Bitiruv malakaviy ishi


Keys-stadi    texnologiyasining turlari va manbalari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/33
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#43109
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
mehnat talimi jarayonida keys-stadi texnalogiyasini qollash

2.Keys-stadi    texnologiyasining turlari va manbalari. 

   


Keys-stadi  muammoli  o‘qitish  texnologiyalaridan  hisoblanadi.  Ushbu 

innovasion  texnologiya  asosini  talabalarning  kasbiy  faoliyati  bilan  bog‘liq 

vaziyatlar  va  ularning    tahlili  tashkil  qiladi.[27,  24b.]  Bo‘lg‘usi  kasbiy  faoliyat 

bilan bo‘g‘liq vaziyatlarni chuqur o‘rganish natijasida nazariyaning amaliyot bilan 

bo‘g‘liqligi  ta’minlanadi.  O’quvchilar  muayyan  vaziyatlarni  har  tomonlama 

o‘rganadilar. O‘z navbatida ular faol fikrlaydilar, nazariy mashg‘ulotlarda eshitgan 

bilimlarini 

mustaqil 

o‘rganish  davomida  to‘plagan  ma’lumotlar  bilan 

taqqoslaydilar,  shaxsiy  tajribalarga  murojaat  qiladilar.  Turli  vaziyatlarni 

hamkorlikda  yoki  mustaqil  ravishda  tahlil  qilish  va  qayta  ishlash  davomida 

qo‘shimcha  ma’lumotlarga  nisbatan  zarurat  sezadilar,  statistik  ma’lumotlarni 

o‘rganadilar.  Natijada  talabalarning  bilimlari  amaliy  jarayon  bilan  bog‘likda 



 

mustahkamlanib  boriladi.  O’quvchilarning  mantiqiy  fikrlash  qobiliyati,  nutq 



mahorati, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi. 

  Masalaning  muammolilik  jihatlari  aniqlashtiriladi,  maqsad  va  vazifalari, 

tadqiqot  yo‘nalishlari  belgilaniladi.  O’quvchilar  muammoli  vaziyatlarni  hal 

qilishning  turli  variyatlarini  ilgari  suradilar,  mulohaza  yuritadilar,  eng  ma’qul 

hisoblangan g‘oyalarni muhokamaga qo‘yadilar, qarorlarni qabul qiladilar 

 O‘quvchilar  kelgusi  mehnat  faoliyatini  aniq  rejalashtirilishini  o‘rganadilar, 

favqulotda  holatlar  sodir  bo‘lsa,  eng  to‘g‘ri  yechim  va  qarorlarni  qabul  qilishga, 

ta’lim jarayonida to‘plangan nazariy ma’lumotlarni rivojlantirgan holda amaliyotga 

ijodiy  tadbiq qilishga tayyor bo‘ladilar. 

 Keys-stadi  texnologiyasi  talabaning  kelajakda  yetuk  mutaxassis  sifatida 

shakllanishida  ijtimoiy-  psixologik  ahamiyati  katta.  Chunki  kasbiy  faoliyat  bilan 

bog‘liq  turli  amaliyotlarini,  lavozimiy  majburiyatlarini  bajaruvchi  shaxs  o‘rniga 

qo‘yib ko‘radi, voqea-hodisalarni o‘rganadi, qanday xulosa yoki qaror qabul qilish 

mumkinligini  va  bunda  mehnat  jamoasi  bilan  ijodiy  hamkorlikni  qanday  yo‘lga 

qo‘yish  ma’qulligini  o‘ylab  ko‘radi,  yakuniy  natijalarni  oldindan  ko‘ra  bilish, 

muammolarni  oldini  olish,  ularni  hal  qilish  davomida  turli  ruhiy  zo‘riqish 

holatlariga  yo‘l  qo‘ymaslik  kerakligini,  kasbiy  sohada  hamkorlik,  hamfirlilik, 

faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirish va amalga oshirish lozimligini, na moddiy va na 

ma’naviy, ruhiy isrofgarchilikka yo‘l qo‘yish mumkin emasligini bilib oladilar.  

 Ushbu texnologiyaning yana bir afzaligi shundaki, o‘quvchilarda kasbiy axloq 

me’yorlari haqida tushunchalar shakllanadi va rivojlanadi. Olar o‘zlarini bo‘lg‘usi 

kasbiy faoliyati qay darajada tayyor ekanliklarini sinab ko‘radilar. 

 Ular  o‘z  qobiliyatlarini  aniq  baholagan  holda  rivojlanish  imkoniyatlari 

to‘g‘risida o‘ylab ko‘radilar. 

 Keys-stadi  texnologiyasi  ham  barcha  texnologiyalar  kabi  tur  va  manbalarga 

o‘z  ichiga  oladi.  Bular  orqali  keys-stadi  texnologiyasi  haqida  talabalar  to‘liq 

ma’lumotlar  oladilar  va  o‘quv  mashg‘ulotlarida  qo‘llash  imkoniyatlariga  ega 

bo‘ladilar. 




 

Keyslarni  guruhlashtirishda,  ularining  mazmun  mohiyatiga  e’tibor  beriladi, 



ularni guruhlashtirishda asosan maqsad vazifalar inobatga olinadi. Shuning uchun 

ham keyslarni guruhlashtirish bir muncha qiyin kechadi. 

Keyslarni quyidagi turlarga ajratish mumkin 

- baholash, tahlilga o‘rgatuvchi; 

- muammoni yechish, qaror qabul qilishga o‘rgatuvchi; 

- umumiy tarzda muammoni yechishga o‘rgatuvchi keyslar; 

     Shuningdek ko‘pgina adabiyotlarda keyslarni quyidagi turlarga ajratadilar: 

1) Kalit keyslar(Key cases); 

2) Notanish keyslar(Outlier cases); 

3) Tanish keyslar(Local knowledge cases). 

 Keyslarni  turlarga  ajratishda  N.  Fedyaninm,  V.Davidenkolarning  ham  o‘z 

nazariyalari mavjud. 

-  tizimlashtirilgan  (highly  structured)  keysda  kichik  hajmdagi  qo‘chimcha 

axborotlar  beriladi,  bunda  мuammoni  vaziyatni  yechayotgan  talabalar  oldindan 

tuzilgan  rejalar  asosida  vaziyat  yechimini  izlashlari    lozim.  Bu  turdagi  keyslar 

yuqori darajadagi vaziyat yechimini talab qiladi. 

-  kichik  tasvirlar      (short  vignetts)    keysida    muammoli  vaziyat    hajmi  bitta 

matndan,  bir  yoki  ikkita  ilovadan  iborat  bo‘lib,  talabalar  faqat  yechimga  xos 

tushunchalar  bilan  tanishtiriladi,  tahlil  davomida  talaba  bilim  zahirasi  kengligi 

alohida o‘ringa egadir. 

-  katta  hajmdagi  tizimlashmagan  keyslar      (long  unstructured  cases  )  hajmi 

chegaralanmagandir.  Shuningdek  ta’lim  jarayoning  barcha  turlarida  foydalanish 

mumkin, ma’lumotlar aniq va to‘liq hajmda talabalarga taqdim qilinadi. 

-  boshlang‘inch    keyslar  (ground  breaking  cases)  qo‘llashdan  maqsad  talabalarni 

oldin  o‘zlashtirgan  bilimlarini  sinovdan  o‘tkazishdir  va  mavjud  bilimlarni 

amaliyotda  qo‘llash  ko‘nikmasini  shakllantirishdir.  Bu  jarayonda  talaba  va 

o‘qituvchilar ilmiy izlanuvchilar talab qilinadi. [21,10b] 



 

Keyslar qaysi turi bo‘lishidan qat’iy nazar, ular o‘rtasida keysning subkeyti va 



obyekti  bo‘ladi.  Subyekt  izlanishning  nazariy  qarashi  ko‘rsatilgan  amaliy,  tarixiy 

birligi hisoblanadi. Obyekti esa o‘sha nazariy qarashning  analitik suyagidir. 

Keys  tadqiqotchilari        keyslarni  ikki  qismga  ajaratadilar,  ya’ni  muammoli 

vaziyat va yechim. Muammoli vaziyat keysning dastlabki holatidir, bunda  tegishli 

umumiy axborotlar kiritiladi. [21,12b] 

Muammoli  vaziyatning  yechimini  izlashda  talabalarni  axborotlarni  topishga 

yo‘naltitish  lozim.

 

Bunday  yondashish keys  jarayonini  rivojlantiradi va  jarayonga 



nisbatan talabalarni faolligini taminlaydi. 

O‘quv jarayonida qo‘llaniladigan keyslarning hajmi  bir-ikki varaq yoki undan 

ortiq  bo‘lishi  mumkin.  Shuningdek  hajm  jihatdan  katta  keyslar,

 

kichik    hajmdagi 



keyslarga qaraganda talabalarda ba’zibir qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday 

holatlarda  muammoli  vaziyatni  bosqichlarga  bo‘lib  o‘rganish  tavsiya  qilinadi. 

Keyslardagi muammolar bir yoki bir necha qismlarga bo‘g‘lanib ketishi jarayoning 

uzluksiz davom qilinishini ta’minlaydi. 

 Keyslarni taqdim qilishda qo‘lyozmadan yoki elektron variyatdagi matnlardan 

foydalanish  mumkin.  Matndagi su’ratlar, diaograma  chizmalar,  jadvallar talabalar 

uchun ko‘rgazmali qurol bo‘lib hizmat qiladi. 

 Elektron  axborotlar  orqali  tasvirlangan  keyslarni  tahlil  qilish  talabalarga 

engilik  tug‘diradi.  Keyingi  davrlarda  keyslardan  foydalanishda  multimediyalar 

ommalashib ketmoqda. 

  Syujet mazmuniga qarab keyslar syujetli (manbalarni ifodalovchi, mazmunli) 

syujetsiz turlarga ajratiladi. Syujetli keyslar asosan o‘tgan voqealar haqida hikoya 

qiladi,  syujetsiz  keyslar  qoidagi  asosan  mazmunni  yashiradi.  Chunki  mazmuni 

to‘liq  ifodalangan  keyslar  talabani  kengroq  fikrlashiga  halaqit  beradi.    Keysdagi 

muammoli  vaziyatlarni  tuzishda  vaqt  tushunchasini  ahamiyat  berish  lozim. 

Shuningdek  muammolar  tabbiy  holda  aks  etilgan,  sabab-oqibatlari  ko‘rsatilgan 

bo‘lishi kerak. 



 

  Keyslarni 



tahlil 

qilishda 

talabalarda 

bashorat 

qilish 

ko‘nikmasini 

shakllantirish ham muhim ahamiyat ega. Bashorat qilish muammoli vaziyatda aks 

etgan hodisalarni yechimini oldindan ko‘ra bilishga o‘rgatadi va qahromonlarning 

kelgusidagi xati-harakatlariga nisbatan ijobiy yechimlarni topishga  yordam beradi. 

Muammoli  vaziyat  mazmunida  ma’lum  bir  shaxslarning,  tashkilotlarning 

faoliyat jarayoni aks etadi. Shunga qarab vaziyatning sub’ektlari quyidagi turlarga 

ajratiladi. 

1.  Shaxslarning  faoliyat  jarayoni  aks  etgan  keyslarda,  ma’lum  bir  shaxsni 

xarakatlari  ifodalanadi,  ular  menejer,  fan  arbobi,  rahbar,  pedagog,  talaba  yoki 

boshqa kasb vakillari bo‘lishi mumkin. 

2.  Tashkiliy-institutsional  keyslarda  tashkilotlar,  ta’lim  muassalari,  ularning 

bo‘limlari ifodalaniladi.  

3. Sub’ektlari ko‘p keyslar, o‘zida turli ob’ektlarni jamlaydi. 

Keysning hajmi, uning o‘tkazish vaqtini belgilab beradi. Hajmi jihatdan  kichik 

keyslar  bir  betdan,  bir  necha  betgacha  ifodalanib,  u  ikki  soatlik  amaliy 

mashg‘ulotlarni  bir  qismini  ajratishga  mo‘ljalangan  bo‘ladi.  O‘rtacha  hajmdagi 

keyslar  ikki  soatlik  mashg‘ulotlarga  mo‘ljalangandir.  Hajmi  katta  keyslar  o‘n 

betdan iborat bo‘lib, undan bir qancha amaliy mashg‘ulotlar davomida foydalanish 

mumkin.  Shuningdek  keyslar  ilovali  keyslar  hamda  ilovasiz  bo‘lishi  mumkin. 

Ilovali  keyslar  maqsadi:  statistik  axborotlarni  hisoblash,  tahlil  qilish,  malakalarni 

shakllantirishdir.  Shuningdek  keyslarning  tarkibida  muammoli  vaziyat  yechimini 

topishga  yo‘naltiruvchi  savollar  ham  mavjud  bo‘ladi,  bu  orqali  talabalar  vaziyat 

yechimi sari yo‘naltiriladi.

 

Tajribalarni  ko‘rsatishicha  keys-stadi  texnologiyasi  o‘z  oldiga  qo‘ygan 



maqsadlarni  amalga  oshirishi  va  samarali  texnologiyaga  aylanishi  uchun  uning 

tarkibiy  tuzilishida  ilmiy-uslubiy  ma’lumotlar  bo‘lishi  lozim.  Shundagina    keys-

stadi texnologiyasi samarali  o‘quv texnologiyasiga aylana oladi.

 

  Ma’lum  bir  jarayoni  tashkil  qilishda  biz  bevosita  shu  jarayonga  tegishli   



manbalarni izlab topishga va faoliyatimizda qo‘llashga harakat qilamiz. Keys-stadi 


 

texnologiyasidan,  o‘quv  jarayonida  foydalanishda  biz  turli-xil  manbalarga 



murojaat  qilamiz,  aynan  muammoli  vaziyatlarni  tashkil  qilishda,  ko‘pgina 

manbalardan  foydalanamiz.  Keys-stadi  texnologiyasi  orqali  dars  o‘tishda, 

o‘qituvchining tajribasi, ilmiy–uslubiy faoliyatining o‘rni kattadir. 

 Barcha  texnologiyalar  kabi  keys-stadi  texnologiyasi  o‘z  manbalariga  ega. 

Ba’zi  fikrlarga  ko‘ra  keysning  asosiy  manbasi  hayotiy  vaziyatlar  hisoblanadi. 

Hayotiy  hodisalar  baxslarga  sabab  bo‘ladi,  muammoni  yechish  jarayonini 

jadallashtiradi.  Ijtimoiy  hayotning  barcha  ko‘rinishlari  keysning  faktologik  va 

muammoviy  bazasi  bo‘lib  xizmat  qiladi,  shuningdek  keys  tarkibining  asosini 

tashkil qiladi. 

 Keyslarning  yana  bir  muhim    manbasi  ta’lim-tarbiya  hisoblanadi.  Uning 

yordamida  keys  texnologiyasining  maqsadi,  vazifasilari,  ta’lim  tizimida  tutgan 

o‘rni belgilanadi. 

  Keysning  uchinchi  manbasi  -  bu  fandir.    U  o‘zida  keys-stadi 

texnologiyasining  ikkita  metodologiyasini  ifodalaydi  va  boshqa  uslublar  qatorida 

keys uslubini tahliliy  sur’atini belgilaydi. 

 Amaliy  jarayonlarda  keys  –stadi  texnologiyasi  qo‘llashda  yuqorida  keltirib 

o‘tilgan manbalardan bittasi asosiy o‘rini egalaydi. Bitta vaziyatda uchta manbadan 

foydalanilsa  ham  bittasi  baribir  asosiy  o‘ringa  chiqib  oladi.  Bu    holatda  keysning 

asosiy  manbalaridan  foydalanilishida,  ularning  ahamiyatini    esdan  chiqarmaslik 

kerak. 


  Yuqoridagilardan  kelib  chiqgan  holda  keys-stadi  texnologiyasi  quyidagi 

turlarga ajratiladi:  Amaliy keyslar (real xayotiy vaziyatlarni aks ettiruvchi); ta’lim 

–tarbiyaga  yo‘naltiruvchi  keyslar  (asosiy  vazifasi  ta’lim-tarbiya    berish 

hisoblanadi);  ilmiy-izlanish  keyslari  (ilmiy  izlanishlarni  amalga  oshirishga 

yo‘naltirilgan). [21,14b] 

  Amaliy  keysni  asosiy  maqsadi:  hayotiy  muammoli  vaziyatlarni  to‘liq, 

izchillikda,  navbatma-navbat  ifodalashdir.  Bu  kabi  keyslar  eng  yuqori  darajada 

tuzilgan  va  ko‘rgazmali  vositalaga  boy  bo‘lishi  kerak.  Amaliy  keysning  asosiy 




 

vazifasi  hayotni  bilishga,  shaxs  hayotida  uchraydigan  muammolarga  nisbatan 



oldindan  yechim  topishga  o‘rgatishdir.  Amaliy    keys  vaziyatning  asosiy 

harakatlantiruvchi  modelidir.  Ushbu  keysning  ta’lim  sohasidagi  vazifalari 

quyidagilardan iborat: bilimlarni mustahkamlash, vaziyatlarning yechimlarni ishlab 

chiqish va boshqalar  

Ta’lim-tarbiya  beruvchi  keyslar:  Har  bir  keys  ta’lim-tarbiya  beruvchi 

vazifasiga  egadir.  Ta’lim-tarbiya  beruvchi  keyslar  quyidagi  asosiy  vazifalarni 

ifodalaydi. 

 Birinchidan, bunday keyslar ta’lim-tarbiya jarayonidagi turli-xil muammolarni 

o‘zida  jamlaydi,  ya’ni  ya’ni  mutaxassislarning  o‘z  faoliyatida  duch  kelgan 

muammolar  aks etadi

  Ikkinchidan, ta’lim-tarbiya beruvchi keyslarda birinchi o‘rinda o‘quv jarayoni 

turadi.  Bu  kabi  keyslardagi  vaziyatlar  o‘quv  jarayonlarda  yuzaga  keladigan 

muammolar,  munosabatlar  asosida  tuziladi.  Vaziyatlarni  tuzishda  aynan  shu  

muammo emas, balki ularga o‘xshash maketlaridan foydalaniladi. 

Ilmiy  tadqiqot,  ilmiy  izlanuvchanlik  keyslar:  asosiy  mazmuni,  ilmiy  tadqiqot, 

ilmiy  izlanuvchanlik  ishlarida  namoyon  bo‘ladi.  Tahlil  qilayotgan  vaziyatlar 

asosida  yangi  ilmiy-ijodiy  g‘oyalarni  ishlab  chiqish  keys  oldida  turgan  asosiy 

maqsadlardan  biridir.  Bu  turdagi  keyslarni  barcha  o‘quv  guruhlarida    qo‘llab 

bo‘lmaydi va ular ilmiy-tadqiqot tamoyili moduli asosida tizimlashtiriladi. Shuning 

uchun  ham  bu  kabi  keyslarni  o‘quv  uslubi  sifatida  emas,  oliy  va  kasbiy  ta’lim 

mutaxassislarini  ilmiy-ijodiy  qobiliyatlarini  shakllantirish  jarayonida  qo‘llash 

to‘g‘ri keladi. [21,15 b] 

  Keysning  yuqorida  belgilab  o‘tilgan  manbalari  boshlang‘ich  yoki 

fundamental  manbalar  hisoblanadi.  Keyslarni  shakllantirishda  ikkinchi  darajali 

manbalar ham mavjuddir. [21,17 b] 

      Keys-stadi  texnologiyasida  muammoli  vaziyatlarni  yaratishda  qo‘shimcha 

manbalar  bu  adabiyotlardir,  ya’ni  barcha  keyslarning  zahiraviy  manbasi  u 

foydalangan adabiyotlari hisoblanadi. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi. 




 

1.  Badiiy,  ommaviy  (publistik)  adabiyotlar.    Turli  hil  muammoli  vaziyatlarni 



ifodalashda,  ijtimoiy-gummanitar  fanlarga  tegishli  ma’lumotlarni  keltirish, 

ommaviy  (publistik)  adabiyotlardan  foydalanish,  jarayoni  ma’lum  darajada 

dolzarblashtiradi va keyslarga nisbatan qiziqishni talabalarda kuchaytiradi. Badiiy  

adabiyotlardan foydalanishning o‘ziga xosliklaridan biri bu muallifning iqtidori va 

asarlarining  go‘zalligi  yordamida    keyslarni  yanada  mazmundor  bo‘lishi 

ta’minlashdir.  Publistik  maqola    xos  aniqlik  keysni  tizimlashtirishda  yordam 

beradi.  Badiiy,  ommaviy    (publistik)  adabiyotlardan  foydalanish  keys  tarkibini 

estetik  jihatdan  bezaydi,  talaba  faoliyati    ijtimoriy  hayot  bilan  bog‘laydi  va 

ularning  ma’naviy-axloqiy jihatdan rivojlantiradi. 

2. Hayotiy voqealarni keyslarda shakllantirish  tahlil qilish jarayoning qiziqarli 

bo‘lib  o‘tishiga  olib keladi. P. Sherement  va  G. Kanishenkolarning ta’kidlashicha 

turli  kompaniyalar  faoliyati  to‘g‘risida  tuzilgan  keyslar  talabalarda  katta  qiziqish 

uyg‘otadi.  Agarda  talabalar  ichida  o‘qishni  tamomlagandan  keyin    ma’lum 

korxona,  tashkilotlarda  ishlashni  rejalashtirgan  talabalar  bo‘lsa,  o‘sha  kompaniya, 

tashkilotlar  faoliyati  haqida  keys  tuzish    maqsadga  muvofiqdir.  Yoki  masalan 

“SAMSUNG”  firmasi  faoliyati  to‘g‘risida  tuzilgan  keys  o‘z  uyida  ushbu 

kompaniyada  ishlab  chiqarilgan  maxsulot  (texnika)  mavjud  bo‘lgan  talabalarning 

qiziqishiga  sabab  bo‘ladi.  [21,18b]  Yana  bir  misol,  mamlakatimizda    futbolni 

rivojlantirish haqida tuzilgan keys futbolga qiziquvchilar orasida iliq kutib olinadi. 

Agarda  keyslar  talabalarning  qiziqishlaridan  kelib  chiqmagan  holda  tuzilsa  uning 

mazmuni  tushunarsiz  bo‘ladi,  talabani  fikrlashga  undamaydi.  Ushbu  misollardan 

ko‘rinib turibdiki keyslarda real voqealik aks etsagina talabalar ongiga tez va oson 

yetib boradi. 

  Bir so‘z bilan aytganda  keysdagi vaziyatlar mavjud holatlar asosida tuziladi, 

ya’ni keysdagi holatlar imkon qadar atrofda sodir bo‘layotgan muammolar asosida 

vujudga  keladi.  Qanchalik  kundalik  turmushdan  uzoqlashilsa  keys  samaradorligi 

shuncha kamayadi. Real voqealik va kundalik turmushdagi vaziyatlarni o‘z ichiga 

olgan,  ya’ni  asos  qilib  olgan  keyslardan  foydalanish  o‘qituvchiga  ham  engilik 




 

tug‘diradi.  Shuningdek    bunday  keyslarda    vaziyatda  ko‘rsatilgan    kompaniya, 



tashkilot,  ta’lim  muasasalari,  ijodiyot  markazlari  a’zolari  yoki keys  qahramonlari  

bevosita ishtirok qilishi mumkin. 

3.    Keysni  ilmiylik  va  ko‘rgazmali  vositalar  bezaydi.  Keysni  tuzishda  uning  

har  bir  qismiga  e’tibor  berish  kerak.  Keysning  tarkibida  ko‘rgazmali  vositalar, 

ilovalar, statistik ma’lumotlar kabi manbalarning aks etishi uning mukammaligini 

belgilab beradi. 

4. Keysni tuzishda ilmiy manbalar, ilmiy maqolalar, ilmiy risollar foydalanish 

lozim, bu o‘z-o‘zidan keysda ilmiy manbalarning bo‘lishini talab qiladi. Keyslarni 

ishlab chiqish davomida ilmiy adabiyotlardan foydalanish unga  katta talabchanlik 

va aniqlikni kiritadi, keysning ilmiyligini belgilab beradi. 

5.  Keyslar  uchun  to‘ldiruvchi  manba  sifatida  internet  va  uning  resuslari 

kiritilgan.  Internet  o‘zining  keng  doiradaligi,  o‘zgaruvchanligiva  tezkorligi  bilan 

farq qiladi.  Shuning uchun ham keys tarkibida internet asosiy o‘rida turadi.

                                   

 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin