7-rasm. KLP-650 tasmali ko’chma konveyer:
1-harakatlantiruvchi baraban; 2-konveyer ramasi; 3-voronka; 4-tasma; 5-aylanib o’tuvchi baraban; 6-ko’targich; 7- arava; 8-boshqarish shkafi.
KLP-650 konveyerining texnik xarakteristikasi
Unumdorligi, kg/soat
|
38000
|
tashish uzunligi, m
|
19
|
tashish balandligi, m
|
5,0 dan 12,5 gacha
|
Tasmaning xarakat tezligi, m/s
|
4,7
|
Tasmaning eni, mm
|
650
|
O’rnatilgan kuvvat, kVt
|
9,7
|
Xajm o’lchamlari, mm:
|
|
|
ish xolatida yuk tashish xolatida
|
Uzunligi
|
15000-19000 19000
|
Eni
|
4960 3220
|
Balandligi
|
13000 gacha 5200
|
Vazni, kg
|
3200
|
Konveyer va u bilan bog’langan mexanizmlarda ish boshlanishidan oldin o’chirgichlarning ishi, konveyer tasmalarining taranglashuvi, podshipnik va reduktorlar moylanishi tekshiriladi.
Konveyer bir g’aram maydonchasidan boshqasiga ko’chirilganda:
konveyerni maydoncha oldidan g’ildiratib surish kerak;
strelani tushirish kerak.
2.7.3. PLA markali tasmali ta’minlash qurilmasi.
PLA markali tasmali ta’minlash qurilmasi o’zi ag’daruvchi avtopoezd va traktor tirkamalarida qop-qanorsiz keltirilgan chigitli paxtani qabul qilib, transportyorlarga uzatadi. 8-rasmda va bitiruv malakaviy ishining grafik qismida PLA markali tasmali ta’minlash qurilmasi ko’rsatilgan.
Ta’minlash qurilmasi quyidagi asosiy qismlardan: ikki tasmali gorizontal transportyor 1, rama 3 ga maxkamlangan qoziqchali elevator 2 va g’ildirak 4, 5 li aravachalardan iborat. Ramaning yon balkalariga qo’zg’almas 6 va tushiriladigan 7 bortlar mahkamlangan. G’ildirak 4, quti 9, konsol 8 vositasida buriladigan qilib mahkamlangan. Bu esa ta’minlash qurilmasini shatakka olib, oson tortish imkonini beradi. Qoziqchali elevator 2 tunukadan yasalgan muofaza bortlar 10 bilan o’ralgan. Elevator yuk bo’shatish tomonidan quti 12 li g’ilof 11 bilan berkitilgan. Quti 12 chigitli paxtani tasmali transportyorning voronkasiga to’g’ri yo’naltiradi.
Ta’minlagich tashigichining ish unumi (t/soat) quyidagi formula bilan topiladi
bu yerda - gorizontal tasmada tashilayotgan chigitli paxta qatlamining qalinligi, m; - transportyorda tashilayotgan chigitli paxta qatlamining eni, m; - tashilayotgan chigitli paxta zichligi, m/s; - tasma ustidagi paxtaning zichligi, t/m3.
Qiya elevatorning ish unumi quyidagi formuladan topiladi:
bu yerda - qoziqlar bilan ilib olingan paxta prizmasi qirqimi yuzasi, m2; – qiya elevator tasmasining tezligi, m/s; - qoziqlar qatorining qadami, m.
Dostları ilə paylaş: |