siyosati
tarixini tamomila yangicha metodologiya, yangicha
ruhda yoritishni akademik
R.H.Amimova boshlab berdi. Akademik R.H.Aminova jamoalashtirish tarixini
avvalgi noto‗g‗ri talqinlardan, soxtalashtirish, buzilishlardan tozalashni,
voqea-
hodisalar aslida qanday kechgan bo‗lsa, shundayligicha talqin etish namunasini
namoyish etdi.
1
Aminovaning 90-yillarda e‘lon qilgan maqolalari hamda
mustaqillikning dastlabki yillarida e‘lon qilgan tadqiqot ishlari o‗zbek
arxivshunosligiga
katta
hissa
bo‗lib qo‗shildi.
2
Akademik
Aminova
jamoalashtirishning mohiyatiga baho berib, shunday yozadi: «Kollektivlashtirish –
ishlab chiqarishga davlat monopoliyasi o‗rnatilishining naq o‗zginasidir.
Dostları ilə paylaş: