Bitiruv-malakaviy ishiga tushuntiruv yozuvi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə2/29
tarix28.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#169389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bitiruv-malakaviy ishiga tushuntiruv yozuvi

KIRISH
Paxta xom-ashyoning qimmatbaho turlaridan biri bo’lib, undan keng iste’mol mollari, texnik va maxsus vazifadagi mahsulotlarning 300 dan ortiq turi ishlab chiqariladi. Paxta tolasi yengil sanoatining to’qimachilik, trikotaj, tikuvchilik va boshqa sohalari uchun xom-ashyoning asosiy turi bo’lib hisoblanadi. Undan turli xildagi gazlamalar, tikuvchilik iplari, sun’iy ipak, turli xildagi texnik mahsulotlar (elektr o’ramlar, filtrlar, yuritish tasmalari, sun’iy charm va boshqalar) va boshqa ko’plab mahsulotlari ishlab chiqariladi.
O’zbekiston dunyoda paxta etishtirish bo’yicha oltinchi, uni eksport qilish bo’yicha uchinchi o’rinda turadi. Mamlakatimiz jahon to’qimachilik bozorining eng faol ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. “O’zekspomarkaz” da ochilgan VIII Xalqaro O’zbekiston paxta va to’qimachilik yarmarkasi ushbu sohada mamlakatimiz bilan savdo, ishlab chiqarish va investitsion hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish ortib borayotganini yana bir bor namoyon etmoqda. Turli mamlakatlarning paxta va to’qimachilik sanoati vakillari, treyderlar bu yerda nafaqat ushbu tarmoqlarni rivojlantirish tendentsiyalari, ularning mahsulotlariga bo’lgan talab va taklifning o’zgarib turishi, dunyo bozoridagi narx kon’yunkturasini muhokama qilish, balki o’zbek paxta tolasini hamda undan tayyorlangan to’qimachilik mahsulotlarini etkazib berish bo’yicha bevosita shartnomalar tuzish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar [13].
VIII Xalqaro O’zbekiston paxta va to’qimachilik yarmarkasining ochilish marosimida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan va butun dunyoda “o’zbek modeli” deb e’tirof etilgan taraqqiyotning uzviy qismi hisoblangan keng ko’lamli iqtisodiy islohotlar salmoqli natijalar berayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari tomonidan yuritilayotgan puxta o’ylangan iqtisodiy siyosatning izchil amalga oshirilishi tufayli mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligi, jumladan, milliy paxta va to’qimachilik kompleksi samaradorligini oshirish, paxta tolasidan yuqori qo’shimcha qiymatga ega sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda eksport tarkibida uning ulushini ko’paytirish hisobidan yildan-yilga ortib bormoqda.
O’zbekiston bugun iqtisodiyoti jadal rivojlanib borayotgan davlatlardandir. Dunyoda global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hamon davom etayotgan bir paytda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining o’sish sur’atlari yiliga o’rtacha 8,2 foizni tashkil etayotgani ham milliy iqtisodiyotimizning barqarorligi hamda ulkan salohiyatga ega ekanidan yorqin dalolat beradi. Statistik ma’lumotlar ushbu ijobiy tendentsiya joriy yilda ham saqlanib qolishini ko’rsatmoqda.
Mamlakatimizda jahonning eng yuksak talablariga javob beradigan paxta tolasini etishtirish, qayta ishlash va sotish bo’yicha tashkil etilgan zamonaviy kompleks ham jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Sohada chuqur tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi, barcha bo’g’inlarning tizimli ravishda modernizatsiya qilinishi, texnik va texnologik qayta jihozlanayotgani, tegishli infratuzilmaning jadal rivojlanayotgani, shuningdek, zamonaviy bozor mexanizmlarining keng joriy etilayotgani sababli ushbu kompleks faoliyatining samaradorligi yuksalmoqda. Bu esa sarflanayotgan mablag’lardan samarali foydalanish darajasini oshirmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi bu boradagi jarayonni yanada kuchaytirish uchun yangi, yanada keng imkoniyatlar ochib berayotir. Ushbu dasturiy hujjatga muvofiq iqtisodiyotni erkinlashtirishni jadallashtirishga qaratilgan qonunchilik bazasi takomillashtirilmoqda, iqtisodiyotimiz, shu jumladan, paxta tolasini etishtirish hamda to’qimachilik kabi muhim tarmoqlar raqobatbardoshligini yanada oshirishga doir aniq maqsadli chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda.
Eng yuqori standartlarga mos o’zbek paxta tolasiga jahon bozorida talab ortib borayotir. Xalqaro O’zbekiston paxta va to’qimachilik yarmarkasining o’zbekistonlik sheriklari bilan amaliy munosabatlarni kengaytirishdan manfaatdor ishtirokchilari soni yildan-yilga ko’payib borayotgani ham shundan dalolatdir. Misol uchun, 2005 yilda o’tgan dastlabki yarmarkaga dunyoning 30 mamlakatidan 170 ga yaqin treyderlik va to’qimachilik kompaniyalari vakillari tashrif buyurgan bo’lsa, o’tgan yili ularning soni 660 nafardan oshdi. Bu yil sakkizinchi marotaba o’tkazilayotgan yarmarkada esa 38 davlatdan paxta va to’qimachilik sohasida faoliyat ko’rsatayotgan kompaniyalarning ming nafardan ortiq vakili ishtirok etmoqda. Shunisi e’tiborliki, nafaqat tolamizga talab yuqori bo’lgan Janubi-sharqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining to’qimachilik kompaniyalari, balki o’zbek to’qimachilik mahsulotlarini sotish bo’yicha muvaffaqiyatli biznes yuritayotgan Evropa, Lotin Amerikasi hamda boshqa mintaqalar savdo firmalarining O’zbekiston bilan hamkorlikdan manfaatdorligi ortib borayotgani natijasida paxta hamda undan tayyorlanayotgan tovarlarimizni etkazib berish jug’rofiyasi ham tobora kengaymoqda [13].
Darhaqiqat, O’zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish eng ilg’or agrotexnologiyalarni qo’llash, xususiyatlari yaxshilangan yangi navlarni yaratish va paxta tozalash sanoatiga innovatsiya ishlanmalarini joriy qilishga asoslangan. Misol uchun, istiqlol yillarida o’zbekistonlik selektsionerlar paxtaning 162 navini yaratdi, ularning ertapisharligi, hosildorligining yuqoriligi, tolasining tozaligi va uzunligi, zararkunandalarga chidamliligi hamda mamlakatimizning turli hududlari iqlim sharoitiga mosligi bilan ajralib turadigan 45 tasi davlat reestriga kiritilgan va etishtirish uchun tavsiya etilgan. Bugungi kunda dalalarimizda etishtirilgan hosilning 83 foizini “oliy” va “yaxshi” navli paxta tolasi tashkil etadi. O’zbek paxtasi jahon bozorida talab etiladigan va asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biri bo’lgan mikroneyr darajasiga to’liq javob beradi.
Albatta, O’zbekistonda bunday sifatli paxtani etishtirishda, birinchi navbatda, mehnatsevar dehqon va fermerlarimizning xizmati kattadir. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida fermerlik harakatini rivojlantirish va yanada kengaytirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Fermer xo’jaliklarini imtiyozli kreditlar bilan ta’minlash tizimi tashkil etilib, muntazam takomillashtirilmoqda, ular eng sara urug’lik, qishloq xo’jalik texnikasi, yoqilg’i-moylash materiallari bilan ta’minlanmoqda, davlat buyurtmasi doirasida ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining xarid narxlari oshib borayotir.
Paxta tozalash sanoati ham jadallik bilan modernizatsiya qilinmoqda, ishlab chiqarishga eng zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda. So’nggi yillarda mamlakatimizning turli hududlaridagi barcha paxta tozalash zavodlari rekonstruktsiya va modernizatsiya qilindi. Buning natijasida ishlab chiqarish hajmi 22 foizdan oshdi, tola sifati ham ortdi.
Yarmarka qatnashchilari bu yerda namoyish etilayotgan va joriy mavsumda mamlakatimiz paxta zavodlari tomonidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi navlarining namunalari bilan tanishish imkoniga ega. Yarmarkada sotib olinadigan har bir toy paxta sifati «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi tomonidan kafolatlangan. Markaz va uning barcha hududiy laboratoriyalari paxta tolasini tekshirish uchun eng zamonaviy HVI yuqori texnologik tizimlar bilan jihozlangan. Shu bilan birga, yaqin kelajakda ushbu jarayonni yanada modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda.
Yarmarkaning ochilishida O’zbekistonda rivojlangan bozor iqtisodiyotini shakllantirish va uni yuqori qo’shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirish davomida to’qimachilik sanoati ham izchil rivojlanib, yangi korxonalar ishga tushirilayotgani, ularning ishlab chiqarish quvvati ortib borayotgani ta’kidlandi. Bundan tashqari, paxta tolasini chuqur qayta ishlash hajmi oshmoqda. Bu ko’rsatkich XX asrning 90-yillaridagi 7 foizdan 2011 yilda 40 foizga o’sdi. Mamlakatimizda katta hajmda xomashyo, ishlab chiqarish resurslari va yuqori malakali kadrlar mavjudligi bois ushbu jarayon yanada jadallashmoqda. Hisob-kitoblarga ko’ra, yaqin yillar ichida O’zbekistonda etishtirilayotgan jami paxta tolasining 70 foizgacha bo’lgan qismi o’zimizda chuqur qayta ishlanadi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 15 dekabrda qabul qilingan “2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi qarori ushbu vazifalarni hal etishga qaratilgan. Mazkur hujjatda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mahalliy xomashyoni chuqur va sifatli qayta ishlash hisobidan eksportga mo’ljallangan raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish, ularni xorijda sotish bozorlarini kengaytirish zarurligi qayd etilgan.
Bugun mamlakatimizda 2,2 mingdan ortiq yengil sanoat korxonasi faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning 280 dan ortig’i “O’zbekyengilsanoat” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga, qo’shma korxonalar soni ham ko’paymoqda. 2015 yilga mo’ljallangan yengil sanoatni rivojlantirish dasturiga muvofiq sohaga eng zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari har yili yigirmadan ortiq turga ko’paymoqda. Bugun O’zbekistonda tayyorlanayotgan to’qimachilik mahsulotlari dunyoning qirqdan ziyod davlatiga eksport qilinmoqda. Talab esa yanada oshmoqda.
Mamlakatimizda qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhiti yaratilgani sababli to’qimachilik sanoatiga investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmi oshmoqda. Bu esa faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni jadallashtirish, xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan muvaffaqiyatli raqobatlasha oladigan yangi zamonaviy korxonalarni tashkil etish imkonini bermoqda.
O’zbekistonda iste’mol qilinayotgan kiyim-kechaklarning 25 foizi, trikotaj buyumlar va ip gazlamaning 30 foizdan ko’prog’i, pyafzalning deyarli 50 foizi chetdan keltirilar edi. Prezidentimiz o’z faoliyati boshidanoq respublikamizning xalq iste’moli mollari jihatidan bunday qaramligini tugatish uchun sharoitlarni yaratishga katta e’tibor qaratdi. Jumladan:
- yengil va mahalliy sanoatni rivojlantirishning tashib kelish va chetga chiqarish balanslariga asoslangan muayyan dasturlarni ishlab chiqish;
- zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini egallash, ishlab chiqarishning fan yutuqlari va intellektual mehnat ko’p sarflanadigan tarmoqlarini jadal rivojlantirishga keskin burilish;
- mashinasozlik, radioelektronika, asbobsozlik korxonalarini tubdan yangilash va yangilarini qurish hamda chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilash;
- fan va texnika taraqqiyotining oldingi marrasiga chiqish uchun mavjud barcha resurs va shart-sharoitlar, ilmiy texnikaviy va loyiha-konstruktorlik bazasi imkoniyatlaridan foydalanish;
- shu asosda boshqa mintaqalar va chet ellar bilan teng huquqli sheriklar sifatida aloqalarni yo’lga qo’yish [1].
Mehnat unumdorligini oshirish, paxta tozalash sanoatida ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilash, uning tannarxini kamaytirish, mashinalarning puxtaligi va texnologikligini oshirish, shuningdek paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish yanada takomillashgan texnikani yaratishni talab qiladi.
Paxtani dastlabki ishlash ishlab chiqarishining xususiyati bo’lib texnologik jarayonning uzluksizligi hisoblanib, operatsiyalarni bajarishda funktsiyasi turlicha bo’lgan, o’zaro mahsulot ishlab chiqarish unumdorligi bo’yicha biriktirilgan mashina va mexanizmlarning katta qismi ishtirok etadi.
Chigitli paxtani dastlabki ishlashning yangi progressiv mashinalarini ishlab chiqarish konstruktorlik, eksprimental va ilmiy-izlanish ishlarini kengaytirishni, paxta tozalash ishlab chiqarishining mashinasozlik bazasi va texnologiyasini rivojlantirishni talab qiladi.
Texnologik jihozlarni modernizatsiyalash bo’yicha dolzarb vazifalardan kelib chiqqan holda, ushbu bitiruv-malakaviy ishida PLA markali chigitli paxtani saqlashga tayyorlash qurilmasining konstruktsiyasini takomillashtirish masalalari ko’rib chiqildi va zaruriy hisoblashlar amalga oshirildi.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin