2.5.3. Chigitli paxta uchun mexanik tashish vositalari. Mexanik tashish vositalariga sexlarda o’rnatilgan vintli va tasmali konveyerlar hamda elevatorlar kiradi.
Vintli konveyerlar paxtani jinlarga va tozalash mashinalariga taqsimlashda, avtomatik taroziga tashishda, quritish uskunalariga uzatishda, shuningdek quritilgan va tozalangan paxtani sexlardan tashib chiqishda ishlatiladi.
Paxta tozalash sanoatida odatda ShX markali diametri 400 mm va qadami 300 mm li vintli konveyerlar qo’llaniladi (1-rasm). Chigitli paxta tashiydigan ShX markali vintli konveyer harakatlantirgich 1, shnek vinti 2, shaxta 3, osma tayanchlar 4, qopqoq 5, shnek qobig’i 6, qoldiq uchun tarnov 7 dan iborat.
Vintli konveyer ayrim zvenolardan tuzilgan bo’lib, uning uzunligi batareyadagi mashinalar soniga va tashish uzoqligiga qarab olinadi.
Vintni tarnov ichida shunday joylashtirish kerakki, vintuchi bilan nov devori o’rtasida 25-32 mm oraliq qolishi kerak [4].
Vintning aylanish tezligi vintli konveyerning qaysi ish unumida ishlashiga qarab olinadi. Lekin 120 ayl/min dan oshmasligi shart.
Vintli konveyerning ish unumi vint diametri, qadami, aylanish tezligi, chigitli paxtaning zichligi va tarnovning to’lishlik koeffitsientiga bog’liq. Konveyerning hajmiy unumi (m3/soat):
1-rasm. SHX tipidagi paxta uchun vintli konveyer: 1- harakatlantirgich; 2-shnek vinti; 3- shaxta; 4- tayanchlar; 5- qopqoq; 6- shnek qobig’i; 7- qoldiq uchun tarnov.
Massa bo’yicha ish unumi (kg/soat):
bu yerda: – vint diametri, m; - vint qadami, m; – vintning aylanish tezligi, ayl/min; - tarnovning to’lish koeffitsienti, - chigitli paxtaning zichligi.
O’rta tolali chigitli raxta uchun ingichka tolali paxta uchun esa ga teng [6]. Agar vintli konveyer qiya o’rnatilgan bo’lsa, tarnovning chigitli paxtaga to’lishi kamayadi, shuning uchun ish unumi formulasi C koeffitsientga ko’paytiriladi. Konveyerning gorizontal qiyalik burchagi ga qarab C ning qiymati quyidagicha olinadi.
00
50
100
150
200
C
1,0
0,9
0,8
0,7
0,65
Gorizontal konveyerning vintini harakatlantirish uchun elektromotor quvvati quyidagi formula bilan hisoblanadi (kVt):
Konveyer qiya o’rnatilgan bo’lsa, quvvat quyidagi formula bilan hisoblanadi (kVt):
bu yerda: – konveyerning ish unumi, t/soat; – konveyer uzunligi, m; - harakatlantiruvchi uskunaning foydali ish koeffitsienti, - erkin tushish tezlanishi; - chigitli paxtaning tarnovda surishga qarshiligi. Chigitli paxta uchun - konveyerning qiyalik burchagi [5].
Vintli konveyer taqsimlagich sifatida ishlasa, har bir jin yoki tozalash mashinasidan keyin konveyerning ish unumi kamaya boradi. Bu sarf qilinadigan quvvat (kVt):
bu yerda: - konveyerni har bir uchastkadagi ish unumi, t/soat; – ish unumi o’lchangan uchastka uzunligi, m;
EX-15 markali paxta elevatori paxta tozalash zavodida va paxta tayyorlash punktlarining quritish-tozalash va tozalash sexlariga o’rnatiladi. 2-rasmda EX-15 elevatorining sxematik ko’rinishi keltirilgan [6].
Elevatorning asosiy ish organlari eni 500 mm li rezinalangan tasma 1 va unga har 600 mm da o’rnatilib, maxkamlangan kovsh 2 lardan iborat.
Tasma diametri 630 mm dan iborat bo’lgan yuqorigi yetakchi 3 va pastki taranglovchi 4 barabanlarga kiydirilgan [4].
Elevator korpusi metall g’ilof ko’rinishida yasalgan bo’lib, u yuqorigi kallak 5, o’rta qismdagi qutilar sektsiyasi 6 va pastki qismi (boshmoq) 7 dan iborat. Tasma elektromotor 8 dan, reduktor 10va ponasimon tasmali uzatma 9 orqali 1,9 m/sek tezlikda harakatlanadi.
Elevatorning balandligi joyiga qarab har xil bo’ladi. G’ilofning o’rta qismi 1,7-2 metrli sektsiyalardan iborat bo’lib, xohlagan balandlikda yig’ish mumkin. Chigitli paxta elevatorining yuklash quvuri 11 ga yassi kurak 12 bilan solinadi. Chigitli paxta elevatordan uning yuqori qismiga o’rnatilgan tarnov 13 orqali chiqariladi.
Elevatorning ish unumi (t/soat)
formula yordamida topiladi.
bu yerda: - kovsh hajmi, m3; a – kovshlar orasidagi oraliq, m; – kovshlarni chigitli paxta bilan to’lish koeffitsienti, – chigitli paxtaning zichligi, ; o’rta tolali chigitli paxta uchun - tasmaning harakatlanish tezligi, m/sek,
bu yerda: – yetakchi barabanning aylanish chastotasi, ayl/min; – baraban diametri, m.
Elevatorning ish unumi, odatda 12-15 t/soat qilib olinadi. Elevator kovshlarining hajmi (m3) elevatorning ish unumiga qarab olinadi, ya’ni: