Bitiruv-malakaviy ishiga tushuntiruv yozuvi


CHIGITLI PAXTANI TASHISH ISHLARINI MEXANIZATSIYALASHTIRISH



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə8/29
tarix28.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#169389
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bitiruv-malakaviy ishiga tushuntiruv yozuvi

2.5. CHIGITLI PAXTANI TASHISH ISHLARINI MEXANIZATSIYALASHTIRISH.
2.5.1. Umumiy ma’lumotlar.
Chigitli paxta xo’jaliklardan tayyorlov punktlariga maxsus avtomashinalarda yoki traktor pritseplarida qop-qanorsiz tashib keltiriladi.
Paxta tayyorlash punktlarida quyidagi ishlar bajariladi: xo’jaliklar topshirayotgan chigitli paxta tarozida tortiladi; qop-qanorsiz qabul qilingan chigitli paxta ishlanadigan yoki saqlanadigan erga tushirilib g’aramlanadi; g’aramlarning yon tomonlari tekislanadi, usti brezent bilan yopiladi hamda tonnel va quduqlar qaziladi; chigitli paxta quritish-tozalash sexiga va sex ichida tashiladi; chigitli paxta avtomashina va traktor pritseplariga ortiladi; paxta tozalash zavodlaridan yoki temir yo’l vagonlarida qoplangan holda keltirilgan urug’lik chigitlar tushiriladi.
Paxta tozalash zavodlarida quyidagi ishlar bajariladi: paxta tayyorlash punktlaridan keltirilgan chigitli paxta qabul qilib olinadi, ya’ni tarozida tolrtiladi, maydonga yoki omborga tushiriladi; chigitli paxta quritish-tozalash sexiga yoki zavodning asosiy sexlariga tashiladi; chigitli paxta va chigit sexlararo tashiladi; chigit texnologik jarayonda uzluksiz tortiladi va saqlanadigan joyga tashiladi; chigit avtomashinalarga va temir yo’l vagonlariga ortiladi; urug’lik chigit qoplanadi va ular saqlanadigan joyga tashiladi; o’luk va tolali chiqindilar sexlararo tashiladi; tola va momiq press yashigiga solinadi; tayyorlangan tola, momiq va tolali chiqindilartoylari yuk ortish maydoniga tashiladi, taxlanadi; toylar temir yo’l vagonlariga ortiladi; arrali tsilindrlar jin sexiga, ishlangan arrali tsilindrlar esa arra sexiga tashiladi; tayyorlangan sim yoki tasma belbog’lar press sexiga tashiladi.
Yuqoridagi keltirilgan ishlar asosan mexanizatsiyalashtirilgan bo’lib, ularni bajarishda har xil tashish vositalaridan foydalaniladi. Tashish vositalari pnevmatik va mexanik turlarga bo’linadi [4].


2.5.2. Chigitli paxtani pnevmatik tashuvchi vositalarida tashish.
Pnevmatik tashish vositalari paxta tozalash sanoatida juda keng tarqalgan bo’lib, chigitli paxta va tolani sexlararo va sex ichida tashishda ishlatiladi. Pnevmatik tashish vositalari havo so’rish va havo haydash usullarida ishlaydi. Havo so’rish tizimida ventilyator quvurdan havoni so’radi, shunda paxta havo bilan birga quvur ichida harakatlanadi.
Havo haydash tizimida ventilyator havoni quvurga haydaydi va havo uzatilayotgan chigitli paxtani yoki chigitni o’zi bilan olib ketadi.
Paxta tozalash sanoatida pnevmatik tashish vositalarining keng tarqalishiga asosiy sabab, bu usulda chigitli paxta yoki uning mahsuloti tashilganda nobud bo’lmaydi, bundan tashqari bu qurilma ixcham bo’lib, uning quvurlarini zavod yoki paxta tayyorlash punktlari hududida xohlagan yo’nalishda o’rnatish mumkin. Lekin pnevmatik tashish vositasi boshqa qurilmalarga nisbatan ko’proq energiya iste’mol qiladi. Odatda pnevmatik tashish vositasi paxta tozalash zavodining hamma sexlarida uzluksiz texnologik jarayonga ulangan bo’lib, uning me’yorida ishlashi paxta tozalash zavodi va quritish-tozalash sexining ish unumiga katta ta’sir qiladi.
Chigitli paxta tashishda pnevmatik tashish vositasining uzunligi har xil bo’lib, o’rnatilgan ventilyatorning tipiga qarab 250 metrgacha bo’lishi mumkin. Shuningdek qurilmaning ish unumi ham har xil bo’lib, soatiga 12 tonna va undan ortiq bo’lishi mumkin [4].
Paxta tozalash sanoatida odatda diametri 400, 420, 450 mm li quvurlardan va sexlararo pnevmatik tashish vositalarida ham quritish-tozalash sexlarida diametri 320-350 mm li quvurlardan foydalaniladi. Quvurlarning bir-biri bilan ulangan joylari va uzluksiz jarayonga ulangan boshqa quvurlar tizimi tashqi muhitdan jips yopiq bo’lishi shart [5].



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin