Bitiruv malakaviy ish “Quloqlashtirish” va “quloqlar taqdiri” masalasining arxiv hujjatlarida yoritilishi


partiya organlariga joylardan non tanqisligi yuzaga kelganligihaqida yuzlab



Yüklə 471,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix07.01.2024
ölçüsü471,68 Kb.
#203686
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

partiya organlariga joylardan non tanqisligi yuzaga kelganligihaqida yuzlab 
tashvishli xabarlar kelgan. Kolxozlarda ishchi kuchi tanqisligi oqibatida va boshqa 
ma‘naviy sabablar tufayli hosildorlik yil sayin kamayib borgan. Ayniqsa,
chorvachilikka halokatli zarba berilgan. Olimaning hisoblariga ko‗ra yoppasiga 
jamoalashtirish davrida respublikada chorvachilik butun ittifoqqa nisbatan ko‗p 
talofat ko‗rgan. Jumladan, chorva hayvonlarini 1928 yilga taqqoslaganda 
qoramollar 1718,6 ming boshdan 1937 yilga kelib 1003,9 ming boshga, qo‗ylar 
6001,2 ming boshdan 2431,3 ming boshga, otlar 550,2 ming boshdan358,7 ming 
boshga, tuyalar 140,6 ming boshdan 45,7 ming boshga qisqarib ketgan.
1
Bu holat 
keyingi yillarda ham davom etgan. 
Raxima Aminova qishloq xo‗jaligini yoppasiga jamoalashtirish amaliyoti 
respublikada paxta yakkahokimligining kuchaytirilishiga keng yo‗l ochib 
berganligini alohida ta‘kidlab, jamoalashtirishdan keyin respublikada paxta 
etishtirish yil sayin oshib borganligini ko‗rsatkichlar asosida keltirib o‗tgan. 
Taniqli tarixchi olim A.Golovanovning 1992 yilda chop qilingan 
monografiyasida
2
O‗zbekiston qishloq aholisining 1917-1937 yillar orasidagi 
ijtimoiy holati tahlil qilingan. Asarda qishloq xo‗jaligini yoppasiga jamoalashtirish 
masalasi tahliliga ham keng o‗rin berilgan. Olimning xulosalariga ko‗ra qishloq 
xo‗jaligini jamoalashtirish, mayda dehqon xo‗jaliklarining tugatilishi birinchi 
1
Аминова Р.Х. Кўрсатилган асар Б.48
2
Голованов А.А. Крестьянство Узбекистана: эволюция социального положения. 1917-1937 гг. Ташкент 
«Фан» 1992. 


42 
navbatda qishloq xo‗jalik mahsulotlari mahsuldorligining pasayib ketishiga olib 
kelgan. Buning sababi sifatida muallif dehqonlarda mehnatdan manfaatdorlik, erga 
egalik xissining yo‗qolganligini aytadi. Haqiqatan ham muallifning aniq faktik 
ma‘lumotlariga ko‗ra jamoalashtirishdan keyin respublikada qishloq xo‗jalik 
mahsulotlari etishtirish yil sayin pasayib borgan. Unga muvofiqholda qishloq 
aholisining turmush darajasi ham yil sayin pasayib borgan. 
A.Golovanov o‗z tadqiqotida jamoalashtirish jarayonidagi zo‗ravonliklarga, 
mahalliy rahbarlarning bu boradagi o‗zbilarmonliklariga alohida to‗xtalib o‗tgan. 
Buhaqda muallif shunday yozadi: «O‗zbekistonda jamoalashtirish kompaniya 
usulida olib borildi. Bu kompaniya sotsialistik qonunchilikni qo‗pol ravishda 
buzishlar va qatag‗onliklar bilan birga olib borildi. Dehqonlar majburan 
kolxozlarga kiritila boshlandi. Qarshilik qilganlar «quloq» qilib yuborildi. 
Dehqonlarni qamoqqa olish, qishlog‗idan ko‗chirib yuborish, er-suvini tortib olish 
bilan ko‗rqitib kolxozlarga kirita boshladilar. Dehqon uchun ikki yo‗l bor edi: yo 
kolxozga kirish yoki «quloq»lar ro‗yxatiga tushish. Jazoning eng engil turi saylov 
huquqidan mahrum qilinish edi. Shu sababli ham dehqonlar kolxozga kirishga 
majbur bo‗lardilar».
1
A.Golovanov ushbu monografiyasida yoppasiga jamoalashtirish siyosatining 
asl mohiyatini, uning fojiali jarayonlarii qator misol va dalillar bilanhaqqoniy 
yoritib bergan. 
Ushbu monografiyada yoppasiga jamoalashtirish siyosatiga qarshi yuzaga 
kelgan qishloq aholisining norozilik harakatlari masalasiga ham atroflicha o‗rin 
berilgan. Ta‘kidlab o‗tmoq joizki, bu masala A.Golovanov tadqiqotida birinchi bor 
o‗rganilgan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Olimning xulosasiga ko‗ra, 
respublikada yuzaga kelgan ommaviy norozilik harakatlari faqat «boy quloqlar» 
harakati bo‗lmay, aksincha qishloq aholisining barcha qatlamlarining 
kolxozlashtirishga qarshi umumiy norozilik harkati bo‗lgan. Muallif respublikada 
jamoalashtirish davomida turli viloyat va tumanlarda yuzaga kelgan ommaviy 
1
Голованов А.А. Кўрсатилган асар. Б.123-124 


43 
norozilik chiqishlari soni, unda ishtirok etganlar miqdori va bu harakatlarning 
sababi va mohiyati aqida aniq ma‘lumotlar keltirgan. 
SHuningdek, ushbu monografiyada dehqonlarni kolxozlarga kiritish uchun 
turli iqtisodiy usullardan foydalanish, ya‘ni yakka xo‗jaliklarga katta miqdorda 
soliq solish, kredit, ssuda va turli qishloq xo‗jalik inventarlaridan, o‗g‗itlardan 
mahrum qilish kabi g‗ayrioddiy tadbirlarhaqida atroflicha ma‘lumot bergan. 
Muallif O‗zbekistondagi yoppasiga jamoalashtirish siyosati va amaliyoti 
butunlay zo‗ravonlik yo‗li bilan amalga oshirilganligini ta‘kidlar ekan, shunday 
xulosaga keladi: 
«1931 yil oxirlariga kelib, jamoalashtirish sur‘ati bo‗yicha O‗zbekiston 
Ittifoqdagi boshqa respublikalardan o‗zib ketdi. Bu g‗alabaqishloq xo‗jaligining 
past darajasi, mehnatkashlarning eskicha hayot tarzining kuchliligi, islom dini, 
shariat qonuni va odatlari kuchli bo‗lgan sharoitda va kommunistlar va deputatlar 
Sovetining ko‗pchiligi savodsiz bo‗lgan sharoitda qo‗lga kiritilganligi 
respublikadagi 
jamoalashtirishning 
qanchalar 
zo‗rlik bilan 
amalga 
oshirilganligidan dalolat beradi.
1
A.Golovanov bir maqolasida
2
jamoalashtirish yillarida O‗zbekistonga 
yuborilgan «25 mingchilar» masalasiga to‗xtalgan. Maqolada Rossiyadan 
yuborilgan «25 mingchilar» vakillarining respublikadagi faoliyati hech qanday 
ijobiy ahamiyatga ega bo‗lmagani, ular hech qanday amaliy natijalar keltirmagani, 
aksincha ularning mahalliy urf-odat va an‘analarga past nazar bilan qaraganlari 
salbiy oqibatlarga olib kelganligi ro‗yirost ochib tashlangan. Jumladan, 
respublikaga yuborilgan 433 nafar ishchilarning aksariyati qishloq xo‗jaligi 
bo‗yicha mas‘ul lavozimlarga tayinlangan. Ularning dehqonchilikdan tamoman 
behabarligi, mahalliy sharoit, til va urf-odatlarni bilmasligi bois ko‗p nohush 
holatlar yuz bergan. 
1
Голованов А.А. Кўрсатилган асар Б.187
2
Голованов А, Саидов И. «25 мингчилар»: афсона ва ҳақиқат. «Фан ва турмуш», 1992 №2 Б.8-9


44 
Keyingi yillarda O‗zbekistonda qishloq xo‗jaligini yoppasiga jamoalashtirish 
siyosati tarixi masalasi xolisona tahlil qilingan, bugungi kun talablari darajasida, 
milliy istiqlol mafkurasi g‗oyasi ruhida talqin qilingan bir qator darslik, o‗quv 
qo‗llanma, monografiya va maqolalar yuzaga keldiki, ularda mazkur mavzuning 
turli masalalari o‗rganilgan.
1
Mustaqillik yillarida qishloq xo‗jaligini jamoalashtirish tarixi masalasi o‗rta 
umumta‘lim maktablari uchun yozilgan darsliklarda ham o‗zininghaqqoniy 
talqinini topmoqda. Bu holat 1994 yilda chop qilingan umumta‘lim maktablarining 
9-sinfi uchun tarix fanlari doktori R.Rajabova rahbarligidagi mualliflar guruhi 
tomonidan tayyorlangan darslikda birinchi bor namoyon bo‗ldi. Ushbu darslikda 
jamoalashtirish siyosati sovetlar hukmronligi davrida shoshma-shosharlik bilan 
o‗tkazilgan siyosat sifatida baholangan. Darslikda jamoalashtirishning mohiyati 
yoritilgan, respublikada bu siyosatni o‗tkazishdagi jarayonlarga umumiy 
xarakteristika 
berilgan. 
SHunisi 
diqqatga 
sazovorki, 
ushbu 
darslikda 
jamoalashtirishni o‗tkazishdagi qonunsizliklar va zo‗ravonliklar haqida ham ayrim 
fikrlar olg‗a surilgan. Ushbu darslik o‗rta umumta‘lim maktablari uchun 
mo‗ljallangani uchun ham jamoalashtirish siyosatining ayrim munozarali 
jihatlariga, xususan uning oqibatlari masalasiga chuqur to‗xtanilmagan. 
Professor D.A.Alimova rahbarligidagi mualliflar jamoasi tomonidan 
yozilgan umumta‘lim maktablarining 10-sinfi uchun mo‗ljallangan darslikda
2
qishloq xo‗jaligini yoppasiga jamoalashtirish siyosati tarixi aniq konsepsiya 
asosida izchil, har taraflama yoritilgan. Unda jamoalashtirish siyosatining asl 
mohiyati, uning tashkilotchilari, undan ko‗zlangan maqsad aniq ifodalangan. 
Darslikda O‗zbekistonda jamoalashtirishga doir e‘lon qilingan me‘yoriy hujjatlar 
1
Ражабова Р.Ё. ва бошқалар Ўзбекистон тарихи Умумтаълим мактабларининг 9-синф учун дарслик, Т., 
«Ўқитувчи» 1994 Алимова Д.А. ва бошқалар. Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар) 10-синф Ўқувчилари 
учун дасрлик Т., «Шарқ» 2000; Шамсутдинов Р, Каримов Ш. Ватан тарихи (Ўзбекистон шўролар истибдод 
даврида) Иккинчи китоб, иккинчи қисм. Андижон 1998 Шамсутдинов Р. Ўзбекистонда советларнинг 
қулоқлаштириш сиѐсати ва унинг фожеали оқибатлари. Т., «Шарқ» 2001 Ўзбекистоннинг янги тарихи 
Иккинчи китоб Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Т., «Шарқ» 200 Ниѐзова Ф. Ўзбекистонда 
қишлоқ хўжалигини коллективлаштиришнинг салбий оқибатлари //«Ўзбекистон тарихи», 1999 №4. 
2
Алимова Д.А. ва бошқалар Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар) 10-синф Ўқувчилари учун дарслик. 
Тошкент «Шарқ» 2000. 


45 
keltiilgan va uning mohiyati izohlangan. Ayniqsa, respublikada bu siyosatni 
o‗tkazish jarayonidagi ko‗zbo‗yamachiliklar va noqonuniyliklar haqida ham ancha 
batafsil 
ma‘lumotlar 
berilgan. 
Shuningdek, 
O‗zbekistonda 
yoppasiga 
jamoalashtirish siyosatidan keyin yuzaga kelgan salbiy oqibatlar, ya‘ni qishloq 
xo‗jaligining iqtisodiy jihatdan nochorlashuvi, chorvachilikning keskin sur‘atda 
qisqarishi, qishloq aholisi moddiy turmush sharoitining yomonlashib borishi va
paxta yakka hokimligining kuchayishi kabi masalalar tahlil qilingan. 
R.Shamsutdinov va Sh.Karimovlar tomonidan yozilgan oliy o‗quv yurtlari 
uchun mo‗ljallangan o‗quv qo‗llanmasida
1
ham qishloq xo‗jaligini yoppasiga 
jamoalashtirish masalasiga ham keng va atroflicha to‗xtab o‗tilgan. O‗quv 
qo‗llanmada jamoalashtirish siyosati Lenin ilgari surgan sotsializm qurish 
rejasining tar tarkibiy qismi ekanligi, sovet hukumati va kompartiya bu siyosatni 
o‗tkazish bilan milliy respublikalarni asoratda tutib turish va mustamlakachilikni 
davom 
ettirishni 
ko‗zlaganlari 
ta‘kidlangan. 
Umuman, 
qo‗llanmada 
jamoalashtirishning mohiyatiga to‗g‗ri va haqqoniy baho berilgan. Respublikada 
bu siyosatni o‗tkazish davomida dehqonlarga nisbatan qo‗llangan zo‗ravonlik va 
qatag‗on siyosati ko‗plab dalillar, faktik ma‘lumotlar asosida ko‗rsatib berilgan. 
Bunday adolatsizlik va zo‗ravonliklarga qarshi dehqonlarning ommaviy norozilik 
chiqishlari ham o‗quv qo‗llanmada atroflicha tahlil qilingan. SHuningdek, unda 
O‗zbekistonga safarbar qilingan «25mingchi» lar faoliyatihaqida ham xolisona 
fikr-mulohazalar bayon qilingan. 
O‗quv qo‗llanmada jamoalashtirishning salbiy oqibatlari masalasi ham ancha 
chuqur tahlil qilingan. Chunonchi, O‗zbekiston jamoalashtirishdan keyingi yillarda 
xalqning moddiy ahvolining yomonlashib borishi, 1931-1933 yillardagi 
ocharchilik va uning oqibatlari kabi holatlarbayon qilingan. Mualliflar sovet 
davlati va kompartiyaning qishloq xo‗jaligini jamoalashtirish siyosatiga baho berar 
ekanlar shunday xulosaga keladilar: «O‗zbekistonning milliy daromadi 1937 yilda 
aholi jon boshiga hisoblaganda 1932 yil darajasida qolaverdi. Aholining o‗sish 
1
Шамсутдинов Р. Каримов Ш. Ватан тарихи (Ўзбекистон ШЎролар истибдоди даврида) Иккинчи китоб, 
иккинчи қисм. Андижон 1998. 


46 
sur‘atlari pasaydi, respublika aholisi asosan kelgindi millatlar hisobidan 
ko‗paydi… Oylik maoshlar evropa millatiga mansub aholi mehnat qiladigan sanoat 
tarmoqlarida o‗sdi, xolos.»
1
Qishloq xo‗jaligini jamoalashtirish siyosati salbiy oqibatlarining ayrim 
qirralari tadqiqotchi F.Niyozova maqolasida o‗z ifodasini topgan.
2
Maqolada 
asosan, jamoalashtirish siyosatining iqtisodiy sohadagi salbiy oqibatlari tahlil 
qilingan. Jumladan jamoalashtirishdan keyingi yillarda qishloq xo‗jalik 
mahsulotlari etishtirishning qisqarib borishi, paxta maydonlarining kengaytirilishi 
hisobiga mevazor bog‗lar va poliz ekinlarining kamayishi kabi holatlar bayon 
qilingan. SHuningdek, O‗zbekistonda jamoalashtirishdan keyingi dastlabki 
yillarda, aniqrog‗i 1933 yilda yuz bergan ocharchilik va uning fojialari xususida 
juda qimmatli ma‘lumotlar keltirib o‗tilgan. Jamoalashtirish yillarida respublikada 
chorva hayvonlarining keskin ravishda kamayib ketganligiga doir aniq raqamlarda 
ma‘lumotlar keltirib o‗tilgan. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi 
akademiyasi qoshidagi O‗zbekistonning yangi tarixi markazida yaratilgan 
fundamental tadqiqotda
1
jamoalashtirish tarixi va uning oqibatlari milliy mafkura, 
milliy g‗oya ruhidahaqqoniy tarzda talqin qilingan. Bu asar jamoalashtirish 
masalasiga ancha keng yo‗nalishda va har taraflama baho berganligi bilan ajralib 
turadi. Unda keng miqyosdagi birlamchi manbalar, arxiv hujjatlari ilmiy 
muomalaga kiritilgan, masalaga aloqador dalillar, ma‘lumotlar keltirilgan. Sovet 
davlati va kompartiya tomonida jamoalashtirish siyosatiga doir e‘lon qilgan 
me‘yoriy xujjatlari, uning huquqiy jihatdan asoslanishi tahlil qilingan. 
Asarda respublikada bu siyosatni o‗tkazish yuzasidan ko‗rilgan chora-
tadbirlar, amalga oshirish jarayonidagi noqonuniyliklar va zo‗ravonliklar batafsil 
yoritilgan. Ayniqsa, bu borada mahalliy rahbarlarning o‗zbilarmonliklari va
1
Кўрсатилган асар Б.363-364 
2
Ниѐзова Ф. Ўзбекистонда қишлоқ хўжалигини коллективлаштиришнинг салбий оқибатлари «Ўзбекистон 
тарихи» 1999 йил №4 
1
Ўзбекистоннинг янги тарихи Иккинчи китоб Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида Тошкент
«Шарқ» 2000


47 
su‘istemoliklari ochib ko‗rsatilgan. Asarda bu holatga doir qator misollar keltirib 
o‗tilgan. Mualliflar yoppasiga jamoalashtirish va uning oqibatlariga baho berar 
ekanlar, shunday xulosaga keladilar: 
«Umuman, jamoalashtirish o‗zbek qishlog‗i tarixiy rivojlanishining sog‗lom 
jarayonlariga to‗sqinlik qildi. U dehqonlarning davlat tomonidan asoratga 
solinishiga olib keldi. Kolxozlarga zo‗rlik bilan xaydab kirilgan dehqonlar barcha 
asosiy fuqarolik huquqlaridan va avvalo ko‗chib yurish erkinligi, kasb faoliyatini 
tanlash huquqidan mahrum qilindilar. Jamoalashtirish qishloq xo‗jaligiga juda 
og‗ir zarar bo‗lib tushdi. Respublikada ocharchilik boshlandi(1933 yil), g‗alla
etishtirish keskin qisqardi. Chorvachilikka haddan tashqari katta ziyon etdi» 
1
Asarda jamoalashtirish siyosatiga qarshi qishloq aholisining ommaviy 
norozilik harakatlarining vujudga kelishi va ularning mohiyati masalasi ham 
atroflicha yoritib o‗tilgan. SHuningdek, jamoalashtirishdan keyingi yillarda 
kolxozlarning moddiy texnik jihatdan ta‘minlanishi, paxta yakka hokimligining 
ortib borishi hamda qishloq aholisi turmush sharoitlarining yildan-yilga og‗irlashib 
borganligi dalillar asosida ko‗rsatib berilgan. 
Professor R.T.SHamsutdinovning jamoalashtirish va quloqlashtirish tarixiga 
bag‗ishlangan yangi tadqiqot asarlarida
2
ham yoppasiga jamoalashtirishning 
mohiyati, uning nazariyotchilari, amalga oshirish jarayonidagi qonunsizliklar ro‗yi-
rost ochib ko‗rsatilgan. Bu ikki yirik tadqiqotda juda keng miqyosdagi arxiv 
xujjatlari va birlamchi manbalarga asoslangan holdahaqqoni nazariy xulosalar 
chiqarilgan. Jamoalashtirishni o‗tkazishdan ko‗zlangan maqsad, uni O‗zbekistonda 
amalga oshirishdagi ziddiyatlar va salbiy oqibatlar keng va atroflicha bayon 
qilingan. Bu asarlar asosan «quloq» qilish va uning fojiali oqibatlari masalasiga 
bag‗ishlanganligi bois, ularhaqida ushbu taddqiqotning ikkinchi bobida batafsil 
to‗xtalamiz. 
1
Кўрсатилган асар. Б.356-357
2
Шамсутдинов Р. Ўзбекистонда советларнинг қулоқлаштириш сиѐсати ва унинг фожеали оқибатлари. Т., 
«Шарқ» 2001 Ўша муаллиф. Қишлоқ фожеаси: жамоалаштириш, қулоқлаштиришсургун (Ўрта Осиѐ 
республикалари мисолида) Тошкент «Шарқ» 2003. 


48 
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti tarixchi-olimlari 
tomonidan tayyorlangan, 2001 yilda nashrdan chiqqan «Tarix shohidligi va 
saboqlari» nomli salmoqli asarda ham jamoalashtirish siyosati va uning 
oqibatlariga milliy mafkura, milliy g‗oya ruhidahaqqoniy baho berilgan. Bu asarda 
ham masalaga doir ko‗plab ma‘lumotlar keltirilgan, statistik raqamlar jamlamasi, 
daliliy ma‘lumotlar asosida nazariy xulosalar chiqarilgan. Umuman ushbu asar 
jamoalashtirish siyosatining mohiyati, uning respublikada qay tariqa amalga 
oshirilganligi haqida aniq tasavvur beradi. Asarda jamoalashtirish siyosati va uning 
illatlari xususida aniq va ishonchli xulosalar chiqarilgan. Jumladan unda 
jamoalashtirish davrida chorvachilikka etgan zararlar, g‗alla maydonlarining 
qisqarishi va paxta maydonlarining ortib borishiga doir aniq raqamlar keltirib 
o‗tilgan. Bu siyosatning oqibati natijasida yuzaga kelgan ocharchilik fojealari tahlil 
qilingan.
1
Bu asarning yana bir muhim jihati shundaki, unda keltirilgan ma‘lumotlar, 
nazariy xulosalar bu mavzu bo‗yicha yangidan-yangi izlanishlarga da‘vat etadi. 
CHunki unda ushbu masalaning turli taraflarini va qirralarini o‗rganishga doir 
konseptual ko‗rsatmalar, metodologik tavsiyalar ilgari surilgan. 
Umuman, O‗zbekistonda jamoalashtirish tarixini o‗rganishning istiqbollari 
endigina boshlandi va bu masalani tadqiq etishga doir keng miqyosdagi ilmiy 
tadqiqotlar davom ettirilmoqda. 

Yüklə 471,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin