Bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/33
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#43109
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
mehnat talimi jarayonida keys-stadi texnalogiyasini qollash

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                II BOB. Keys-stadi  texnologiyasining ta’limiy imkoniyatlari

 

1. Keys-stadi texnologiyasining o’quv didaktik vazifalari 

        Keys-stadi texnologiyasi nazariy bilimlarni amaliy vazifalarda hal qilishga 

yo‘naltirilgan tizimdir.  Bu texnologiya  talabalarni mustaqil fiklash, tinglay bilish 




 

ko‘nikmasi  va  fikriga  mos  nuqtai  nazarlarni  hisobga  olish  hamda  o‘z  fikrini  aniq 



manbalarga asoslagan holda ifodalab bilishga o‘rgatadi. Bu uslub asosida talabalar 

bilim,  ko‘nikma,  malakalarini  rivojlantirish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladilar, 

ko‘rsatmalar  asosida  ishlashga,  qo‘yilgan  masalani  hal  qilishda  foydali  jihatlarini 

topishga o‘rganadilar. [27,24b] 

 Keys –stadi texnologiyasining asosiy  vazifalari quyidagilardan iborat: 

1.  Muayyan  fanlar  yuzasidan  bilimlarni  egallash  davomida    muammoli 

vaziyatning  yechimi  bir  javobga  ega  emasligi  bilan  ajralib  turadi.  Muammoning 

yechimini topishda bir qator muqobil variantlarni topishni talab qilinadi. 

Bunda    o‘quv  jarayonining  vazifasi  ma’lum  bo‘lib  qolgan  an’anaviy  tizimdan 

chetga  chiqish  va  bitta  aniq  qarorni  qabul  qilmasdan    mantiqiy    fikrlagan    holda 

turli-xil javoblar variatini topish bilan ifodalanadi. 

2.  Ta’limning  maqsadi  tayyor  bilimlarni  egallashga  emas,  balki  mustaqil 

o‘rganishga, talaba bilan o‘qituvchini hamkorligini ta’minlashga qaratilgan.  

3.    Keys  -stadi  texnologiyasi  orqali    nafaqat  bilim  olinadi,  balki  kasbiy 

ko‘nikma va malakalar ham egalaniladi. 

4. Ushbu  jarayonda    hayotda  sodir  bo‘ladigna  voqealar  asosida    modul  ishlab 

chiqiladi.  Muammoni  hal  qilish  davomida    o‘qituvchi  yordamchi,  yo‘naltiruvchi 

vazifasini bajaradi. 

5.  Texnologiyasining  mohiyati  nafaqat  bilim  egallash,  balki  amaliy 

ko‘nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, hayotiy vaziyatlarni  o‘rganish, olingan 

bilimlarni tadbiq qilishdan iboratdir. 

6.  Keys-  stadi  texnologiyasida  an’anaviy  ta’limdagi    kamchiliklar  bartaraf 

qilinadi, yani quruq izohlashlar o‘rnini, ijodiy tortishuvlar egalaydi, dars jarayonini 

xuddi teatr tomashasini eslatadi.  

       Keys-stadi  texnologiyasi  ta’limda  interfaol  uslub  bo‘lib  talabalarda  darsga 

bo‘lgan  qiziqishni  kuchaytiradi,  nazariy  materiallarni  amaliy  tadbiq  qilishni 

ko‘zlaydi,  ta’lim  jarayoniga  nisbatan  ijodiy  motivlarni  shakllantiradi.  Shu  bilan 



 

birgalikda  bu  uslub  o‘qituvchi  siymosini  yangicha  talqin  qiladi,  uni  ijodiy 



izlanishga,  fikrlashga yangilik yaratishga undaydi. 

       Har bir o‘quv jarayonida qo‘laniladigan keys quyidagi talablarga javob berishi  

zarur. 

-  ijro qilishda maqsadning aniqligi; 

-  vaziyatning yechimlari mantiqiy o‘ziga xos murakkab bo‘lishi; 

-  vaziyatda hayotning bir qancha qirralarini tasvirlash; 

-  bugungi kunga nisbatan dolzarb bo‘lishi; 

-  tipik vaziyatlarni tasvirlash; 

-  analitik (analiz-sintez...) hayolni rivojlantirish; 

-  munozarani tashkil qilish; 

-  bir qancha yechimlarning mavjudligi; 

   Ta’limda keys-stadi texnologiyasi mohiyati: mutaxassis o‘z tajribasidan kelib 

chiqib  o‘z  varianlarini  yaratishida,  o‘zida  mavjud  bo‘lgan  bilimlarni,  amaliy, 

ijodiy, munozarali  faoliyatga aylantira olishida ifodalaniladi.  

   Keys-stadi  texnologiyasining  o‘ziga  xos  texnologik  xususiyatlari  mavjud 

bo‘lib ular orqali  texnologiya boshqa uslublardan farq qiladi. 

   Keys-stadi texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

1.  Ijtimoiy-iqtisodiy  tizimlarning  mavjudligi  moduli,  ularda  aks  etgan  holat 

ma’lum bir  vaqt jarayonida ifodalanishi; 

2. Jamoa asosida qarorlarni ishlab chiqishi; 

3.  Muammo  yechimida  ko‘p  o‘xshashliklar  bo‘lib,  aniq  qa’tiy  yechimini 

mavjud  emasligi; 

4. Bilim faoliyatini  baholashda guruh tizimida yondashishni mavjudligi; 

5. Ta’lim oluvchilarning emotsional holatlarini e’tiborga olinishi; 

      Keys-stadi texnologiyasi quyidagi vazifalarni o‘zida jamlaydi. 

1.  Uslub  izlanuvchanlik,  analitik  tehnologiyalarga  ega  bo‘lib,  jaroyon  ichida 

izlanuvchanlik va analitik (o‘xshashlik) operatsiyalar yo‘nalishini boshqaradi. 



 

2. Keys –stadi  ta’limda jamoa texnologiyasi sifatida qo‘llanilib, asosiy vazifasi 



guruhda  axborotlarning almashuvini amalga oshiradi. 

3.  Keys-stadi  texnologiyasining    mazmuni    guruhni  o‘zora  birlashtirish, 

bilimlarni    ijodiy  fikrlash  orqali  yuzaga  chiqarish  kabi  vazifalarni  amalga 

oshirishda  namoyon bo‘ladi. 

4.  Keys-stadi  texnologiyasi  o‘zida  rivojlantiruvchi  ta’lim  texnologiyasini 

birlashtirib,  yakka  tartibda,  guruh  va  jamoa  rivojlanishlarini  inobatga  olib    ta’lim 

oluvchilarni ilmiy –ijodiy, shahsiy-axloqiy  sifatlarni shakllantiradi. 

5.  Keys-stadi  uslubini  qo‘llashda  uni  loyhalashtirish  muhimdir,    har  qanday 

texnologiyani  dars  jarayonida  qo‘llashdan  oldin,  uning  texnologik    xaritasi  

tuziladi.  Oldindan  rejalashtirilgan  texnologik  xaritada  faoliyat  maqsadlari, 

bosqichlari  ko‘rsatiladi.  Loyhalashtirish  jarayoni  texnologiyani  qo‘llashda  muhim 

bosqichdir,  negaki  oldindan  rejalashtirilmagan    jarayon  o‘z  oldiga  qo‘ygan 

maqsadlarni  to‘liq  ifodalay  olmaydi.  Aynan  bugungi    kunda  ta’lim  jarayonini 

oldindan loyhalashtirish mavzusi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Loyhalashtirish 

orqali 

biz 


jarayoni 

oldindan 

bashorat 

qilish 


ko‘nikmasini 

o‘zimizda 

shakllantiramiz. 

6.  Keys  –stadi  texnologiyasi    o‘zida    oldindan  samarali  faoliyatga  erish 

yo‘llarini      rejalashtiradi,  ma’lum  bir  yutuqlarga  ega  bo‘lish  jarayonini  oldindan 

faraz qiladi. Bu jarayonda talabalar faoliyatini faollashtirish, ularni rag‘batlantirish 

ham nazarda tutiladi. 

  Keys-stadi  texnologiyasi    asosiy  vazifasi  talabalarni  analitik  faoliyat  bilan 

yechib bo‘lmaydigan muammolarni tizimlashgan murakkab uslub bilan yechishga 

o‘rgatishdir.  Keys-stadi  talabalarning  analitik  va  kommunikativ  imkoniyatlarini 

faollashtiradi va rivojlantiradi. 

Keys-stadilarga 2 ta turli xil yondashuv mavjud: 

1.Analitik  yondashuv:  keys-stadi  nima  sodir  bo‘lgan  va  nima  sababdan  sodir 

bo‘lgan  degan  savollarga  javob  topish  uchun  ham  o‘rganiladi.  Bunda 

muammolarni aniqlab, ularga yechim topish shart emas.  



 

2.  Muammoga  qaratilgan  uslub:  keys-stadi  mavjud  bo‘lgan  asosiy 



muammolarni aniqlash va ularga yechim taklif qilish uchun tahlil qilinadi. 

 Keys  –stadi    muammoga  nisbatan  yechim  talab  qiladigan  texnologiyadir. 

Keys-  stadi  yozishda  birinchi  esda  tutish  lozim  bo‘lgan  narsa  bu  unining 

muammoga  ega  bo‘lishidir.  Keys-  stadi  texnologiyasini  qo‘llashda  yetarlicha 

ma’lumotlar  keltirilish o‘rinlidir,  bu uni  o‘rganuvchilar  uchun juda  muhimdir. 

Ma’lumotlarning      ko‘pligi  vaziyatni    hal  qilishda    muhim  ahamiyatga  ega. 

Qiziqarli  keys-stadi  yozish  detektiv  hikoya  yozishga  o‘xshab  ketadi,    bu  orqali 

talabalarni vaziyatga qiziqtirib, fikrlashga undash mumkin. [36, 35 b] 

 Mukammal  tuzilgan  keys-  stadi  bu  faqatgina  tavsiflashdan  iborat  bo‘lmaydi.  

Keys-stadi bilan  tanishayotganda    talaba  o‘zini huddi keysning  yozuvchisidek  his 

qilib, sodir bo‘layotgan voqealarni o‘z boshidan o‘takazayotgandek harakat qilishi 

kerak. Shundagina keys samarali faoliyatga aylana oladi.   Keys tavsifida  hamma 

ma’lumotlar yig‘iladi, xulosalar qilinadi, o‘quvchilarga vaziyat bilan tanishtiriladi 

va o‘qituvchi bu jarayonda boshqaruvchi vazifasini boshqaradi. 

Keysni  tuzayayotgan    paytdagi  qanday  qilib  talabalarni  qiziqishini  ortirish 

mumkin, u qanday yozilsa talaba o‘zini uning qahromonidek his qiladi, izlanadi va 

jarayonga bo‘lgan munosabati oshadi.  

Keys  yozishda  uchta  asosiy  bosqich  mavjud:  ma’lumot  yig‘ish,  tahlil  va 

yozish.  Jarayon  ma’lumot  yig‘ishdan  boshlanadi,  yakunlash  bosqichiga  yetib 

borganda ham yana orqaga qaytib ko‘proq ma’lumot yig‘iladi. 

Tadqiqot bosqichi: 

1.  Kutubxona  va  internet  ma’lumotlari.  Mavzu  borasida  oldin  yozilgan 

ma’lumotlarni toping  va keysiningiz to‘grisidagi muhim maqolalarni o‘qing. Shu 

jarayonni amalga oshirsangiz, yechim talab qiladigan muammoning javobiga duch 

kelishingiz    yoki  siz  shunaqa  qiziqarli  g‘oyalarni  o‘zingizni  keys  tuzilmangizda 

qo‘llashingiz mumkin. Misol qilib oladigan bo‘lsak, sizning keysingiz innovatsion 

pedagogik texnologiyalarni dars jarayonlarida qo‘llash  mavzusida  bo‘lsa, siz  shu 

mavzu  asosida  ma’lumotlar  yig‘asiz,  afzaliklari,  kamchiliklarni  tahlil  qilasiz.  




 

Birinchi navbatda  dars jarayonlarini kuzatasiz, mavjud iqlimni o‘rganasiz, anketa, 



so‘rovnoma  metodlaridan  foydalanib    talabalarning  darsga  bo‘lgam  munosabatini 

tahlil  qilasiz.  Shundagina  sizning  keysingiz  mavzusi  bo‘yicha  ma’lumotlarni 

yig‘iladi.  Ma’lumotlarni  o‘rganish  jarayonida  shu  soha  vakillari  bilan  ham 

suhbatlar olib boriladi, ularning mulohazalarini ham keysda aks etadi, shuningdek 

siz  tuzayotgan  keys  o‘zining  aniqligi  dolzarbligi  bilan  ajralib  turishi  kerak, 

shundagina  uning  o‘quvchisida  keskin,  bahslashishga  sabab  bo‘luvchi  fikrlar 

paydo bo‘ladi.  

2.  Yana  bir  misol  ta’lim  sohasida  doimo  yuzaga  keluvchi  bir    muammo 

mavjud.  Bu  o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, buni yo‘qotish 

yoki  oldini  olish  har  bir  davrda  ta’lim  oldida  turgan  muammo  bo‘lgan,  bo‘lip 

keliyapti.  Hamisha  ikki  savol  tug‘iladi,  yomon  o‘qituvchilar  bo‘ladimi    yoki 

yomon  o‘quvchilarmi?  Bu  kabi  muammolarni    yechishda      o‘qituvchi  faoliyatini, 

uning shaxsiy-kasbiy kasb malakalarini o‘rganishdan boshlash  kerak, shuningdek  

o‘quvchining  shaxs  sifatida  shakllanish  bosqichlarini  tahlil  qilish  lozim.  Bu 

holatlarning yakuni  keysning mukammal tuzilmasiga olib boradi 

3.  Keys    vaziyatidagi  holatlarga    duch  kelgan  o‘qituvchi,  o‘quvchilar  bilan 

suhbat o‘tkazish.  

Keysdagi vaziyat holatlaridan kelib chiqib, jarayoni o‘rganish maqsadida biror 

bir ta’lim muasasasi tanlab olinadi va shu yerdagi  o‘qituvchi, o‘quvchi o‘rtasidagi 

pedagogik  munosabatlar  o‘rganiladi.  O‘rganish  uchun  asosiy  vosita  sifatida 

so‘rovnomalardan  foydalanish  mumkin.        So‘rovnomalar    o‘qituvchi  va 

o‘quvchilarga alohida tayyorlanadi. (1-ilova) 

 So‘rovnomalarning  javoblari   keys  uchun  asosiy  ma’lumot  bazasi bo‘ladi, bu 

orqali  o‘qituvchi  va  o‘quvchi  munosabatlarining  sabablarini  tahlil  qilish  mumkin. 

[20, 40 b] 

 Tahlil bosqichi.  

1.  Hamma  ma’lumotlarni bitta  joyga  yig‘ish. Tahlilning  bu bosqichida barcha 

ma’lumotlar  yig‘iladi,  ya’ni  so‘rovnoma  javoblari,  mavzuga  tegishli  maqolalar, 




 

kitoblar  va  h.k  Ularda  keltirilgan  ma’lumotlarning  vaziyatga  tegishlilari    tanlab 



olinadi.  Ma’lumotlar  asosida  keysdagi  vaziyat  tuziladi,  uning  talabalar  uchun 

tushunarli, qiziqarli bo‘lishi undagi ma’lumotlarning aniqligiga bog‘liq bo‘ladi. 

2.  Materialni  har  hil  odamlarga  bo‘lib  berish.  Har  bir  talaba  yoki  guruh  nima 

haqiqatdan    ham  muhimligini,  nima  bo‘layotganini  va  keysni  o‘rganuvchi  uni 

tushunish  uchun  nimalarni  bilishlari  shartligini  aniqlab  olishi  kerak.  Masalan, 

o‘qituvchi va o‘quvchilar  haqidagi ma’lumotlarni bitta jadvalga kirgizish mumkin.  

3.  Keys  muammosining  xulosasini  shakllantirish.  Bu  jarayon  amalga 

oshirishda, 

ko‘proq 

ma’lumot  talab  qilinadi.  Muammoni  shakllantirib 

bo‘lganingizdan  so‘ng,    siz  talabalarni  muammo  tog‘risida  fikrlashlarini,    uni 

qismlarga  bo‘lib  o‘rganishlarini  rejalashtirasiz.  Har  bir  qism  jumboqning  bir 

bo‘lagi bo‘lib, ularni har biri muhokamani talab qiladi. 

Keys–stadi uslubi talabalarda quyidagi ko‘nikma, malakalarni  rivojlantiradi: 

-      muammoli  ta’lim  tamoyillaridan    foydalanishni,  vaziyatni  yechish  malakasini 

egallashni, muammoni  yechich  jarayonida  guruh  bilan hamkorlikda  ishlashni,  o‘z 

fikrini asoslab berishni;  

-   jamoada ishlash malakasini egallashni; 

-   taqdimot tayyorlash malakasini egallashni; 

- jamiyatda sodir bo‘layotgan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklaridan 

xabardor bo‘lishni; 

  Keysni  tahlil  qilishga  o‘rgatishda  talabalarga  sabab  va  oqibat    aks  etgan 

tayyor  keyslar  umumiy  tarzda  beriladi.  Bu  orqali  talabalar  keys  bilan  ishlash 

ko‘nikmalarini  egallaydilar.  Talabalar  tajribasida  tahlil  qilingan  keyslarning 

ko‘payib borishi, yangi vaziyatlarni hal qilinishida katta yordam beradi [19,28b]. 

        Kasb-hunar kollejlari ta’lim tizimida keys-stadi texnologiyasidan foydalanish 

o‘quv jarayoni faollashtiradi, talabalarning bilim olish imkoniyatlari kengaytiradi.  

         Keys-stadi  texnologiyasini  qo‘llashdan  oldin,  texnolgiya    metodik  jihatdan 

tasdiqlangan  bo‘lishi,  ta’lim  dasturiga  nisbatan  umumlashgan,  o‘qituvchining  ish 

rejasiga  kiritilgan  bo‘lishi  lozim.  O‘qituvchi  ish  rejasida  o‘quv  fanlarining  qaysi 




 

bo‘lim,  mavzularida  keys-stadi  uslubidan  foydalanishi  ko‘rsatilib  o‘tilishi  kerak. 



Bu masalalarrni tahlil qilish metod birlashmalarning zimmasiga yuklanadi. 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin