40
O‗zbekistonda qishloq xo‗jaligini yoppasiga jamolashtirish
arafasidagi ijtimoiy
holatga baho berar ekan, bu davrda respublika hali jamoalashtirishga tayyor
bo‗lmaganligini ta‘kidlab o‗tadi.
1
Chunki, Ittifoqdan farqli ravishda O‗zbekistonda
1925-1929 yillarda er-suv islohoti o‗tkazilib, juda ko‗plab ersiz dehqonlar
er bilan
ta‘minlangan, ular o‗z mehnati evaziga farovon turmush kechira boshlagandilar.
Tabiiyki, kechagina er olgan dehqon jamoalashtirish degan o‗zgarishni sira istamas
edi. Shu bilan bir qatorda o‗zbek dehqonlari jamoa xo‗jaligi, kolxoz tuzumi degan
so‗zning mohiyatini ham to‗la tushunib etmagan edilar.
Akademik R.Aminovaning 1995 yilda nashr qilingan monografiyasi
2
respublikadagi jamoalashtirish siyosati va amaliyotini boshdan-oyoq yangicha
ruhda, xolisona yoritgan dastlabki tadqiqot asari hisoblanadi. Olima ushbu kitobida
maqolalarida ilgari surilgan haqqoniy konsepsiya bo‗yicha juda keng va atroflicha
ilmiy tahlil va xulosalarni keltirgan . Kitobda avvalo jamoalashtirishning mohiyati
va undan ko‗zlangan maqsad ochib berilgan. Shuningdek, jamoalashtirish arafasida
respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoit Rossiyadagi
holat bilan taqqoslangan va
o‗rtadagi farqlar sanab o‗tilgan. Jumladan R.Aminova ta‘kidlaydiki:
«Jamoalashtirish arafasida respublikada bu siyosatni amalga oshirish uchun
moddiy imkoniyatlar etarli emas edi. Ayniqsa, ishchi-xodimlar jihatidan respublika
Markaziy respublikalarga nisbatan ancha qoloq bo‗lib, bu hol keyinchalik bir qator
ko‗ngilsiz xodisalarga sabab bo‗lgandi».
Muallif jamoalashtirish amaliyoti to‗satdan boshlab yuborilganligi va uning
sun‘iy ravishda avj oldirilishi butun ittifoqda bo‗lganidek O‗zbekistonda ham bu
harakatda
raqamlar ortidan quvish, taz‘yiq o‗tkazish va zo‗ravonlik qilish,
majburlash kabi noqonuniy ishlarga keng yo‗l ochib berganligini aytib o‗tadi. Bu
kabi ishlarda muallif, avvalo, Stalin boshchiligidagi sovet va partiya rahbariyatini
asosiy aybdor sifatida ko‗rsatib o‗tadi. Muallif o‗z fikrining isboti sifatida
respublikada kim o‗zdi shaklida barpo qilingan soxta kolxozlar,
jamoalashtirish
harakatidagi zo‗ravonliklargadoir bir qator faktlarni keltirib o‗tgan.
1
Аминова Р.Х. Коллективизация в Узбекистане: как это било? «Коммунист Узбекистана» 1989 №9 Б.83
2
Аминова Р.Х. Возврашаясь к истории коллективизации в Узбекистане. Ташкент «Фан» 1995.
41
Kitobda O‗zbekistondagi sovet va partiya rahbariyatining bu masaladagi
ayblarini ham aytib o‗tar ekan, ularning markaz ko‗rsatmalarini hech qanday
e‘tirozsiz
qabul qilib, respublika uchun to‗g‗ri kelsa-kelmasa joriy qilib
yuborganlarini, mahalliy rahbarlarning aksariyati esa chalasavodligi va «salla
o‗rniga kalla keltirish» qabilida ish tutganlarini qattiqqoralaydi.
Rahima Aminova jamoalashtirish siyosatining iqtisodiy oqibatlarini ham
ushbu kitobida chuqur va atroflicha tahlil qilib bergan. Uning xulosalariga ko‗ra
jamoalashtirish oqibatida turmush darajasi keskin pasayib ketgan. Respublika
Dostları ilə paylaş: