Bitiruv-malakaviy ishiga tushuntiruv yozuvi


Tayyorlov punktlarida paxtani qabul qilish va



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə4/29
tarix28.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#169389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bitiruv-malakaviy ishiga tushuntiruv yozuvi

2.2. Tayyorlov punktlarida paxtani qabul qilish va
jamlash
Xo’jalik tomonidan sotiladigan paxtani qabul qilib olish «Viloyatpaxtasanoat» aktsionerlik birlashmasini paxta tozalash zavodlarining tayyorlov punktlari tomonidan amalga oshiriladi. Har kuni paxtani qabul qilishdan oldin klassifikator tayyorlov punktining mudiri va xo’jaliklarning topshiruvchilari ishtirokida avtomobil tarozilarini tekshirish lozim. Tarozilarni tekshirish to’g’risida maxsus daftarda tekshirgan shaxslarning, albatta, yozuvi bo’lishi shart.
Paxtani qabul qilish, uning sifatini aniqlash uchun namunalar olish va tortish paxta topshirish huquqiga yozma ishonchnomasi bo’lgan xo’jalik topshiruvchisi ishtirokida bajariladi. Topshiruvchi yo’qligida paxta qabul kilinmaydi. Tayyorlov punkta trans­port kechikkani to’g’risida dalolatnoma tuzishi va bu xakda shu kunning o’zida xo’jalikka chora ko’rish uchun xabar berish kerak.
Paxta qabul qilish paxtani tasnifiga oid barcha grafiklar to’ldirilgan va ilova qilingan paxta jo’natish-qabul qilish 1-SX (paxta) shakli bo’yicha tovar transport nakladnoyi asosida bajariladi. Bu hujjatlar qat’iy hisobdagi blankalardir.
Bitta tovar-transport hujjati bo’yicha xo’jalik tomonidan hamma sifat ko’rsatkichlari bo’yicha faqat bir xil paxta jo’natilmota lozim. Bitta selektsion va sanoat navli bir sinfli, reproduktsiyalar va dala guruhi bo’yicha urug’lik, quritilgan, qishloq xo’jaligi zararkunandalari va kasalliklar bilan shikastlangan paxta aloxida-alohida topshiriladi.
Tayyorlov punktida paxtani qabul qilish va jamlash O’zRST 615-94 "Paxta. Texnik sharoitlar" (1) va O’z RST 642-95 "Urug’lik paxta. Texnik sharoitlar" (2) respublika standartlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tayyorlov punktida paxtani qabul qilish klassifikator tomonidan bajariladi. Paxtani qabul qilishda uning namligi va ifloslanishini aniqlashga egallab turgan lavozimi bo’yicha bunga huquqi bo’lgan paxta tayyorlov tizimi xodimlaridan boshqa shaxslar bo’lishi man qilinadi.
Tayyorlov punkti va paxta tozalash zavodi xodimlarini paxta respublika standartlari va paxta qabul qilish qoidalarini buzishga majbur qilishda aybdor shaxslar paxta tozalash zavodi rahbariyatining murojaati bo’yicha huquqni muhofaza etish organlari tomonidan qattiq javobgarlikka tortilishi lozim.
Tayyorlov punktining laboratoriya mudiri (katta laborant) klassifikatorlar tomonidan paxtani respublika standartlari talabla­riga muvofiq to’g’ri qabul kilinishini, namunalar tanlanishini, shuningdek, tayyorlov punktida jamlash, quritish, tozalash va saqlash qoidalariga rioya kilinishini muntazam nazorat kiladi.
Laboratoriya mudiri (katta laborant) bir kecha-kunduz mobaynida laboratoriya jurnalida va pasport kartochkada katta klassifi­kator va zona klassifikatorlarini laboratoriya asboblari yordamida navni aniqlash natijalari bilan ma’lumot jamlash kunlari bo’yicha tanishtirishi shart, toki ular qabul qilinadigan paxta to’dasi navini baholashda xatoga yo’l qo’yishmasin.
Tayyorlov punktining laboratoriya mudiri (katta laborant) pax­tani qabul qilish, jamlash va uni paxta zavodga jo’natishda asboblar bilan iflosligi va namligini, shuningdek, bahsli hollarda navi, namligi va ifloslanishini aniqlash to’g’riligi uchun bevosita javob beradi.
Tayyorlov punkti laboratoriyasining ishi to’g’riligini nazorat qilish bevosita paxta tozalash zavodning texnik nazorat bo’limi tomonidan amalga oshiriladi.
Paxtani qabul qilish zavod qoshidagi va zavod hududidan tashqaridagi tayyorlov maskanlarida to’dalar shaklida amalga oshiriladi. Bitta nav, tur va sinfga tegishli sifat to’g’risidagi hujjat bilan rasmiylashtirilgan paxta keltirilgan to’da hisoblanadi.
Agar bu to’dada turli selektsion va sanoat navlari, turlari hamda sinflariga tegishli paxta aralashtirilgan bo’lsa, paxta shu to’dada mavjud bo’lgan eng past nav, tur va sinflari bo’yicha qabul qilinadi. Belgilangan selektsion paxta tolasining turi me’yoriy hujjatlariga muvofiq o’rnatilgan tartibda aniqlanadi (O’zRST 615-94 ga binoan).
Har bir paxta turi rangi, tashqi ko’rinishi va pishib etilganligi koeffitsientiga binoan besh navga bo’linadi I, II, III, IV, V. Paxta navi, rangi va pishib etilganlik koeffitsienti ko’rsatkichlariga ko’ra aniqlanadi.
Paxta navi 2.1-jadvalda berilgan me’yorlarga muvofiq, if-loslanganlik (iflos aralashmalarning vazniy ulushidan) va nam-lik (namlikning vazniy nisbati) miqdoriga qarab 1 (qo’l), 2 (ma­shina) va 3 (to’kilgan paxtani terish) navlarga bo’linadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin