1.2.Quloqlashtirish siyosatining tarixiy, ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy omili
– yoppasiga jamoalashtirish oqibati ekanligi
Bir qator yirik agrar tarixchilar, masalan V.P.Danilov, N.V.Efremenkov,
V.P.Taran, YU.D.CHensov va boshqalar jamoalashtirish arxivshunosligini KPSS
ning XX s‘ezdi va uning qarorlari bilan bog‗lab, bu yo‗nalishda yangi bosqichga
asos soldilar. Bu davrga kelib agrar tarixni o‗rganish umumarxivshunoslining eng
20
muhim sohalaridan biriga aylandi. YAngi nashr qilinayotgan kitoblardi va davriy
matbuotda e‘lon qilingan maqolalarda agrar tarixni o‗rganishning metodologiyasi,
uning problematikasi xususida takliflar, mulohazalar ilgari surildi.
Bularning natijasida agrar masalaga bag‗ishlangan tadqiqotlarning soni ortib
bordi va ularning mavzular doirasi kengaya boshladi. Qishloq xo‗jaligini
jamoalashtirish masalasiga bag‗ishlangan fundamental tadqiqotlar ham yuzaga kela
boshladiki, tobora bu mavzuning yangidan-yangi o‗rganilishi kerak bo‗lgan
qirralari ochila boshladi. Bularning barchasi qishloqning sotsialistik asosda qayta
qurilishi arxivshunosligi yangi bosqichga ko‗tarilganligidan dalolat berar edi.
1
Arxivshunoslikda yuz bergan bunday o‗zgarishlar butun mamlakatda
bo‗lganidek, O‗zbekistonda ham yangidan-yangi tadqiqotlarning yaratilishiga,
agrar arxivshunoslikning mavzular diapazonining kengayishiga sabab bo‗ldi.
Respublikada agrar masalaga doir bir qator ilmiy asarlar yaratildi va o‗zining
butun faoliyatini o‗zbek qishlog‗i tarixini o‗rganishga safarbar etgan va
arxivshunoslikda «agrar tarixchilar» deb nom olgan bir guruh tarixchilar etishib
chiqdilar. Bu davr mualliflari muayyan manbalarga va faktik materiallarga
asoslanib tarixiy jarayonlari tahlil qilish jihatlari bilan avvalgi tadqiqotchilardan
tamoman farqqiladilar. O‗zbekistondagi er-suv islohoti, qishloq xo‗jaligini
jamoalashtirish va ular bilan bog‗liq masalalarni kompleks tarzda o‗rgangan va bu
masalaga doir ko‗plab ilmiy tadqiqotlar olib borgan tarixchilar jumlasiga
O.B.Jamolov, G.Rizaev, S.Saidaliev, V.YA.Nepomnin, A.YU.Ibragimova,
R.X.Aminova, B.A.Tulepbaev, A.M.Davidov va boshqalarni kiritish mumkin.
2
Bu
tarixchilar asarlarida agrar masalalar birmuncha ilmiy jihatdan aniq, faktik
ma‘lumotlar asosida fikr mulohazalar bildirilgan.
Agrar mavzudagi asarlardan A.M.Davidovning monografiyasi
2
asosan 1925-
1929 yillardagi er-suv islohoti masalasigabag‗ishlangan. Monografiyada bitta bob
1
В,И.Погудин, Путь советского крестьянства к социализму. Историографический очерк. М., «Мисль», 1975,
1975, Б.92
2
Абдуллаев М./ Ўзбекистонда советларнинг «қулоқ» қилиш сиѐсати ва унинг фожиали оқибатлари (1929-
1945 йиллар) Тарих фанлари номзоди илмий даражаси учун ѐзилган диссертация автореферати. Тошкент,
2002, Б.6
2
Давидов А.М. Аграрное преобразования и формирования в Узбекской ССР. Т., «Фан», 1965.
21
birinchi besh yillikda O‗zbekistonda sotsialistik asosda erdan foydalanish usulining
shakllanish masalasiga bag‗ishlangan. Muallif respublikadagi jamoalashtirish
jarayoniga qisqacha to‗xtalib o‗tar ekan, bu jarayon respublikadagi erdan
foydalanishga qanday ta‘sir ko‗rsatganini izohlaydi. Uning fikricha erdan jamoa
shaklida foydalanish mehnat unumdorligining oshishiga va mahsulot ishlab
chiqarishning ko‗payishiga sabab bo‗lgan. SHuningdek, erga agrotexnik ishlov
berish va sug‗orishning ancha ilg‗or usullaridan foydalanishga ham ijobiy ta‘sir
ko‗rsatgan.
O‗zbekistondagi
jamoalashtirish
tarixiga
bag‗ishlangan
A.YU.Ibragimovaning 1969 yilda nashr qilingan «O‗zbekistonda lenincha
kooperativ planining g‗alabasi (1929-1933 yy)
»
nomli kitobi
3
bu mavzuda maxsus
o‗rganilgan ilmiy tadqiqotlarning eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Kitobda keng
miqyosdagi faktik arxiv materiallari asosida respublikadagi jamoalashtirish
jarayoni va tashkil etilgan kolxozlarning tashkiliy-xo‗jalik jihatdan birlashtirilishi
ko‗rib o‗tilgan. Muallif O‗zbekistonda jamoalashtirish siyosatini o‗tkazishda
kompartiyaning rahbarlik va etakchilik rolini tahlil qilgan va bu jarayonda
mahalliy rahbarlar tomonidan yo‗l qo‗yilgan ayrim kamchiliklarhaqida ham
to‗xtalib o‗tgan. Kitobda asosiy e‘tibor respublikadagi kommunistik partiya
tashkilotining rahbarlik va rahnamolik roliga qaratilganva unga yuqori baho
berilgan.
«A.YU.Ibragimova
monografiyasida
respublikadagi
yoppasiga
jamoalashtirish va mamlakatni paxta mustaqilligiga erishtirish vazifalari
o‗rtasidagi umumiy aloqalar etarlicha yoritilmagan» - deb yozadi taniqli agrar-
tarixchi, akademik R.H.Aminova o‗zining bu masalaga bag‗ishlangan yirik
asarida.
1
SHuningdek, jamoalashtirish tarixining muhim masalalaridan bo‗lgan
respublikadagi kambag‗al va o‗rtahol dehqonlar qatlamining jamoalashtirish
3
Ибрагимова А.Ю. Победа ленинского кооперативного плана в Узбекистане. (1929-1933 гг.) Т., «Фан»,
1969.
1
Р.Х.Аминова Осушествление коллективизации в Узбекистане (1929-1932 гг.) Изд. «Фан», УзССР, Ташкент,
1977, Б.35
22
harakatiga munosabati ham nisbatan bo‗sh yoritilgan. Muallif bu masala
yuzasidan qisqacha to‗xtalib o‗tgan va bir-ikkita misol keltirish bilan cheklangan.
Eng muhim narsa shuki, A.YU.Ibragimova respublikadagi jamoalashtirish
siyosati tarixini batafsil o‗rgangani holda uning tarkibiy qismi bo‗lgan quloqqilish
masalasiga juda kam e‘tibor bergan. Bu masala ham kitobda bir-ikkita dalil
bilangina eslatib o‗tiladi xolos.
O‗zbekiston qishloq xo‗jaligini yoppasiga jamoalashtirish siyosati tarixi
mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan «O‗zbekistonda lenincha kooperativ
planining tantanasi» nomli asarda
2
ham batafsil o‗z ifodasini topgan. Asarda
respublikadagi jamoalashtirish harakatining huquqiy asoslari va jamoalashtirish
jarayonining asosiy davrlari ham shu tarzda yoritilgan. Bu asarda masalaga
oydinlik kirituvchi qonuniy hujjatlar, statistik ma‘lumotlar ilova qilingan.
Jumladan, bu asarda birinchi bor ishchilar sinfining jamoalashtirishga qo‗shgan
hissasi, qishloqqa ko‗rsatgan modiy va texnikaviy yordami alohida masala sifatida
dalillar bilan o‗rganilgan.
Jamoalashtirish davrida davlatning, xususan ishchilar sinfining qishloqqa
ko‗rsatgan yordami mayda dehqon xo‗jaliklari ishlab chiqarishdan kollektiv ishlab
chiqarishga o‗tishda faqat iqtisodiy jihatdangina emas, balki siyosiy jihatdan ham
katta ahamiyatga ega bo‗lgani asarda alohida ta‘kidlanadi. YA‘ni shu davrdan
e‘tiboran ishchilar bilan dehqonlar o‗rtasidagi ittifoq kengayib, ularning o‗zaro
aloqalari mustahkamlanib borgan. SHuningdek asarda ishchilar sinfining qishloqda
sotsialistik g‗oyalarning shakllanishi va rivojlanishidagi yo‗lboshchilik roli ham
alohida ko‗rsatib o‗tilgan. Bunda asosan shahardan qishloqqa safarbar qilingan
«yigirmabeshmingchilar» faoliyatiga juda yuqori baho beriladi. Bu holat ishchilar
sinfining qishloq bilan o‗zaro aloqalariga doir yangidan-yangi tadqiqotlarning
vujudga kelishiga asos bo‗ldi.
O‗zbekiston SSR dagi kolxoz qurilishiga ishchilar sinfing yordami masalasi
L.V.Gentshke monografiyasida juda keng miqyosdagi materiallar asosida
2
Торжество ленинского кооперативного плана в Узбекистане (под ред. М.Г.Вахабова), Ташкент,
«Узбекистан», 1971
23
o‗rganilgan.
1
Bunda O‗zbekiston ishchilarining jamoalashtirishning turli
bosqichlarida kolxoz qurilishiga ko‗rsatgan yordamining mazmuni tahlil qilingan.
L.V.Gentshke
Toshkent
shahar
ishchilarining
qishloqlardagi
faoliyati,
dehqonlarning kolxozlarga uyushtirishdagi tashviqotlari, kambag‗al dehqonlar
bilan o‗rtahol dehqonlar o‗rtasida ittifoqo‗rnatish, quloq xo‗jaliklarini cheklash va
siqib chiqarish siyosatini o‗tkazishdagi sa‘y-harakatlari tahlil qilinadi. Asarda
ishchilar tomonidan otaliqqa olingan kolxozlarga ko‗rsatilgan moddiy yordamlar –
ya‘ni traktor, qishloq xo‗jalik inventarlari va pul mablag‗lari haqida ko‗plab faktik
ma‘lumotlar keltirilgan.
O‗zbekistonda jamoalashtirish harakati tarixining qisqacha ocherklari
«O‗zbekiston SSR tarixi» ning 3-tomida va «O‗zbekiston Kommunistik partiyasi
tarixi ocherklari» da ham o‗rin olgan.
«O‗zbekiston SSR tarixi» ning uchinchi tomida mualliflar asosiy e‘tiborni
jamoalashtirish jarayonida nokapitalistik taraqqiyot yo‗liga o‗tishdagi o‗ziga xos
xususiyatlarga qaratganlar. Bunda yoppasiga jamoalashtirishning shart-sharoitlari,
dastlabki davrdagi qiyinchiliklar va qishloq xo‗jaligining jamoa xo‗jaliklari usuliga
o‗tish bosqichlari yoritilgan. Ushbu asarda jamoalashtirish arafasidagi va
jamoalashtirishdan keyingi ilk yillarda qishloq xo‗jalik kooperatsiyalarining turli
ko‗rinishlarining umumiy qishloq xo‗jaligidagi salmog‗i, tutgan o‗rni v
ahamiyatiga keng va atroflicha baho berilgan. SHu bilan bir qatorda respublikaning
ayrim oblast va rayonlarida jamoalashtirishning o‗tkazilishi, ushbu hududlarga hos
tabiiy sharoit va xususiyatlar, joylarda mahalliy rahbarlar tomonidan yo‗l qo‗yilgan
kamchiliklar va ularning bartaraf qilinishi kabi masalalar yoritilgan.
Respublikada yoppasiga jamoalashtirish siyosatini amalga oshirishda kolxoz
va sovxozlarda partiya yacheykalarini tashkil etishda va MTS larda tayanch partiya
tashkilotlarini shakllantirish va qishloq aholisini bu tashkilotlar tevaragida
birlashtirishda respublika partiya va sovet rahbariyatining faoliyatiga mualliflar
1
Л.В.Гентшке. Шефство рабочих Узбекистана над кишлаком (1924-1930 гг) Ташкент, Изд-тво САМГУ,
1963, Уша муаллиф Исторический опут участия профсоюзов Узбекистана в социалистическом
строительстве (1926-1932 гг.) Ташкент, «Наука», 1966.
24
juda yuqori baho beradilar. Ayniqsa, tashkil qilinayotgan kolxoz va sovxozlarning
faoliyatini tashkil etish va moddiy bazasini mustahkamlash uchun Mahalliy
Sovetlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga ham juda yuqori baho berligan.
YOppasiga jamoalashtirish siyosatining amalga oshirilishi – lenincha
kooperativ rejasining bajarilishi yo‗lidagi muhim bosqich ekanligi «O‗zbekiston
Kommunistik partiyasi tarixi ocherklarida» alohida ta‘kidlab o‗tilgan, bu masalaga
ancha keng o‗rin ajratilgan. Bunda jamoalashtirish siyosatini amalga oshirish
jarayonida partiya ichidagi bo‗linish va partiya arboblariningo‗ng og‗machilikka
qarshi olib borgan kurashi masalasi ham batafsil yoritib o‗tilgan. Mualliflar
ta‘kidlaydilarki, respublika partiya arboblari o‗ng og‗machi elementlar faoliyatiga
tanqidiy baho berib, o‗z vaqtida ulargaqaqshatqich zarba berganlar. Asarda
yoppasiga jamoalashtirish uchun kommunistlarning olib borgan kurashi va
avangarlik rolini yoritishga katta o‗rin ajratilgan.
50-yillarning ikkinchi yarmi va 60-yillarning boshlarida O‗zbekistondagi
kolxozlashtirish harakati masalasini keng va atroflicha tahlil qilgan, ancha keng
manbalarga va faktik materiallarga asoslangan bir qator ilmiy maqolalar ham
nashr qilindi. Bu ilmiy maqolalar umumiy jamoalashtirish tarixining ayrim
masalalarini o‗rganish va to‗ldirishda muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. Respublika
qishloq xo‗jaligining turli tarmoqlari tarixi va uning o‗ziga xos xususiyatlari
V.A.Beshev, G.Oripov maqolalarida qiziqarli v hilma-xil materiallarga tayangan
holda tasvirlangan.
1
O‗zbekistondagi quloqlashtirish harakati jarayoni va undan keyingi yillarda
qishloq xo‗jaligining rivojlanishi masalasi M.X.Zaynutdinov, V.A. Belyaev,
A.Nuritov, A.YU.Ibragimova maqolalarida o‗z aksini topgan
2
. Bu mualliflar o‗z
1
В.А.Бешев. Из истории колхозного строительства в Узбекистане в начале 30-х годов. «Обҳественое науки в
Узбекистане» 1959 №3. Г.Арипов. К истории развития и укрепления колхозного строя в Узбекистане (1928-
1932 гг) . Научное собҳения Ан УзССР, Отд. Обҳественних наук, Ташкент, Изд-во Ан УзССР, 1961.
2
М.Х.Зайнутдинов. Сельское хозяйство Узбекистана в период создания фундамента социалистической
экономики (1928-1932 гг). Научное записки Ташкентского института народного хозяйства, вп. 22, 1964.
А.Ю.Ибрагимова. Социалистическое переустройство сельского хозяйства Узбекистана. В сб,: «Очерки
истории коллективизации сельского хозяйства в союзних республиках» Москва, Госполитиздат, 1963.
В.А.Беляев. Из истории колхозного строительства в Узбекистане в начале 30-годов. «Исторические науки»
КН 31; А.Нуритов. Организационно-хозяйственное состояние колхозов Узбекистана к концу первой
пятилетки, Научноое труди Таш ГУ, вп. 293, Ташвкент, «Фан», УзССР, 1967.
25
maqolalarida respublikadagi kolxoz va sovxozlarning sifat va miqdor jihatdan
yuksalib borishiga asosiy diqqat qaratadilar. SHuningdek, birinchi besh yillikda
qishloq xo‗jaligining tarkibiy tuzilishidagi o‗zgarishlar hamda umumiy ekin
maydonlari miqdorining yil sayin ortib borishihaqidagi ma‘lumotlar ham ushbu
maqolalarda yoritib o‗tiladi. Biroq, ushbu maqolalar ayrim xato va kamchiliklardan
ham xoli emas. Masalan, M.Zaynutdinov o‗z maqolasida jamoalashtirish davrida
va undan keyingi dastlabki yillarda paxta xosildorligining keskin pasayib
ketganligi va chorva hayvonlari sonining qisqarib ketish sababini kolxozlarga a‘zo
bo‗lib olgan sobiq boy va «quloq»lar hamda ularning tashviqotiga uchgan
kolxozchilarning zararkunandalik faoliyati bilan bog‗laydi. Bunday xulosalar
V.A.Belyaev maqolasida ham uchraydi. A.Nuritov maqolasida esa partiya va sovet
hukumatining o‗ng og‗machilikkka qarshi ko‗rgan chora-tadbirlari etarlicha
o‗rganilmagan.
Ayrim maqolalarda O‗zbekistonda quloqlashtirish harakatining alohida
masalalari yoritilgan. Jumladan, respublikada mashina-traktor stansiyalarining
tashkil qilinishi va ularningfaoliyatiga bag‗ishlangan maqolalar ham bor
1
. Bu
maqolalarda mualliflar jamoalashtirish asnosida mashina–traktor stansiyalarini
tashkil etilishining muhimligi, mashina va traktorlarning bir joyda to‗planganligi,
ulardan foydalanishni ancha osonlashtirganligini va ularning faoliyati kolxoz va
sovxozlarni tashkil etish va rivojlantirishga katta xissa qo‗shganligini
ta‘kidlaganlar. SHu bilan bir qatorda MTSlarning tashkil qilinishi ilgarida ishchilar
bilan dehqonlar o‗rtasidagi ittifoqni mustahkamlanishiga ham muhim asos bo‗lib
xizmat qilgan.
1960-yillardagi
bir
qator
maqolalarda
O‗zbekistonning
alohida
viloyatlaridagi yoppasiga jamoalashtirish jarayonlari va ularning o‗ziga xos
xususiyatlari yoritilgan. A.Kamolovning maqolasida Samarqand viloyatida
1
А.Нуруллаев Из истории формирования кадров рабочих совхозов и МТС Узбекистана (1929-1932 гг).
Ученое записки ТГПИ им. Низами Т. 46, вп. 3 Ташкент 1964 ва бошкалар.
26
jamoalashtirishning o‗tkazilishi va natijalari yoritiladi.
1
Lekin bu maqolada
viloyatdagi kolxozlashtirish jarayoni barcha masalalarda to‗la o‗z ifodasini
topmagan.
F.Jumaboev maqolasida esa Qashqadaryo viloyatidagi jamoalashtirish
siyosatining o‗ziga xos tomonlari o‗rganiladi.
2
Muallif bu viloyatga xos bo‗lgan
beshta xususiyatni keltirib, bu xususiyatlar viloyatda jamoalashtirish harakatini
o‗tkazishda katta qiyinchiliklarga sabab bo‗lganini ta‘kidlab o‗tadi.
Quloqlashtirish davrida respublikaning iqtisodiy jihatdan qoloq viloyati
bo‗lgan Surxondaryodagi kolxoz qurilishi jarayoni tarixi D.Mursalimov
maqolasida o‗rganilgan. Muallif viloyatda 1925 yilga qadar eski, qoloq erdan
foydalanish usulining saqlanib qolganligi va bu hududlar ko‗proqg‗allachilikka va
chorvachilikka
ixtisoslashganligi
viloyatdagi
jamoalashtirish
harakatini
qiyinlashtirganligini alohida ta‘kidlaydi. Muallif Surxondaryo viloyatiga xos
bo‗lgan yana ayrim xususiyatlar qatorida «boy xo‗jaliklarning ancha katta kuchga
ega bo‗lgani va musulmon ruhoniylarning dehqonlar orasida ancha katta ta‘sir
kuchiga egaligi», «dehqon xo‗jaliklarining boshqa viloyatlarga qaraganda ancha
qoloqligi», «xotin-qizlar huquqining kamsitilganligi» kabilarni sanab o‗tadi.
Bu yillardagi bir qancha maqolalarda ishchilar bilan dehqonlar ommasining
hamkorligi va bu hamkorlikning yoppasiga jamoalashtirishni amalga oshirishda
hal qiluvchi faktor bo‗lganligi masalasi o‗rganiladi.
SH.Orazimbetov., M.A.Qosimovalar o‗z maqolalarida ishchilar sinfining
qishloq xo‗jaligiga bergan yordami otaliqqa olish harakatida yangi boqichga asos
solganini yozadilar
1.
Mualliflar ushbu fikrlarini qator ma‘lumotlar bilan asoslashga
uringanlar.
Bir qator maqolalar yigirmabeshmingchilar faoliyatiga – ularning qishloq
xo‗jaligini rekonstruksiya qilinishida tutgan o‗rni va ahamiyati tadqiqqilingan. Bu
1
А.К.Камолов Борьба Самаркандской областной партийной организации за осуҳествление коллективизации
сельского хозяйства (1927-1932 гг). Труди СамГУ, вп. 142 Самарканд, 1964.
2
Ф.Джумабаев Из истории коллективизации сельского хозяйства в Кашкадарьинской области Узбекской
ССР, (1928-1932 гг), «Обҳественное науки в Узбекистане», 1962 №5.
1
Ш.Оразимбетов. Участие рабочих в коллективизации сельского хозяйства Узбекистана (1929-1930 гг)
Труди САГУ, вп. 139 Ташкент 1958 М.А.Касимова Шефская работа трудяшихся Ташкента над кишлаками
округа, «Обҳественное науки в Узбекистане», 1962 №6.
27
maqolalarda Moskva, Leningrad, Ivanova-Voznesensk to‗quvchilarining o‗zbek
dehqonlariga ko‗rsatgan yordami, o‗zbek qishlog‗idagi faoliyati yoritilgan.
2
YUqorida sanab o‗tilgan maqolalarning mualliflari o‗z tadqiqot ishlarida
respublikadagi kollektivlashtirishning amalga oshirilishi tarixidagi turli aspektlarni
yoritishda turli xil muhim hujjat va faktlarni keltirganlar. Bu hol mazkur
problematikaning faktik va tematik jihatdan boyishiga asos bo‗lgan.
Qishloq xo‗jaligini jamoalashtirish masalasini ittifoqdosh O‗rta Osiyo
respublikalari va Qozog‗iston tarixchilari ham o‗rganganlar. O‗rta Osiyo va
Qozog‗istonda jamoalashtirish harakatida umumiy o‗xshashlik jihatlar va
hususiyatlar mavjudligibois, bu tadqiqotlar o‗zbekistonlik tarixchilarda ham
qiziqish uyg‗otishi tabiiydir.
Qo‗shni respublikalarda yaratilgan ilmiy ishlar orasida qozog‗istonlik
tarixchilarning tadqiqot ishlari muhim o‗rin tutadi.
Sovet SHarqi respublikalarida sotsialistik qishloq xo‗jaligining rivojlanishi
masalasi B.A.Tulepbaev monografiyasida ancha keng o‗rganilgan.
3
Bu
monografiyada O‗rta Osiyo va Qozog‗istonda jamoalashtirish tarixiga katta bir bob
ajratilgan. Unda muallif bu mintaqada jamoalashtirish siyosatining siyosiy-
iqtisodiy shart-sharoitlarini va turli rayonlarda uning amalgaoshirilish jarayonini
yoritib bergan. Muallif O‗rta Osiyoda jamoalashtirishni amalga oshirishda VKP (b)
Markaziy Komiteti va Rossiya Federatsiyasi ishchilar sinfining ko‗rsatgan ko‗p
tomonlama yordamlariga alohida urg‗u bergan.
YAna bir qozog‗istonlik tarixchi A.B.Tursunbaev jamoalashtirish tarixiga
bag‗ishlangan monografiyasida Qozog‗istonning ovul va qishloqlaridagi siyosiy
kuchlar o‗rtasidagi munosabatlarni, qozoq dehqonlarining jamoalashtirish
siyosatiga bo‗lgan munosabatini aks ettirgan.
1
Muallifning qayd qilishicha,
2
З.Х.Арифханова Производственная помоҳь текстильшиков хлопкоробом Узбекистана в осуҳествлении
коллективизации (1929-1930 гг) Науч. Раб. И сообҳ. АН УзССР, КН 5, Ташкент 1962.
3
Б.А.Тулепбаев Осуҳествление ленинской аграрной политики в республиках Средней Азии. Москва,
«Мисль», 1967.
1
А.Б.Турсунбаев Великий перелом в сельском хозяйстве Семиречья Алма-ата 1952.
28
Qozog‗istonda ham ko‗chmanchi, ham o‗troqchorvador aholining mavjudligi bu
erda kolxozlashtirish harakatida ancha murakkabliklarni keltirib chiqargan.
O‗rta Osiyoda jamoalashtirishning o‗tkazilishi va sotsialistik qishloq
xo‗jaligining rivojlanib borishi masalasi tarixiga doir Qirg‗iziston, Turkmaniston
va Tojikiston tarixchi-olimlari ham juda ko‗plab asarlar yaratganlar.
2
Bu
asarlarning ayrimlarida O‗rta Osiyodagi jamoalashtirish harakati umumiy jarayon
sifatida, kompleks tarzda o‗rganiladi. Bu asarlarning aksariyati mavjud
respublikalardagi yoppasiga jamoalashtirish arafasidagi ijtimoiy-iqtisoidy vaziyat,
kolxozlashtirish siyosatini o‗tkazishdagi shart-sharoitlar, mahalliy shart-sharoitlar
tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklar, qishloq va ovullarda sovet va partiya
xodimlarining faoliyati, sinfiy kurashning keskinlashib va kuchayib borishi, quloq
va boylarga-manaplarga qarshi kurash, ular xo‗jaliklarining tugatilishi va nihoyat
lenincha agrar masalaning g‗alaba qilishi kabi masalalar o‗rganilgan. Mavjud
respublikalarga tegishli asarlada o‗sha respublikaga xos bo‗lgan alohida
xususiyatlarga e‘tibor qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |